Mutaxassislar tayyorlashda umumkasbiy fanlarining o’rni
Reja:
1.Mutaxassislar tayyorlashda umumkasbiy fanlarining o‘rni.
2.Ixtisoslik fanlarining rivojlanish tarixi.
3.Qurilish va melioratsiya mashinalarining suv xo‘jaligi majmuasidagi o‘rni.
4.O‘zbekiston sharoitida mashinalardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari
(Issiq ob-havo, cho‘l zonalarida, sho‘r yerlarda va botqoqliklarda ishlatish) .
1
.Ma‘lumki, har bir mutaxassisni (ta‘lim yo‘nalishi) tayyorlash uchun o‘quv
rejasidagi 1-blok gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, 2-blok matematika va
tabiiy-ilmiy fanlar bilan birgalikda 3-blok umumkasbiy fanlar va 4-blok ixtisoslik
fanlar o‘qitiladi. Umuman umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni puxta o‘zlashtirish
uchun va siyosiy ongini hamda fikrlash qobiliyati shuningdek etik – estetik
tarbiyasini rivojlantirish maqsadida 1-2 blok fanlari o‘qitiladi. Umumkasbiy va
ixtisoslik fanlar malakali mutaxassislar tayyorlashda asosiy rol o‘ynaydi.
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni puxta o‘zlashtirgan har qanday talaba o‘z sohasi
bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘ladi va kelgusida ish jarayonida qiyinchiliklarsiz
moslashib kasbiy fa‘oliyatini na‘munali davom ettira oladi.
Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ta‘lim yo‘nalishi
o‘quv rejasiga binoan quyidagi umumkasbiy fanlari hozirda o‘qitiladi. 1)Chizma
geometriya va injenerlik grafikasi, 2)Elektrotexnika va elektornika asoslari,
3)Materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi, 4)Issiqlik
texnikasi, 5)Materiallar qarshiligi, 6)Kompyuter grafikasi, 7)Qurilish mexanikasi,
8)Mexanizm va mashinalar nazariyasi, 9)Yonilg‘i moylash materiallari,
10)O‘zaroalmashinuvchanlik, standartlashtirish va texnik o‘lchov, 11) Mashina
detallari, 13) Qurilish materiallari va gruntshunoslik, 14) Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti
va menejmenti, 15) Traktor va avtomobil, 16) Nasos va nasos stantsiyalari,
17) Gidrotexnika inshootlari, 18)Qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasi va
gidromeliorativ tizmlardan foydalanish, 19) Gidromelioratsiya ishlarini tashkil
etish va texnologiyasi, 20)Ichki yonuv dvigatellari, 21) Melioratsiya va qurilish
mashinalarini ta‘mirlash. 22) Hayot faoliyati xavfsizligi va ishlab – chiqarish
korxonalari talabi va kafedra moddiy texnika bazasi, talabalar istagidan kelib
chiqib bir nechta tanlov fanlari ham o‘qitiladi. O‘qitiladigan fanlar o‘zaro bir biriga
uzviy bog‘liq mutaxassislar tayyorlashda ularni o‘qitish ketma-ketligi o‘quv
rejasida keltiriladi. Har bir fanning o‘qitishning maqsadi va vazifalari bo‘ladi,
ya‘ni fanning o‘zlashtirish natijasida talaba nimalarni bilishi kerak va nimalarni
amalga oshira olishi kerakligi mutaxassislikning Davlat ta‘lim standartiga va fan
dasturlarida keltiriladi. Umumkasbiy fanlar mutaxassislar tayyorlashda o‘quv
rejasidagi fanlarining 33-50% ni tashkil etadi. Umumkasbiy fanlar bloki matematik
va tabiiy – ilmiy fanlar bilan maxsus fanlar o‘rtasida ilmiy va nazariy bog‘likni
ta‘minlashi, maxsus fanlarni o‘rganish va chuqur egallashi uchun zarur bo‘lgan
fundamental
umumkasbiy
bilimlarni,
amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni
shakllantirishi, modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta
ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta‘minlashi
lozim.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |