2.2.
Yaponiya tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili
Yaponiya yuqori darajada rivojlangan mamlakat bo’lib, postagrar- sanoatlashgan
davlat hisoblanadi. Avtomobil, kema, maishiy texnika, sanoat robotlari, dastgohlar
ishlab chiqarish va baliq ovlash bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinda turadi.
Yaponiya deyarli butun dunyo mamlakatlari bilan savdo sotiq qiladi. Dunyo
mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan namunali tajribaga ega bo’lgan davlatlardan
biri bu Yaponiyadir. Yaponiyaning “Iqtisodiy mo’jiza”sini “G’arbga yetib olish”
degan shiori va rivojlangan mamlakatlarning ilmiy-texnikaviy va xo’jalik yuritish
bilim va tajribalarini o’zlashtirish asosidagi iqitisodiy siyosat oqibati sifatida
ko’rib chiqish mumkin. G’arb tadqiqodchilari, Yponiya tajribasini o’rganib
mamlakat iqtisodiyotining o’ziga xosligi va boshqalardan ajralib turishini alohida
ta’kidlab o’rtishadi. Sanoatning yuqori darajalarda o’sishi, iqtisodiyotni yapon
uslubida boshqarishning xususiyatlari, krizis sharoitlarida tez moslashuvchanlik ,
uning moslashuvchanligi bu mamlakatning o’ziga xosligi bilan asoslanadi. Bunga
yaqqol dalil sifatida, misol uchun, sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida xom-
ashyo va yoqilg’i bilan ta’minlanganlik darajasi eng past va mamlakat butunlay
ko’p turdagi mineral va qishloq xo’jaligi xom- ashyolarining importiga
bog’langanligini keltirishimiz mumkin. Aynan tabiiy resurslarga kambag’allik
darajasi xalqaro savdoni rivojlantirishning rag’batlantiruvchi omil bo’ldi. Tabiiy
resurslarga kambag’al bo’lgan mamlakat jahon iqtisodiyotiga g’oyat
muvafaqqiyatli kirib keldi. Avval Yaponiya jahonda qayta ishlash sanoati
markaziga aylandi, keyinchalik ilmiy-texnik sohalar rivojlandi. Bugungi kunda
26
Yaponiya
zamonaviy
iqtisodiyotning
katta
ahamiyatga
ega
savdo
mamlakatlarining biridir. Yaponiya iqtisodiyoti yoqilg’i energiyasi va sanoat
xomashyosini import qilish bilan bog’liq. Bugungi kunda import tarkibi sezilarli
darajada o’zgargan: xomashyo maxsulotlarini emas, balki tayyor maxsulotlarni
olib kirish birinchi o’ringa qo’yilgan. Yaponiya uchun uning shakllanishining
barcha bosqichlarida savdo balansining saldosi ijobiy bo’lganligini ham alohida
takidlab o’tish lozim. Ammo ko’p yillar davomida mamlakat iqtisodiyatiga
mablag’lar oqimini ta’minlab turgan Yaponiya tashqi savdosi pasayishga
moyilligi kuzatilmoqda.
Yaponiya iqtisodiyoti raqobatbardosh davlat yaratish va rivojlantirish uchun
yordam beradigan tashqi iqtisodiy aloqalar qurishga yo’naltirilgan. Yaponiya
iqtisodi uchun tashqi savdoga ixtisoslashuv harakterlidir. Savdo aylanmasi
hajmining kattaligiga qaramasdan axoli jon boshiga to’g’ri keladigan tashqi savdo
ko’rsatkichini (2010 y. - 12189,37 AQSH dollari) baland deb aytib bo’lmaydi
chunki axoli soni bo’yicha Yaponiya dunyoda o’ninchi o’rinni egallaydi.
Tabiiy resurslardan mahrum bo’lgan mamlakat uchun tashqi savdo hayotiy
muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport masshtabi import uchun zarur valyuta
jamg’arishga kerak mablag’ darajasidan ancha oshadi. Boshqa davlatlarga
sotiladigan 98,6% tayyor maxsulotlarga to’g’ri keladi, ulardan 74,1% - avtomobil
va uskunalarga to’g’ri keladi. Tashqi savdo aylanmasi bo’yicha u 2009-
yilda(1006,9mlrd. AQSH dollari) faqat AQSH, GFR va Xitoyga joy bo’shatib
turibdi.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |