Katatonik qo’zg’alish-bir xil so’z va harakatlarni kayta-kayta takrorlash
bilan kechadigan qo’zg’alish xolatidir.
Karaxtlik holati-bunda bemorlar atofdagi ta’sirotlarga kuchsiz reaksiya
ko’rsatadi.
Kayfiyat-unchalik kuchli bo’lmagan lekin uzoq vaqt davom etadigan
barqaror xissiy xolat.
Kaustrofobiya-insonning eshigini qulflab yolg’iz o’tirishdan qo’rqish xolati.
Kek saqlash-atrofdagi kishilar bilan bo’lgan salbiy munosbatlarni, shaxsiy
gina adovatlarni uzoq vaqt esda saqlashga moyil salbiy xarakter.
Klassifikatsiya-narsa va xodisalarni ularning eng muxim belgilariga qarab
fikran turlarga yoki jinslarga bo’lishdan iborat aqliy jarayon.
Kleptomoniya-turli ruxiy kasalliklar jarayonida ro’y beradigan, o’grilik
qilishga nisbatan kuchli extiros bilan ifodalanadigan ruxiy nuqson.
Do'stlaringiz bilan baham: |