Aferentatsiya - (lot. afferens (afferentis) - keltiruvchi) - tashqi va ichki
qo‘zg‘atuvchilar orqali sezgi a’zolariga ta’sir etish asosida paydo bo‘lgan nerv
tizimiga kelib turish jarayoni.
Afsus-nadomat - shaxsiy aybni bilish, o‘zining o‘tmishi, hozirgi kundagi
kamchiliklariga salbiy munosabat bildirish.
Agressiya-kimgadir zarar yetkazish uchun yo’naltirilgan jismoniy yoki
verbal xulq. labaratoriya eksperimentlarida agressiya deganda xisstyotga ta’sir
qilish uchun elektor toki bilan zarba berish yoki so’z bilan nafsoniyatga tegish
tushuniladi. Agressiyaning bunday ijtimoiy- psixologik ta’rifiga ko’ra,odam
agressiv bo’lmagan holda qaysar bo’lishi mumkin.
Aglyutinatsiya-xotira tasavvurlarini bir-biriga qo’shib yoki ulardan
foydalanib, yangi narsa va xodisalarning obrazlari yaratishdan iborat xayol
faoliyati.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |