Quloq mikroflorasi.
Normada ichki va o’rta quloqda mikroblar bo’lmaydi. Tashqi quloq yo’lida yog’ bezlari yaxshi
rivojlangan, ular sekreti hisobiga quloqda kir yig’iladi.Sog’lom odamlar qulog’ida ichaq tayoqchasi,
Proteus, nopatogen stafilokokk va korinebakteriyalar, achitqi zamburug’lari uchraydi.
Alloxton mikrofloraga Stap’.aureus, Str.pigenes, Ps.aeruginosa, Aspergillus fumigatus, A.niger,
A.terreus kabi mikroorganizmlar kirishi mumkin.
Nafas yo’llari mikroflorasi.
Nafas yo’llarining autoxton mikroorganizmlariga asosan quyidagilar kiradi: Stap’. epidermidis,
Stap’. saprop’yticus, difteroidlar, peptokokklar, korinebakteriyalar, saprofit grammanfiy
diplokokklar, Str. mitis va Bact. fragilis. Alloxton mikroblarga Stap’. aureus, Str. pyogenes, Str.
pneumoniae, M. lacunata, ‘. influenzae, adenoviruslar va boshqalar misol bo’la oladi.
Sovuq qotish, surunkali vitaminlar yetishmasligi, nafas yo’llarining shikastlanishlari, immun
tizim faoliyatining susayishi natijasida nafas yo’llaridagi shartli-patogen va patogen mikrob turlari
har xil kasalliklar (nafas yo’llarining o’tkir kataral yallig’lanishi, bronxit, zotiljam va
boshqalar)ning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Og’iz bo’shlig’i va me’da-ichak tizimi mikroflorasi.
Og’iz bo’shlig’i odam organizmida mikroorganizmlar uchun qulay sharoitli joylardan
hisoblanadi. Bu yerdagi so’lak hisobiga yuzaga keladigan doimiy namlik va ko’p miqdordagi oziq
moddalar, optimal rN, mo’’tadil xarorat mikroblarning adgeziya qilishi va ko’payishiga sharoit
tug’diradi.
Og’iz bo’shlig’idagi autoxton mikroorganizmlarga Str. salivarius (tilda), Str. mitis, Str. sanguis
(lunj epiteliysida), Str. mutans (tishlarning ustki qismida), bakteroidlar, fuzobakteriyalar,
veylonellalar, aktinomitsetlar, spiroxetalar [Leptospira, Borrelia, Treponema (Tr. macrodentium, Tr.
oralis, Tr. dentioola) turkumlari], mikoplazmalar (M. orale, M. salivarium), protozoalar (Ent.
buccalis, Ent. dentalis, Tr. buccalis), zamburug’lar va boshqalar kiradi. 1 ml so’lakda 107–108
miqdorda 200 xil atrofida aerob va anaerob mikroorganizmlar uchraydi. Bolada tish chiqayotgan
davrda obligat grammanfiy anaeroblarning ko’payishi kuzatilgan.
Og’iz bo’shlig’ining alloxton mikroblariga enterobakteriyalar (Ess’erichia, Klebsiella,
Enterobacter, Proteus turkumlari), Ps. aeruginosa, spora hosil qiluvchi bakteriyalar (Bacillus,
Clostridium turkumlari) kiradi.
Og’iz bo’shlig’idagi grammanfiy kokklar (Veilonella turkumi) uglevodlarni SO2 va N2O hosil
bo’lguncha parchalaydi va muhit rN muvozanatini saqlaydi. Dunyodagi 1% kishilarda bu mikroblar
ko’p miqdorda uchraydi, shuning uchun ularda karies kasalligi kuzatilmaydi.
Tish milkida tosh hosil bo’lishida aktinomitsetlarning (A.viscosus, A. israeli) ta’siri katta.
Toshlarning ko’payishi parodontoz kasalligiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |