Tayanch iboralar
Turistik tashkilot, ekskursiya, soliq, valuta, turizm , m arketing,
menejm ent, turfirm a, memoriy-yodgorliklar.
Nazorat savollari
1. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston turizm holatini baholash.
2. Turizm rivojlanish imkoniyatlari.
3. Turistik mahsulotlarni k o ‘paytirish imkoniyatlari.
4. 0 ‘zbekiston turizmini xalqaro darajaga chiqarish y o ‘llari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Голубков Е .П . М аркетинговы е иссл ед о ван и я (тео р и я,
методология и практика) 3-е изд. — М.: «Финпресс», 2003.
2. Дурович А.П. Учебное Маркетинг в туризме. 4-е изд. Минск.:
ООО «Новое знание», 2004.
3. Kornilova F.K. Turizm marketingi. 0 ‘quv qo'llanma. - Т.: Uz-
inkomsentr, 2003.
4. Янкевич B.C., Безрукова Н.Я. М аркетинг в гостиничной
индустрии и туризм: российский международный опы т. — М..
Финансы и статистика, 2003.
Q o ‘sh im ch a adabiyotlar:
5. М аркетинг, гостеприим ство.
Ф. Котлер. Дж Б оуэн.Д ж
Мейкенз учебник, второе издание. Ю НИТИ, 2002.
6. Жукова М.А. Индустрия Туризма: Менежмент организация,
2004.
7. М аркетинговые исследования 8-е издание п ерсанг. Под
ред.С.Г. Божук-С-Пб: издательский Дом «Нева», 2004.
6 -B O B . J A H O N M O L IY A V IY -IQ T IS O D IY IN Q IR O Z I
S H A R O IT ID A 0 ‘Z B E K I S T 0 N D A T U R IZ M B O Z O R I
T A H L IL I H A M D A U N IN G XALQ ARO T U R IZ M
R IY O JL A N IS H ID A G I 0 ‘R N I
6.1. 0 ‘zbekistonda turistik bozor holati va tahlili.
6.2. 0 ‘zbekistonda turizm rivojlanishining asosiy omillari.
6.3. Turistik eksport hajmining o ‘sish sur’atlari.
6.1. 0 ‘zbekistonda turistik bozor holati va tahlili
Bozor iqtisodiyoti sharoitida va bozor munosabatlari rivojlanishi
natijasida 0 ‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yuzaga kelayotganligi, turizm ning respublika iqtisodiyotiga
yanada integratsiyalanishi mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb
etm o q da. Jahon iqtisodiyoti tajribasidan m a’lum ki, turizm sohasi
m amlakat xazinasi uchun zarur b o ‘lgan valuta tushum ini ta ’minlash,
yangi ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan birgalikda aholining
turm ush darajasini ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Respublikamiz xalqaro
tu rizm sohasidagi im koniyatlarining kattaligi bilan qo 'shn i m am -
lakatlardan tubdan farq qiladi. 0 ‘zbekistonning geografik o ‘rni nihoyat-
da qulay, ajoyib tabiiy iqlim sharoitiga egaligidan tashqari, u insoniyat
m adaniy taraqqiyotida ham katta o ‘rin tutadi. 0 ‘zbekiston nodir tarixiy
arxitektura yodgorliklariga, shirin-shakar mevalar, xilma-xil taom lar,
ajoyib milliy a n ’ana, urf-odatga ega bo‘lgan m ehm ondo‘st xalqqa ega.
Bularning barchasi chet ellik turistlar e ’tiborini o'ziga tortadi va kishilami
lol qoldiradi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda 0 ‘zbekistonda mavjud
bo'lgan siyosiy barqarorlik ham m uhim o ‘rin tutadi.
Ammo xalqaro turizm taraqqiyoti darajasini yuqori bosqichga olib
chiqishda hali ko‘p islohotlarni am alga oshirish, kechiktirib b o ‘lmas
choralarni belgilash va ularni jadallik bilan hayotga tatbiq etish lozim
bo‘ladi.
Keyingi yillarda hukumat tom onidan turizm sohasini rivojlantirishga
e ’tib o r ko‘payib borm oqda, buni hukum at tom onidan qabul qilingan
q aro r va farm onlar misolida ham qo 'rib o ‘tish mum kin. 0 ‘zbekiston
R espublikasi P rezid en tin in g 1992-yil 27 -iy u ld ag i № 4 4 7 -raq a m li
farm oniga asosan sobiq turistik tashkilotlar negizida « 0 ‘zbekturizm»
M illiy Kompaniyasi tashkil etildi.
0 ‘zbekistonda xalqaro turizmni yanada jonlantirish maqsadida 1995-
yilning oktabr oyida Toshkent shahrida «Buyuk Ipak yo‘li bo ‘ylab
turizm» deb nomlangan birinchi xalqaro turistik yarmarka o ‘tkazildi.
Y a rm ark a sh u n d an b u y o n h a r yili o ‘tk a zib k e lin m o q d a . Bu
yarm arkalarda tuzilgan shartnom a va kontraktlar xalqaro tu rizm n i
yanada rivojlantirish respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini samara
bilan ishga solish va Buyuk Ipak yo‘liga xos bo‘lgan qadimgi an ’analarini
tiklash bobida keng yo‘l ochib beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tom onidan qabul
qilingan « 0 ‘zbekistonda 2005-yilgacha turizmni rivojlantirish Davlat
d a stu ri t o ‘g ‘risida»gi va V azirlar M ahkam asining « 0 ‘zb e k isto n
R esp u b lik asid a xalq aro tu riz m n i riv o jlan tirish n in g z a m o n a v iy
infrastrukturasini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to ‘g‘risida»gi qarori
0 ‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga qaratilgan qator farm on, qarorlar
orasida alohida aham iyat kasb etadi.
0 ‘zbekistonda xalqaro tu rizm n i rivojlantirishda «B uyuk Ipak
y o ‘li»ning aham iyati cheksizligini hisobga olgan holda h u k u m a t
to m o n id a n qabul q ilin g an «B uyuk Ipak y o ‘lining tik la n is h id a
0 ‘zbekiston Respublikasining ishtirokini faollashtirish va respublikada
xalqaro turizmni rivojlantirish to ‘g‘risida»gi farmoni kutilgan natijalarni
berm o q d a . Jan u b iy S harqiy O siyodan 0 ‘rta yer d en g izi m a m -
lakatlarigacha cho‘zilgan «Buyuk Ipak yo‘li» deb nom olgan savdo-
sotiq yo‘li bir necha asrlar davomida zaminning G ‘arb va Sharqida
istiqomat qilgan xalqlarni bog‘lab turar edi. Bu yo‘lga «Ipak y o ‘li» deb
nom b e rilish in in g asosiy sababi shuki, bu yerdan ta sh ila d ig a n
mahsulotlarning asosiy qismi ipakdan iborat bo‘lgan. Ipak tayyorlash
b ilan b o g ‘liq boMgan sirni X itoy ustalari m ing yillar d av o m id a
odam lardan yashirincha sir tutib kelgan edilar. Ammo Buyuk Ipak
yo‘li orqali tashilgan m ahsulotlar ipakdangina iborat bo‘lm ay, balki bu
yo‘l orqali bronza, chinni, ju n xomashyolari va ulardan tayyorlangan
buyum lar ham tashilar edi. Buyuk Ipak yo‘li ikki ming yillik tarixga
ega. Bu yo‘l asosan Italiyadan Turkiya orqali Iroq va Eronga borgan,
u yerdan esa Markaziy Osiyoga ham da Shimoliy Pomir orqali Qashqar
va Yorkentgacha borgan. Bu yerdan yo‘l ikkiga ajragan h am da shimol
tom ondan Takla-M akon sahrosini aylanib o ‘tib Lobnor ko‘li yaqinida
yana qo‘shilgan va Shanxaygacha borgan.
Buyuk Ipak yo‘lida M ovarounnahr hududi yetakchi ro ln i bajarib
kelgan. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Sam arqand, B uxoro, Xiva,
Term iz, Xo‘jand kabi qator shaharlar asosiy manzillar boMgan.
Nemis olimi Rixtogofen XIX asrga kelib Ipak Y o‘lining shon-
shuhrati m a’lum darajada o ‘z m ohiyatini y o ‘q o ta b o sh lad i, deb
ta ’kidlagan edi. Endilikda esa uning nomi yana tez-tez tilga olinmoqda.
Buyuk Ipak yo‘lining tarixda tutgan o ‘rni ham da aham iyatini tiklash,
bu yo‘lda xalqaro turizmni rivojlantirish kabi m aqsadlarni m o ‘ljallab,
1994-yilning o k ta b r oyida B irlashgan M illa tla r T a s h k ilo tin in g
Y U N E S K O b o ‘lim i ish tiro k id a 0 ‘z b e k isto n d a J a h o n T u ristik
Tashkilotining (JTT) kengashi b o ‘lib o ‘tdi. Kengash a ’zolari Ipak yo‘li
turizm faoliyatini tiklash, uni rivojlantirishga qaratilgan Sam arqand
Deklaratsiyasini qabul qildilar. 2002-yilning oktabrida JT T ning Buyuk
Ipak yo‘li dasturi borasida 4-anjum ani Buxoro sh ahrida o ‘tkazildi.
Unda 0 ‘zbekiston hukumat tom onidan Samarqand shahrida JT T «Ipak
yo‘Ii» loyihasining koordinatsion ofisini ochish fikri ilgari surildi va bu
g‘oya xalqaro ekspertlar tom onidan m a’qullandi. Bu m asala 2003-yil
oxirlarida JTTning Bosh anjum anida ko‘rib chiqiladigan b o ‘ldi. Hozir
mazkur ofisning huquqiy layoqatlari va ishlash nizom ini yaratish ustida
izlanishlar olib borilmoqda. Bu yaqin kelajakda Ipak yo ‘lida joylash
gan mamlakatlar bo‘ylab «Buyuk Ipak yo‘li» turini am alga oshirishda
ko‘pgina yengilliklar yaratib berishi m um kin bo‘ladi.
M am lakatim izda xalqaro tu rizm n i rivojlantirish va u ni yangi
bosqichga ko‘tarish, ichki im koniyatlardan oqilona foydalanish haqida
gap b o rg a n d a , eng avvalo k o 'h n a m a d a n iy va m e ’m o rc h ilik
yodgorliklariga boy bo‘Igan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi
markazlar ustida to ‘xtalib o ‘tish zarur. Bu shaharlarda ja h o n ahlini
hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi tarixiy y o d g o rlik lar mavjud.
Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida 0 ‘zbekiston ana shu shaharlari
bilan mashhur. Bu shaharlarda qad ko‘targan qurilish va m e ’m orchilik
san ’ati obidalari xorijdan kelgan turistlarni necha asrlardan buyon
hay ratga solib kelm oqda. 0 ‘zb ek isto n n in g an a s h u n d a y tarix iy
shaharlarini haqli ravishda Sharq javohirlari deb atash m um kin. Buyuk
shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar bu shaharlarning ajoyib chiroyi, ularda
yashagan hunarm andlar, m e’m or ustalarning ishlariga qoyil qolganlar.
Buyuk allomalarim iz qadamlari yetgan joylar b o 'y ich a m axsus turlar
yaratish ham serdarom ad tadbirga aylanishi mum kin.
0 ‘zbekistonda keyingi yillarda ajoyib inshootlar, m adaniy dam olish
maskanlari, ziyoratgohlar vujudga keldi. So‘nggi yillarda respublikamizda
boks, o ‘zbek milliy kurashi, tennis b o ‘yicha jah o n m iqyosida ulkan
c h e m p io n a tla r o ‘tk azilm o q d a, bu ta d b irla r esa k o ‘p g in a xorijiy
m am lakatlardan turistlar kelishiga olib kelmoqda. Tez-tez o ‘tkazib
turiladigan Universiada, Umid nihollari va Milliy o ‘yinlarimiz festivali
kabilar, ayniqsa, qiziqarli o ‘tadi. Xalqaro turizm ni rivojlantirishda bu
omillarni ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim.
2005-yilning ok tabrida 0 ‘zbekistonning “Yevrosiyo iqtisodiy
ham korligi” tashkilotiga a ’zo bo‘lishi natijasida, respublikaga tashrif
buyuradigan turistlarning soni yil sayin ortib borishi kutilmoqda. Bu
esa o ‘z navbatida respublikamiz turizm infratuzilmasi oldiga bir qancha
yangidan yangi vazifalarni qo‘yadi va ularning bajarilishini talab qiladi.
Biroq bu jahon andozalari darajasida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga q o ‘yib,
hududdagi davlatlarning shu sohadagi o ‘zaro raqobatiga bardosh berish
uchun barcha choralarni kechiktirmasdan ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bu raqobatda yengib chiqish uchun soha xodimlarining doimiy izlanish-
larini, turistik xizmat turiarini keskin darajada ko‘paytirish va boshqa
jarayonlarni turistlar uchun eng qulay holda tashkil etishni taqozo
etadi. Jahon tajribasidan m a’lumki, xalqaro turizm bozorini rivojlan
tirish va uning faoliyatini yuqori darajaga olib chiqish o ‘ziga xos
m urakkab jarayondir. Xalqaro turizmda nazoratsizlik, o'zbilarm onlik
bu jarayon rivojiga ziyon yetkazadi. Xalqaro turizm dan katta foyda
o la y o tg a n Y evropa m a m lak a tla rid a tu ristik fao liy atn in g ayrim
y o ‘nalishlari davlat tom onidan to ‘g‘ridan to ‘g‘ri yoki bilvosita siyosiy-
rasmiy boshqarilib, aniq maqsadga yo‘naltirib turiladi. To‘g‘ridan to ‘g‘ri
boshqarish shaklida zarurat tug'ilib qolganda turistik xizmatlar uchun
belgilangan narxlar tartibga solinadi. Bilvosita boshqaruv esa xalqaro
turistik tashkilotlarni soliqdan ozod qilish yoki to'lov miqdorlarini
kamaytirish, ularga imtiyozli kreditlar berish yoki bir qancha yengilliklar
berish orqali amalga oshiriladi. Masalan, 1997-yil 24-aprelda qabul
q ilin g a n S oliq k od ek sid a 0 ‘zb ek isto n da tu ristik faoliyat b ilan
shug‘ullanuvchi turistlik firmalari ish boshlagan kundan boshlab 3 yil
m obaynida soliq to ‘lashdan ozod bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu kodeksga
m uvofiq xalqaro turizm ishlari jarayonini oyoqqa turg‘azib olish
m aqsadida har xil imtiyozlar beriladi.
0 ‘zbekistonda bozor munosabatlari sharoitida xalqaro turizm ni
rivojlantirish chora-tadbirlari davlat tom onidan belgilangan b o ‘lib,
iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun turli bitimlar, kelishuvlar
amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Shu bilan bir vaqtda xalqaro turizmni
rivojlantirishda amalga oshirilishi muhim bo‘lgan ishlar quyidagilardan
iborat deb bilamiz:
• xalqaro turizm da kichik va o ‘rta tadbirkorlik faoliyatidan keng
foydalanish va xalqaro bozorlarga chiqishga intilish;
• mahalliy axborot agentliklari orqali rivojlangan m am lakatlarni
0 ‘zbekistonning turistik im koniyatlari bilan tanishtirishga harakat q i
lish;
• turizm sohasida ishlaydigan mutaxassislarni chet ellarda b ir yilda
kam ida bir m arta malaka oshirishga yuborish, o ‘qitish, ular uchun
barcha imkoniyatlami yaratib, turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yoMga
qo‘yish;
• respublikamiz vakillarining Yevropa mamlakatlarida o'tkaziladigan
turistik yarmarkalarda doimiy ravishda ishtirok etishini ta ’m inlash;
• xalqaro turistik tashkilotlar bilan axborot alm ashishni yaxshilash,
birgalikda faoliyat yurita oladigan davlatlar bilan q o 'sh m a korxonalar,
kompaniyalar tuzish va ular faoliyatini keng yoMga q o ‘yish;
• ichki turistik bozorda o ‘zaro raqobatni yanada kuchaytirish va
boshqa tadbirlarni amalga oshirish muhim aham iyatga egadir.
D em ak, xalqaro turizm ni rivojlantirish (Uzbekistan iqtisodiyoti
uchun g ‘oyatda zarur bo‘lib, uning imkoniyatlaridan kelib chiqib, turizm
sohasi orqali aholining moddiy farovonligini yaxshilash, ularni ish bilan
ta ’minlash uchun yangi ish o ‘rinlarini tashkil qilish m um kin b o ‘ladi.
Bu maqsadga erishish uchun hali amalga oshiriladigan ishlar k o ‘lami
juda keng.
0 ‘zbekistan Respublikasida xalqaro turizm ning rivojlanishi unga
boMgan m unosabatning ijobiy tom onga siljishi bilan b elgilan ad i.
Respublikam iz sharoitida, ayniqsa, o ‘rta va kichik ta d b irk o rlik n i
rivojlantirishda turizm ning im koniyatlari boshqa sohalarga qaraganda
juda kattadir, chunki respublikadagi iqtisodiy barqarorlik va b ozor
iqtisodiyotiga bosqichm a-bosqich o ‘tilishi tadbirkorlarga keng yoM
ochishi bilan birga uni jadal rivojlantirish im koniyatlarini tug ‘dirm oqda.
Jahondagi har bir davlatning iqtisodiy yuksalishida eng asosiy om il
tin c h lik va ijtim o iy a d o la td ir. 0 ‘zb e k isto n h o z ir 0 ‘r ta O siyo
mintaqasidagi iqtisodi tez rivojlanib borayotgan va eng tin ch , osoyishta
respublika boMib, o ‘ziga tadbirkorlar va ishbilarm onlarni, turistlarni
jalb qiluvchi m akonlardan biri hisoblanadi.
Respublikamiz Prezidenti I.A .Karim ov to m onidan 1999-yil 15-
aprelda «2005-yilgacha boMgan davrda 0 ‘zbekistonda turizm ni rivojlan
tirish davlat dasturi» qabul qilindi. Bu dastur m am lakatim izning ichki
imkoniyatlarini hisobga olgan holda, turistlarga xizm at k o ‘rsatishning
g ‘arbdagi zamonaviy andozalarini ham, sharqdagi m ehm ondo‘stlik
andozalarini ham o ‘zida mujassam qilgan milliy turizm modelini shakl
lantirish uchun yanada keng imkoniyatlarni ochadi.
O 'zbekiston Respublikasida ham jahondagi yetakchi mamlakatlari-
ning rivojlanish darajasiga erishish maqsadida iqtisodiyotning barcha
tarm oqlarini, shu jum ladan xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish
chora-tadbirlarini ko‘rib, o ‘z milliy modeliga asoslangan turizm sohasini
shakllantirish uchun barcha kerakli ishlar qilinmoqda. Ushbu milliy
model birinchi navbatda ichki imkoniyatlarni, o ‘zbek xalqining mentali-
tetini va jahon andozalariga mos keladigan omillarni hisobga olgan
holda amalga oshirilishi lozimligini yoddan chiqarmasligimiz kerak.
0 ‘zbekistonning jahon turizm bozoridagi salohiyatiga baho beradigan
b o ‘lsak, uning Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori imkoniyat-
larga ega ekanligini ko‘ramiz. Bu haqda, masalan, respublika hudu-
dida mavjud b o ‘lgan to ‘rt m ingdan ortiq qadimiy m e’morchilik, m o
num ental san’at yodgorliklari dalolat berib turibdi. 0 ‘zbekiston tarixiy
m e’m oriy yodgorliklarning soni b o ‘yicha jahondagi yetakchi o ‘nta
mamlakat qatoriga kiritilib, to ‘rtta yirik shahri Y U N ESK O tom onidan
jahon madaniyati yodgorliklari sifatida xalqaro tashkilot tom onidan
m uhofazaga olingan.
Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy obidalar
bilan bir qatorda dam olish, hordiq chiqarish uchun xizmat qiladigan
turistik obyektlaming ham mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Bunga
misol qilib har yili o‘n millionlab turistlarni o‘zigajalb qilib, muvaffaqiyat
bilan ishlayotgan Yevropadagi parklami olishimiz mumkin. Bular ichida
Parij «Disneylend»ining faoliyatini tahlil qilganimizda har yili bu yerga
o ‘rtacha 15 mln ga yaqin turistlar tashrif buyurishini guvohi bo‘lamiz.
0 ‘zbekistonda ham shu kabi parklar sonini ko‘paytirish imkoniyati yetar-
li hisoblanadi. Toshkentda 1997-yildan boshlab Disneylend va Akvapark
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, lekin bunday parklar sonini ko‘paytirish, xiz
mat sifatini yaxshilash va faoliyatini yanada kengaytirish uchun chet el
investitsiyalarini jalb qilish, texnik imkoniyatlarini kengaytirishni talab
qiladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi bu yo‘lning eng samarali va kelajagi
porloq ekanligidan dalolat berib turibdi.
0 ‘zbekistonda xalqaro turizm ni rivojlantirish, uning imkoniyat-
laridan kelib chiqqan holda iqtisodiy rivojlanishga erishish, jamiyat
ehtiyojini qondirish, xizmat ko‘rsatishning sifati va hajmini kengaytirgan
holda, bozor iqtisodiy m odelining dunyo talablari darajasida turizmga
kirib kelishini ta’minlashdir. Turizm respublikamizda bozor m unosabat-
lari shakllanishida o'ziga xos o ‘rin tutm og‘i zarur. Respublika iqtisodi-
yotining shakllanishida boshqa tarm oqlar singari turizm ham yagona
m odelga bogManishi kerak. R espublikam izda turizm ning iqtisodiy
m odelini yaratishda quyidagi siyosiy masalalar hal qilinishi lozim:
• turizm sohasida yagona milliy iqtisodiy siyosatni ta ’minlash;
• turizm ning barcha turlarini rivojlantirish uchun tashkiliy-huquqiy
qarorlarni ishlab chiqish;
• rekreatsion resurslarning sam arali ishlatilishiga, m illiy-tarixiy
m e’m orchilik yodgorliklarini asl ko‘rinishida saqlab qolishga erishish;
• zam o nav iy tu ristik k o m p lek slarn i b u n y o d e tis h d a c h e t el
sarm o y asin i ja lb etish , m avjud m ajm u alarn i x alq aro ta la b la rg a
moslashtirish, zaruriy mablagMar bilan ta ’minlash;
• yirik xorijiy firmalar bilan turistik xizmat k o ‘rsatishning yangi
shakllarini tashkil etish;
• jahon bozorida talab katta boMgan yo‘nalishlarni yoMga q o ‘yishda
va ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
• chet ellarda turm ahsulotlar va xizm atlar m arketing tadbirlarini
olib borib, 200 dan ortiq mamlakatlar bilan raqobatlasha olishga erishish;
• yuqori malakali m enejerlar, m arketologlar, b izn esm en lar va
tadbirkorlarni tayyorlash, respublikam iz oliy o ‘quv yurtlarida shunday
kadrlarni qayta tayyorlashni joriy qilishdan iboratdir.
O ‘zbekiston R espublikasida tu rizm n in g rivojlanishida tu ristik
tashkilotlarning va tadbirkorlarning o ‘rni kelajakda yanada ortib borishi
kutilm oqda. Buni « 0 ‘zbekturizm » MK faoliyati m isolida k o ‘rish
mum kin. Hozirda respublikada 450 dan ortiq turistik firm alar mavjud
boMib, ularning ish jarayoni Milliy Kompaniya tom onidan nazorat
qilib b o rilm o q d a . Bizga m a ’lu m k i, ja h o n ta jrib a s id a tu r iz m n i
rivojlantirish uchun quyidagi iqtisodiy modellar qoMlaniladi: m arkazdan
boshqarish, ichki bozor modeli. Respublikamizda turizm asosan m arkaz-
lashgan boshqaruv usulida rivojlantirilm oqda. Rivojlanayotgan m am -
lakatlarda turizm iqtisodiyotining bozor modeli qoMlaniladi va bu n d a
ko‘pgina ko'rsatkichlar davlat tom onidan (soliqlar, m e’yor va n o rm a-
tivlar) boshqarilib turiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasi-
ning m onetar boshqaruv m odeli moliyaviy boshqarishga asoslanadi.
Bunday boshqaruv turistik m ahsulotning o'sishiga olib keladi. X alqaro
turizmning bunday tartibga solinishi hozirda Yaponiya, Fransiya, Italiya
kabi turizm rivojlangan m am lakatlarda yoMga q o ‘yilgan.
0 ‘zbekistonda xalqaro turizm ni rivojlantirishda ichki imkoniyat-
larning roli beqiyos darajada kattaligi ta ’kidlab o ‘tilgan edi. Bu im-
koniyatlarni to ‘g ‘ri yo‘naltirgan holdagina maqsadga erishish mumkin
bo‘ladi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan
quyidagi om illarning bizda yaxshi rivojlanganligini ko‘rsatish m um
kin:
• milliy, tarixiy va qadimiy qadamjolarning ko‘pligi;
• xalqimizning m ehm ondo‘stligi va milliy an ’analarimizga boyligi;
• respublikaning rang-barang tabiati, o‘simlik va hayvonot dunyosi-
ning xilma-xilligi;
• avtomagistrallar va tem iryo‘llarning ravonligi, yetarli darajadagi
rivojiangan infratuzilmasi; Respublikaning Yevropa va Osiyo q it’alari
chorrahasidagi strategik y o ‘lda (o ‘tm ishda esa Buyuk Ipak y o ii
markazida) joylashganligi;
• xalqaro havo yo‘llarining yetarli darajada rivojiangan tarm og‘ining
mavjudligi;
• 0 ‘zbekistonda m usulm onlar va boshqa dinga sig‘inuvchilar uchun
m uhim aham iyat kasb etuvchi muqaddas qadamjolarning k o ‘pligi.
Respublikada xalqaro turizm ni rivojlantirishda davlat yondashuvini
talab qiladigan bir qator om illar ham mavjud bo‘lib, bu omillarning
yechim ini topm asdan turizm ni rivojlantirib b o ‘lmaydi. Bu omillar
quyidagilardan iboratdir:
• respublikadagi viza va bojxona masalalarining murakkabligi;
• turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi tashkilotlarning birgalikda
faoliyat olib bormasligi;
• yakka tartibda sayohatga chiqqan turistlar uchun aviachiptalar
narxining yuqoriligi;
• m ehm onxonalardagi xizmat narxlarining xalqaro m e ’yorlardan
nisbatan qim m at b o ‘lishidir.
K o 'rib o 'tilg a n o m illa rn in g h a r biri resp u b lik ad a tu rizm n i
rivojlantirishning im koniyat darajasini belgilash bilan b ir qatorda
O ‘zbekistonning xalqaro miqyosda tanilishida asosiy yo‘nalishlaridan
biri boMib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |