Akvafresh
tish tozalash pastasi Amerika va inglizlarning ―Smith Kline Bucham‖
kompaniyasi mahsuloti bo‘lib, bolalar va kattalar uchun oilaviy tish pastasi sifatida tavsiya
qilinadi.
Bu ko‘p komponentli tish pastasi bo‘lib, ajoyib tarkibga egadir. Mazkur pasta o‘z
tarkibida monoftorfosfat natriy, glisterofosfat kalsiy, karbonat kalsiy tutadi va faol farmakologik
samaraga ega. U antibakterial, kariesga qarshi, yaxshi ta‘m va hidga ega. Bundan tashqari u
o‘zida ftor moddasini saqlaydi, bu esa tish emali sathida kislotalarda erimaydigan ftorapatitlarni
hosil qiladi. Natriy karbonati Ph ko‘rsatkichni ishqoriy muhitga burib turadi.
―
Akvafresh‖
tish yuvish pastasi og‘izdagi noxush hidlarni mikroblarni o‘ldirish orqali
amalga oshiradi, bundan tashqari tish karashlarini hosil bo‘lishini oldini oladi. Bunda
glisterofosfat kalsiy monoftorfosfat va laurilsulfat natriyni faollashtirib uning detergentlik
xususiyatini oshiradi, yaxshi ko‘pirishiga sabab bo‘ladi. Akvafresh komponentlari tish emalining
kristal hosil qiluvchi chambaraklarini mustahkamlaydi, emalning kariesga nisbatan turg‘unligini
oshiradi. Akvafresh pastasi uch xil rangli pastalardan tashkil topadi va bu xususiyat tyubiklarda
ham aralashib ketmaydi. Tyubik siqilganda tish cho‘tkasiga oq, qizil va ko‘k rangli pasta ajralib
chiqadi va estetik zavq bag‘ishlaydi. Mazkur kompaniyaning ikki xil tish pastasi bilan
tanishamiz.
Akvafresh Whitening
– U o‘zida noyob triklin komponentini saqlaydi, tishlarni har xil
dog‘‘lardan tozalab oqartirish xususiyatiga ega. Boshqa oqartiruvchi vositalardan farqli o‘laroq
bu tish pastasidan har kuni foydalansa bo‘ladi.
Whitening tish pastasi uch xil (oq, qizil, ko‘k) ingredientdan tashkil topgan va ulardan
har biri maxsus vazifani bajaradi:
- oq qismi – tishlarni kariesdan himoya qiladi
- qizil massa – tishlarni karashlardan tozalaydi
- ko‘k yoki yashil massa – og‘izga xushbo‘y hid va yaxshi ta‘m beradi.
Mazkur tish tozalash pastasi muntazam ravishda foydalanilganda tish toshlarini ham
eritib yo‘qotish xususiyatiga ega.
―Maklinz‖
tish pastasi ham ―Stmith Kline Beecham‖ kompaniyasining yangi mahsuloti
bo‘lib karies profilaktikasi va davolash ishlarida yuqori samaraga egadir. Karies profilaktikasini
pasta tarkibiga kiruvchi to‘rt komponent – natriy monoftorfosfat, glisterofosfat va karbonat
kalsiy, hamda mikroblarga qarshi ta‘sir etuvchi triklezanlar ta‘minlashadi. Pasta tarkibiga 0,25%
triklozan kiritilishi uni mikroblarga qarshi xususiyatini oshirib, tish karashlarini keskin
kamaytirishga olib keladi.
Ikkinchi komponenti – karbonat kalsiy bo‘lib u ikki xil vazifani bajaradi: birinchidan
ishqoriy muhit hosil qilib bakteriyalar hosil qilgan va ovqat tarkibidagi kislotalarni neytrallaydi;
ikkinchidan demineralizastiya sohalarida chiqib ketgan, yuvilib ketgan kalsiyning o‘rnini
to‘ldiradi.
―Maklinz‖ tish pastasi har kun ikki marta ishlatilganda:
- tishlarni karashlaridan tozalaydi – bu bilan gingivit va kariesni oldini oladi
- og‘izni tozalab yaxshi ta‘m va hid beradi.
Tish pastalarini ishlab chiqaruvchi keksa avlod kompaniyalaridan biri, bugungi kunda
og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi vositalarini ishlab chiqishda dunyoda salmoqli o‘rin tutuvchi
kompaniya
Do'stlaringiz bilan baham: |