Stomatologik kasalliklar profilaktikasi


Mavzu bo‘yicha interaktiv usul



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

Mavzu bo‘yicha interaktiv usul: 
"Akvarium
" usulini o‘tkazish uchun senariy 
Talabalarni teng 2 ta guruhga bo‘linadi. Va ikki xildagi mavzu bo‘yicha muammo beriladi. 
Muammoni yechish uchun 10 min beriladi. So‘ngra javoblar tahlil qilinadi 
Mavzu matni: 
Og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligi (so‘lak) 
Og‘iz bo‘shlig‘ida va uning atrofida anatomik jihatdan mustaqil a‘zo bo‘lib 
hisoblanadigan ekzokrin so‘lak bezlari joylashgan bo‘lib, ular og‘iz bo‘shlig‘iga so‘lak 
suyuqligini ishlab chiqaradi. Bu bezlardan eng yiriklari: quloq oldi bezlari, jag‘` osti bezlari, til 
osti bezi hisoblananadi. Bundan tashqari son-sanoqsiz mayda bezchalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq 
pardasining barcha sohalarida sochilgan olda joylashgandir. 
Mazkur bezlar ishlab chiqqan suyuqlik sekreti-so‘lak deb ataladi. So‘lak Og‘iz 
bo‘shlig‘iga ajralib chiqqandan so‘ng unda mavjud bo‘lgan erkin chiqindilar bilan aralashib, 
aralashgan so‘lak yoki og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligi» nomini oladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan tartibda hosil bo‘lgan aralashgan so‘lak og‘iz bo‘shlig‘i a‘zolari: 
tishlar va Og‘iz shilliq pardasining fiziologik me‘yordagi faoliyatini ta‘minlaydi. Og‘iz 
bo‘shlig‘i suyuqligining tarkibida so‘lak bezlari sekretidan. tashqari epetiliy ujayralari, 
leykotsitlar, mikroorganizmlar, ovqat qoldiqlari mavjud bo‘ladi. 
Og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligining tarkibi va xususiyatlari ko‘pchilik ollarda so‘lak 
bezlarining to‘laqonli faoliyatini organizmning umumiy avoli so‘lak ajralish tezligi, ovqat 
qoldiqlarining tarkibi va Og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenik holatlariga bogliqdir. 
Odatda bir kecha kunduz mobaynida 500 ml ga yaqin so‘lak ajraladi. Bundan taxminan 
200 ml ovqatlanish paytida, qolgan qismi esa nisbiy tinchlik vaqtida ajralib chiqadi. Yosh o‘tishi 
bilan so‘lak ajrayshi susayadi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan to‘qimalarga salbiy ta‘sir 
ko‘rsatadi. Misol tariqasida, quyidagi holatlarni keltirish mumkin: Og‘iz qurishi, ovqat 
yutishning qiyinlashuvi, so‘lak quyilishi gaplashishga qiynalish va tish qattiq to‘qimalari 
xastaliklarining, ayniqsa karies kovaklari ko‘payib ketishi va x. k. 
Bugungi kun ilmiy ma‘lumotlariga asosan og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak yumshoq to‘qimalar 
va tishlar yuzasini 0.1 mm qalinlikda ko‘mib turarkan. Ma‘lumki so‘lak og‘iz bo‘shlig‘ida 
mavjud bo‘lgan vaqtda undan ajralib chiqqan moddalar shilliq parda va tish to‘qimalariga 
cho‘kadi, shu bilan bir vaqtda ular sathidagi keraksiz mahsulotlar so‘lakda erib yuvilib ketadi. 
Shu nuqtai nazardan ko‘rsatilgan qalinlikdagi so‘lakning tish yumshoq karashlari ustidan so‘zib, 
o‘tish tezligi uning tarkibiy qismlarining karashlar bilan bo‘ladigan modda almashinuvi jarayoni 
jadalligini belgilaydi. Bu tezlik og‘iz bo‘shlig‘ining barcha joylarida ar xil bo‘lishi tishlarning 
karies bilan kasalanishi am ar xil bo‘lishini ta‘minlaydi. 
So‘lak o‘z tarkibida 0.58% quruq modda saqlaydi va bu anorganik amda organik 
moddalardan iboratdir. Anorganik moddalardan eng asosiysi mineral komponentlar bo‘lib, 
(kalsiy, fosfotlar, ftor va boshqa mikroelementlar) ular yordamida so‘lak va emal to‘qimasidagi 
dinamik barqarorlikdagi muloqot saqlanib turadi. 
Tishlar chiqib bo‘lganidan so‘ng og‘iz suyuqligi emal to‘qimasining "etilishini" va uning 
kimyoviy tarkibini o‘zgarishini ta‘minlaydi. Shu bilan birgalikda so‘lak tish emali sathida 
pellikula hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Pellikulalar o‘z navbatida oz bo‘lsa am kislotalarning 
emalga ta‘sir etishida to‘siq bo‘ladi. Yillar davomida so‘lak tarkibidagi mineral tuzlarga 
to‘yingan emal to‘qimasi yosh o‘tishi bilan karies kasalligiga nisbatan turg`un bo‘lib qoladi. 
Fiziologik sharoitlarda tish to‘qimalari va uning atrofini o‘rab turuvchi muhit o‘rtasida 
barqarorlik mavjud bo‘ladi. Odatda aralash so‘lak kalsiy fosfat birikmasiga juda to‘yingan 
bo‘lib, ular bilan emal to‘qimasining to‘yinishiga, yaxshi sharoit tug`dirib beradi. O
G

IZ 


20 
bo‘shlig‘idagi so‘lakning ba‘zi bir sabablarga ko‘ra pH ko‘rsatkichi pasayib ketishi va kislotalik 
muhitni kuchayishi natijasida, ayniqsa uglevodli ovqatlar iste‘mol qilinganda so‘lak kalsiy 
elementiga to‘yinmay qoladi (konsentrasiyasi pasayadi). Bunday muhit tish emali tarkibidan 
kalsiy moddasini so‘lakka yuvilib chiqishiga olib keladi. 
Kislotali muhit iloji boricha so‘lakning bufer sistemasi (bikarbonat, fosfat va oqsillar ishtirokida) 
yordamida fiziologik holatarda neytrallanib imoyalanadi.

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish