Stomatologik kasalliklar profilaktikasi


TISh KARIESIGA QARShI TA‘SIR KO‘RSATUVChI TISh PASTALARI



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

TISh KARIESIGA QARShI TA‘SIR KO‘RSATUVChI TISh PASTALARI. 
Bu guruhga kiruvchi tish pastalari o‘z tarkibida ftor, fosfor, kalsiy birikmalari tutganligi 
uchun tish qattiq mineral to‘qimalarini (emal, dentin) mustahkamlab, to‘yintirib, tish karashlarini 
paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan, ularni kariesdan muhofaza qiladi. 
Ftorli birikmalardan tish pastalari tarkibiga mono-ftorfosfat natriy, natriy-ftor, mis-ftorid, 
organik ftor saqlovchi moddalar qo‘shadi. Ftorli tish pastalarini hosil qilishda ftor 
konsentrasiyasiga juda katta ahamiyat beriladi. Samarali ta‘sir ko‘rsatuvchi tish pastalari 
tarkibidagi ftor miqdori 1 gramm pastada 1-3 milligrammni tashkil qiladi. Shunday tarkibli tish 
pastalarini muntazam ishlatish karies jadalligini o‘sishini bolalarda 15-35% gacha pasaytirganligi 
to‘g‘risida aniq ma‘lumotlar mavjud. 
Mazkur tish pastalarining kariesga qarshi samarali ta‘siri avvalambor ularni mahalliy 
qo‘llash tish emal qavatining turg‘unligini oshirish va tashqi ta‘sirotlarga berilmasligini 
ta‘minlashdan iborat. 
Ftor ionlari tish emali tarkibiga singib kirib, mustahkam ftorappatit sistemasini hosil 
qiladi. Fosfor-kalsiy birikmalarini tish qattiq to‘qimalariga mustahkam birikishii ta‘minlaydi, shu 
bilan birgalikda og‘iz mikroflorasini o‘sishini to‘xtatadi va karashlarni hosil bo‘lishini oldini 
oladi. Ftorli tish pastalari bolalar yoshida yangi chiqa boshlagan va yorib chiqqan tishlar emal 
qavatini mustahkamlashda muhim ahamiyati kasb etadi. Keyinchalik yosh o‘tishi bilan bu 


157 
xususiyat tishlarga nisbatan ancha pasayadi. Shuni nazarda tutgan holda tarkibida ftor tutuvchi 
tish pastalarini bolalar yoshida tavsiya qilish katta samara beradi va karies o‘sishini kamaytiradi. 
Ushbu guruhga kiruvchi ―Cheburashka‖ tish pastasi o‘z tarkibida natriy ftor, fosfatlar va 
mikroelementlar saqlaydi. ―Cheburashka‖ tish pastasi bolalar uchun mo‘ljalangan bo‘lib kariesga 
qarshi samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Tarkibida ftor saqlovchi tish pastalari qatorida ―Ftorodent‖ 
pastasi ham ma‘lum. U o‘zining tarkibida natriy ftor birikmasini tutadi va uni karies 
profilaktikasi hamda davolashda ishlatish tavsiya qiladi. Bundan tashqari bu tish pastasi tishlarda 
sodir bo‘ladigan giperesteziyani susaytiruvchi, tish emali kristallarini mustahkamlab, emal 
qavatning kariesga nisbatan turg‘unligini oshiradi. 
Tish emalining mustahkamligini ta‘minlovchi omil ftordan tashqari qator makro va mikro 
elementlardan iboartdir. Shuni nazarda tutib o‘z tarkibida kaliy bir va ikki fosfat, natriy fosfat, 
glisterofosfat kalsiy, kalsiy glyuqonat, fosfat kislotasining tuzlarini va boshqa makro-
mikroelementlar tutvchi tish pastalari ham ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari mazkur guruhga 
kiruvchi bir qancha pastalar o‘z tarkibida davolovchi xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni 
saqlashi ma‘lum. 
―Zodiak‖ tish pastasi o‘z tarkibida natriy ftor birikmasidan tashqari yallig‘lanishga qarshi 
ta‘sir etuvchi va regenerastiyani, epitelizastiyani kuchaytiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan 
oblepixa moyi tutadi. Shu xususiyatlarini inobatga olib mazkur turdagi pastalarni karies 
profilaktikasida va parodont kasalliklarini, og‘iz shilliq parda kasalliklarini davolash maqsadida 
shunday bemorlarga tavsiya etish mumkin. 
―Jemchug‖ va ―Arbat‖ tish pastalari fosfat tuzlari saqlovchi davolash profilaktik 
xususiyatga ega bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i shaxsiy gigiyenasining asosiy vositalaridan bo‘lib 
hisoblanadi. Mazkur tish yuvish pastalari kariesdan tishlarni muxofaza qilishda, tishlar 
giperesteziyasiga barham berishda yuqori samaraga egadir. Ular o‘z tarkibida glisterofosfat 
kalsiy va antiseptiklar tutadi. Bo‘lar guruhiga ―Kristall‖ va ―Remodent‖ singari tish yuvish 
pastalari ham kiradi. O‘z tarkibida fosfat tuzlarini saqlovchi tish pastalarini bugungi kunda uch 
yo‘nalishda ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
Birinchidan – Bolalar va katta yoshdagi kishilarda karies profilaktikasida tishlarni 
muntazam har kuni tozalab turish uchun va applikastiya(chaplash) uchun. 
Ikkinchidan – fosfat tuzlari tutvchi tish pastalari nokaries kasalliklarini (giperesteziya, 
siyqalanish, eroziya, ponasimon nuqson, gipoplaziya, flyuoroz) davolashda samaralidir. 
Uchinchidan – ortodontik qurilmalar, xususan breket-sistema taquvchi bemorlarda har 
kunlik tishlar tozalanishi va applikastiya qilinishi demineralizastiya sohalarini sodir bo‘lishini 
oldini oladi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish