Stomatologik kasalliklar profilaktikasi


Mavzu bo‘yicha interaktiv usul



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

Mavzu bo‘yicha interaktiv usul: 
"Sinektika" usuli. 
Maqsad: talabalarga qisqa muddat ichida tez va aniq fikrlashni o‘rgatish 
 
Stomatit – og‗iz bo‗shlig‗i shilliq qavatining yallig‗lanishi, ya‘ni og‗iz elikishi ham 
deyiladi. Bu xastalik mustaqil kasallik holida kechishi ham, boshqa dardlarning(qizamiq, 
qizilcha, gripp, kandidoz) belgisi ham bo‗lishi ham mumkin. 
U moddalar almashinuvi kasalliklari (avitaminoz – vitaminlar etishmovchiligi, qandli diabet) 
asab va ichki a‘zolar kasalliklari, vitamin etishmovchiligi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining 
buzilishi oqibatida paydo bo‗ladi. CHekish, spirtli ichimliklarga ruju qo‗yish, juda issiq yoki 
sovuq, nordon, sho‗r ovqatlar eyish ham stomatitga sabab bo‗lishi mumkin. Ayrim dorilarga 
nisbatan sezuvchanlik ortganda xususan, pala-partish antibiotiklarni ichib o‗z-o‗zini 
davolaganda, balog‗atga etish davrida, aql tishi chiqishi qiyinlashganda ham stomatit ro‗y beradi. 
Ushbu kasallikning shakli har xil bo‗lishiga qaramay ularning umumiy o‗xshash belgisi bor. 
YA‘ni, bu xastalikda og‗iz bo‗shlig‗i shilliq qavati qizaradi. Uning atrofidagi to‗qimalar 
shishadi, jag‗ osti limfa tugunlari kattalashadi. Xastalik o‗tkir va surunkali kechadi. 
Stomatitning kataral, yarali nekrotik, aftoz xillari farqlanadi. 
Ayrim dori moddalarining yoqmasligi oqibatida, kimyoviy moddalar ta‘sirida medikamentoz 
stomatit, og‗iz bo‗shlig‗i shilliq qavatining o‗tkir kechuvchi, kasallangan tishlar yoki tish 
protezidan jarohatlanish natijasida travmatik stomatit paydo bo‗ladi. Travmatik stomatitning 
Bednar aftasi (chaqaloqlar aftasi) shakli go‗daklarda kuzatiladi. Stomatitning oldini olish uchun 
og‗rigan tishlarni va organizmning umumiy kasalliklarini o‗z vaqtida davolash, shilliq qavatning 
yallig‗lanishiga sababchi bo‗ladigan omillarni bartaraf etish zarur. 
Gingivit – milkning yallig‗lanishi bo‗lib, mahalliy va umumiy omillar ta‘sirida rivojlanib, 
tish-milk bog‗lanishining buzilishisiz kechadi. Gingivit uzoq vaqt davomida faqat o‗rta va katta 
yoshli bemorlarda uchraydi, degan fikr yuritilar edi. Jahon sog‗liqni saqlash tashkilotining yangi 
ma‘lumotlariga ko‗ra bu kasalliklar dunyoning turli hududlaridagi 80 foiz bolalarda ham 
kuzatilar ekan. 
Kasalliklarning rivojlanishiga ko‗p sonli omillar ta‘sir qiladi: og‗iz bo‗shlig‗i gigienasiga amal 
qilmaslik, sifatsiz protezlar, tish-jag‗ nuqsonlari, ftor qo‗shilgan suvni ichish, uzoq vaqt parhez 
qilish, somatik(ichki) kasalliklar shular qatoriga kiradi. 
Ko‗pchilik 
mualliflar 
paradontdagi 
o‗zgarishlar 
tish 
pilakchasidagi 
ko‗p 
sonli 
mikroorganizmlarning ta‘sir ko‗rsatishi sababli rivojlanadi deb hisoblashadi. Tish pilakchasi tish 
o‗qi bo‗ylab siljib, mikroorganizmlarning toksin (zahar)lari ta‘sirida milk to‗qimalarini 
yallig‗lantiradi. Ular milk to‗qimalari bilan muloqotda bo‗lgan sohaga kuchli ta‘sir qilib, 
moddalar almashinuvini izdan chiqaradi. Agar gingivit davolanmasa tish-milk epiteliysida jiddiy 


107 
o‗zgarishlar yuzaga keladi va parodontit kasalligi rivojlanadi. So‗lak tarkibining milk 
kasalliklarini rivojlanishidagi ahamiyati kattadir. Uning immunologik xossalarining o‗zgarishi, 
miqdori, modda ajralishi tezligining buzilishi tish karashi hosil bo‗lishini tezlashtiradi. Tish 
pilakchasi milkka uzoq vaqt davomida ta‘sir qilganda organizmda mikroblar to‗planadi va 
autoimmun jarayon yuzaga keladi. Milkning yallig‗lanish jarayonida streptokokklar va 
stafilakokklar, bakteritsidlar, fziobakteriyalar, spiroxetlar katta rol o‗ynaydi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish