5.3. Skin - samara ko„rsatgichlari natijalarining hisobi
Skin – samara ko‗rsatgichlarini aniqlash natijalari tahlil qilinganda ya‘ni,
uning kattaligi konning geologik – fizik sharoitlariga va quduqlarni ishlatish shartiga
bog‗liq holda keng oraliqlarda o‗zgaradi. Skin-samara
ko‗rsatgichlarini
Perm
viloyatidagi qazib oluvchi quduqlardan olingan ma‘lumotlar asosida Chetirkin A.I.
tomonidan tahlil qilinganda bu ko‗rsatgichlar manfiy -6
0
Cdan musbat +20
0
Cgacha
kattaliklarni aniq sharoitlarda qobul qilishi aniqlashtirilgan [60,80]. Shuni e‘tiborga
olishimiz kerakki, bu tadqiqotlar yuqori debitli (150 t/kun.dan katta) quduqlarda olib
borilgan. Bu masalani o‗rganishning dolzarbligi G‗arbiy O‗zbekistondagi kam
debitli konlarda olib borish tadqiqotlari rivojlantirilmoqda.
5.1-jadvalda keltirilgan dastlabki ma‘lumotlar Kruk, G‗arbiy Kruk,
Shakarbuloq Ko‗kdumaloq Rif osti va Shimoliy O‗rtabuloq konlarida olib borilgan
gidrodinamik tadqiqotlar materiallarini qayta ishlashda foydalanilgan. Shuni
belgilash zarurki, bu masalani o‗rganish uchun konni tanlash hech qanday aniq
mezonsiz amalga oshirilgan, mavjud bo‗lgan quduqlarni gidrodinamik tadqiqot
materiallari umumiy qobul qilingan talablari bo‗yicha olib borilgan. Bunda eng sifatli
171
quduqlarni gidrodinamik tadqiqotlash quduqlarni sinash davrida olib borilgan,
quduqlarni ekspluatatsiya qilish jarayonlarida juda kam olib borilgan va ko‗pgina
holatlarda bu quduq tubi bosimini tiklanishi bilan tugallangan. Buning evaziga
tadqiqot natijalari qayta ishlov berish uchun yaroqsiz deb topilgan.
5.1-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, tadqiqot olib boriladigan obektlarda
mahsuldor qatlamlarning parametrlari, neftning xossasi, quduq tubi bosimining
qiymati ekspluatatsiya qilinadigan quduqlarning sharoiti va tog‗-geologik
sharoitlariga bog‗liq holda katta chegarada o‗zgaradi.
Masalan qatlamning samarali neftga to‗yinganlik samarasi 6 m.dan 59
m.gacha, ochilgan qatlam qalinligi 1,8 m.dan 25 m.gacha, neftni gaz bilan
to‗yinganlik bosimi 9,27 MPa.dan 29,5 MPa.gacha, g‗ovaklik koeffitsiyenti 0,0 -
0,26, qatlam neftining zichligi 0,624 dan 0,801 t/m
3
, dinamik qovushqoqlik 0,42 dan
1,3 mPa.sek, quduqning debiti 2,31 dan 175,2 m
3
/kun. Yuqorida keltirilgan
parametrlardan ko‗rinib turibdiki, tadqiqot bilan amalda G‗arbiy O‗zbekistonning
XV-PR, XV-P, XV, XVa, D31F gorizontlarning yuqori yura karbonat
yotqiziqlarining hamma mahsuldor qatlam qirqimlarini egallab olgan.
O‗tkazuvchanlik koeffitsiyenti, pezoo‗tkazuvchanlik, gidroo‗tkazuvchanlik
koeffitsiyenti, quduqning keltirilgan radiusi, skin-omillarning ko‗rsatgichi, mahsullik
koeffitsiyenti va gidrodinamik tugallanmaganlik koeffitsiyentlarining hisoblash
natijalari 5.2-jadvalda keltirilgan.
Shuni belgilash kerakki, dastlabki ma‘lumotlarga asosan quduq tubi bosimini
egri tiklanish interpretatsiyasida qaysiki, ikkita koeffitsiyentga – g‗ovaklik
muhitining va suyuqlikning elastiklik siqilishiga bog‗liq. Bu koeffitsiyentlar
lobaratoriya sharoitida aniqlanadi lekin mavjud bo‗lmaydi. Shuning uchun ularning
qiymati bir nechta kernlarning namunasidan aniqlanadi. Shuning uchun qoidaga
muvofiq so‗rovnoma ma‘lumotlaridan olinadi.
Muhitning elastiklik siqilish koeffitsiyenti Yakunin I.A. tomonidan o‗rnatilgan
korrelyatsiya bog‗lanishidan aniqlanadi [42]:
β = (-10,13т
2
+ 6.56 т + 0,143) • 10-
5
, (3.18)
бу ерда:
т
– коллекторнинг g‗оваклиги.
Do'stlaringiz bilan baham: |