a) Er osti jixozlari bilan hosil bo’lgan katta avariyalarni bartaraf
etish; singan va
kiyshaygan tizmani to’girlash; mustaxkam qum tiqinlarini yuvish
va burg’ilash;
b) Quduq tubi atrofi tog’ jinslarini sement, qum, smola va boshqalar
bilan mustaxkamlash;
v) YUqori va pastki suvlarni to’xtatish, boshqa gorizontga o’tish.
g) maxsuldorligini oshirish uchun quduq tubi atrofiga ta’sir etish
bilan bog’liq ishlar: tuz kislotali ishlov berish, gidravlik yorish va boshqalar;
d) Ikkinchi stvolni burg’ilash.
Sanab utilgan ishlar barcha jixoz va instrumentlarga ega bo’lgan
brigadasi bo’lgan tubdan ta’mirlash idoralari tomonidan bajariladi. Tubdan
ta’mirlash idorasida konlarda ko’p o’tkaziladigan ta’mirlash
turlariga qarab
aloxida sexga ega bo’ladi.
Masalan: tuz kislotali ishlov berish keng qo’llanilganligi uchun bu idora
tarkibida tuz kislotali ishlov berish sexi mavjud.
Tubdan ta’mirlash brigadasi ko’tarib tushirish jarayonini «Bakines»,
A - 40 va A - 50 kabi xarakatlanuvchi ko’taruvchi inshoatlar bilan amalga
oshiriladi. Murakkab ishlar uchun burg’ilash jarayonida qo’llaniladigan
minoradan va ishlatish minoralarini kuchaytiriladi.
Sementlash ishlari yaxshi bo’lmaganligi
yoki mustahkamlovchi
quvurlar tizmasi zararlangan xolda (sinish, yorilish, rezbali brikmadan o’tkazish)
quduqka suvlar kirishi kuzatiladi. Birgina sementlash natijasida suv bosgan
quduqni suvlanganligini kamaytirish kiyin.
Ayrim hollarda zararlangan
mustahkamlovchi quvurlar tizmasini ta’mirlash talab qilinadi. Tizma sonini
to’girlovchi burgi bilan to’girlanadi. Agar to’girlash imkoni bo’lmasa, zararlangan
joy frezerlanadi. Ayrim hollarda singan joydan yuqoridagi quvurlar quduqdan
chiqarib olinadi va yangi tizma pastga yo’naltiruvchi voronka o’rnatilib quduqka
tushirilib qolgan qismi ulanadi.
Tubdan ta’mirlash brigadasi
fakatgina tizma defektlarini
to’girlabgina kolmay, balki qum tiqiniga o’tirib qolgan quvurni chiqarishdek
murakkab ishlarni ham bajaradi.
Quduqka qatlam ostki yoki suvlarining bostirib kirishi ta’sirida quduq
maxsuldorligi tezda kamayadi.
Suvning tavsifi va quduqning boshqa shartla riga qarab suvni to’xtatish
ishlari o’tkaziladi. Quduqlarni tubdan ta’mirlashga yuqori gorizontga o’tish keng
qo’llaniladigan ishlardan hisoblanadi. Bunda quduqni suv bosgan bo’lsa, quduq
tubiga tushgan boshqa narsalarni olish imkoni bo’lmasa, quduqning bu qismi
sement bilan to’ldirilib, yuqorirokdan teshish
orqali davom ettirish mumkin
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: