I BOB
IQTISODIY SOTSIOLOGIYA FAN SIFATIDA
1.1. «Iqtisodiy sotsiologiya» fanining predmeti va vazifalari
Iqtisodiy-sotsiologik m uam m olar turli ixtisos tahlilchilari va m ehnat
tarrnoqlarining mutaxassislari tomonidan o'rganilmoqda. Bu muammo muhim
ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun ham batafsil ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab
etadi.
Iqtisodiy sotsiologiya ~ iqtisodiyotning ijtimoiy jihatlarini o‘rganuvchi fan.
Sotsiologiya inson sotsiumini «hamma yerda va har qayerda» o‘rganadi: oila va
turmushda,
ekologiya va muloqotda, davlat va huquqda, ta'lim, madaniyat va
tarbiyada. Odam iqtisodiy munosabatlarga kirishsa, iqtisodiy faoliyat bilan
shug'ullansa, iqtisodiy muammolarni o‘zida sezsa, yoki biron-bir iqtisodiy holatga
kirib qolsa, u holda sotsiologiya ham uning orqasidan
iqtisodiy muhitga tushib
boradi.
«Inson iqtisodda» tushunchasi ancha keng tasawur tug‘diradi, har xil variantdagi
ijtimoiy va iqtisodiy holatlar nisbatini aks ettiradi.
Iqtisod inson uchun ishlaydi va rivojlanadi. Ehtiyojlar bilan bogiiq boim agan
iqtisodiy maqsadlar mavjud emas. Iqtisod shu ehtiyojlarni qondirish nuqtai nazardan
baholanadi. Shuningdek, inson o‘zi uchun o‘z kuchi bilan iqtisodiyotni bunyod
etadi.
[qtisodiyotga madaniyat, ruhiyat va insonning kayfiyati ham ta'sir etishi mumkin.
Ular uning holatini, turini va ayrim holda aniq o‘mini belgilaydi.
Iqtisodiyotda
bilim va tajriba kabi dunyoqarash ham muhimdir. Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyot
ham insonga ta’sir o‘tkazish qobiliyatiga ega. Iqtisodiyot o‘z ta'siri bilan inson
madaniyati, ruhiyati va kayfiyatini xam belgilaydi. Iqtisodiyotning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ta'sirini individlar, gumhlar va butun jamiyatning hayot tarzida ko‘rish mumkin.
Iqtisodiyot - bu odamlarning ma'naviy tinchligi yoki noxushligini belgilab
beradigan omil.
Shunday holatlar bo‘ladiki, boshqaruvchilar birinchi navbatda inson to‘g‘risida
o'ylab va unga bor e’tiborini qaratib, atayin yoki tasodifan muhim iqtisodiy natijalarga
erishadilar.
Ikkinchi holatda esa rahbarlar iqtisodni birlamchi narsa sifatida ko‘rib, o‘z e’tiborini
iqtisodiy vazifalaming yechimiga qaratib, shu jarayonda
muammolarni hal qiladi,
insonning o‘ziga ham yordam beradi.
Uchinchi holatda esa birinchi, ikkinchi tamoyillar ishlamaydi, iqtisodiy
maqsadlar insonga ziyon keltiradi. Insonga yo‘nalish bilan iqtisodiyotga yo‘nalish
orasida kelishuv yo‘q, ulami bir-biriga qo‘shish mumkin emas,
ulardan birortasifti
tanlash esa fan va kundalik hayot uchun muammodir.
10
Iqtisodiyot odamlami yakka va guruhiy aloqalarga majbur qiladi va ular o'rtasida
munosabatlaming o‘ziga xos turlarini vujudga keltiradi. Kichik va katta gumhlar
o'rtasidagi kelishuv va nizolar birinchi galda iqtisodiy tomondan paydo boiadi.
iqtisodiyot - ko‘p maxsus fanlaming predmeti va obyekti boiganligi sababli,
qanday qilib iqtisodiyot va iqtisodiy sotsiologiya bir-biri bilan birga yashamog‘i kerak,
degan qonuniy savol tug'iladi. Javob sifatida quyidagi holatlarni keltirish mumkin:
1. Iqtisodiyot — ijtimoiy hayotning maxsus muhiti, uning muammolari bilan
iqtisodiy fanlar shug‘ullanadi.
2. Iqtisodiyotda ijtimoiy holatlar ko‘p. Ular sotsiologiyaning
ijtimoiy fan sifatida
muammoligim belgilaydi. Sotsiologiya iqtisodiyotdagi ijtimoiy holatlarga nisbatan
o‘z nazariyasiga, tahlil usullariga, muammolarni yechish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: