Soliq va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari “Soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar tizimi” ning asosiy bo’g’ini bo’lib hisoblanadi. Bular soliq solishdagi asosiy
tushunchalardir. Ushbu tushunchalar davlat byudjeti va soliq to’lovchilar ertasidagi
iqtisodiy-xuqukiy munosabatlarda yuzaga keladi.
Soliq Kodeksining 24-moddasida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning
elementlari aks ettirilgan. Bularga quyidagilar kiradi:
Soliq elementlari:
1.
soliq solish obyekti;
2.
soliq solinadigan baza;
3.
soliq stavkasi;
4.
soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
5.
soliq davri;
6.
soliq hisobotini tag’dim etish tartibi;
7.
soliqni to’lash tartibi.
Soliq solish obyekti
- soliq to’lovchida soliq yoki boshqa majburiy to’lov hisoblab
chiqarilishi va (yoki) to’lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk,
harakat
natijasidir.
Soliq solinadigan baza -
soliq solish obyektining soliq yoki boshqa majburiy
to’lovning stavkasi tatbikan belgilangan ko’rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va
boshqa
tavsiflarini
ifodalaydi.
Soliq stavkasi
- soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan
foizlardagi
yoki
mutlaq
so’mmadagi
miqdorni
ifodalaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish
tartibi – soliq davri uchun
soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo’lsa, shu
imtiyozlardan kelib chiqib , soliq va boshqa majburiy to’lov so’mmasini hisoblash
koidalarini belgilaydi. Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish soliq
to’lovchi tomonidan mustakil ravishda amalga oshiriladi. Soliq Kodeksda nazarda
tutilgan xollarda, soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish majburiyati
davlat soliq xizmati organiga yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Soliq davri
– u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq
yoki boshqa majburiy to’lov so’mmasi hisoblab chiqariladigan davrdir. Soliq davri bir
necha hisobot davriga bo’linishi mumkin bo’lib, ularning yakunlari bo’yicha hisob-
kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi
lozim bo’lgan so’mmalarini to’lash majburiyati yuzaga keladi. Joriy to’lovlarni to’lash
bo’yicha
majburiyat
yuzaga
kelgan
davr
hisobot
davri
bo’lmaydi.
Soliq to’lash tartibi
– Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash milliy valyutada,
qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Savol bo’yicha ma’ruza jarayonida talabalarga beriladigan savollar
1.
Soliqning qaysi turlarini bilasiz?
2.
Majburiy to’lovlar degan nimani tushunasiz?
3.
Soliqni hisoblab chiqarish uchun zarur bo’lgan elementlarni ayting,
tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |