Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/47
Sana29.03.2022
Hajmi1,01 Mb.
#515827
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI

24.Plakat bo’yicha taqdimot 
Plakat bo’yicha taqdimot o’quvchi doskaga chiqib osib qo’yilgan plakatdagi 
rasmlarga qarab mavzuni aytib beradi. Plakat bo’yicha taqdimotni hali yangi
mavzuni o’tmasdan turib ham amalga oshirish mumkin. 
25.Fizik diktant 
Fizik diktant juda qisqa vaqtda barcha sinfdagi o’quvchilardan so’rashning 
yo’lidir. Bunda bola mustaqil ishlaydi. O’quvchilarga o’tgan mavzu bo’yicha 
diktant olish mumkin. Bunda o’tgan mavzuga doir formula, asbob, birlik, fizik olim 
haqida savollar og'zaki beriladi, o’quvchi savolni eshitib (yozmay) javobini 
daftariga yozadi. Masalan: o’tgan mavzuda "Moddaning zichligi" mavzusi 
o’tilgan bo’lsa savollarni quyidagicha tanlash mumkin. 
1. zichlik formulasi. 
2. zichlik birliklari 
3. zichlik qanday kattalik (vektor yoki skalyar) 
4. - zichlikni o’lchovchi asbob ( qurilmalar nomi). 
5. Modda zichligini aniqlagan vatandoshimiz nomi. 


29 
6. . 1000 kg/m
3
necha g/sm3ga teng. 
7. Suvning zichligi nechiga teng? 
8. Nima uchun kerosin suvning ustida joylashadi? 
Diktant yozilgandan so’ng o’quvchilarga yozilmagan qismiga "so’roq" 
belgisini qo’yish taklif etiladi, javoblari doskaga yoziladi va o’quvchiga o’z ishini 
baholash so’raladi. 
26.Suhbat metodi 
Davra suhbati shaklida tashkil etish yaxshi samara beradi. Davra suhbatini 
tashkil etish uchun biror muammoli, mavzuni aytish kerak. O’quvchilar navbat 
bilan fikrlarini aytadilar. 
27.Debat (Bahs) metodi 
Debat (Bahs) o’tkazish uchun o’rtaga biror muammo tanlanadi. Muammoga 
qarab o’quvchilar 3 guruhga ajraladilar. (ha, yo’q, betaraf). Muammoga “ha" 
munosabatda bo’lganlar 1 guruh "Yo’q" munosabatda bo’lganlar 2 chi guruh, 
“betaraflar” 3-guruh bo’ladilar. Navbat bilan o’z nuqtai nazarini aytib o’zini
himoya qilishga 1 daqiqadan vaqt beriladi. 
Betaraflar ikkala guruh o’quvchilarning fikrlarini tinglab o’z ixtiyorlari bilan 
"ha" yoki "yo’q" deganlar guruhlariga qo’shiladilar. Himoya davomida "ha" 
guruhidan "Yo’q" guruhiga o’quvchilar o’tishlari mumkin va aksincha. Debat 7-
10 daqiqa davom etishi mumkin ( fikrlar bo’lsa yana vaqt berish mumkin).
Yorug’likning to’lqin va zarracha xossalarini o’rgavgandan so’ng quyidagi
muammoni o’rtaga tashlab debat o’tkazdik. "Yorug'lik to’lqinmi?" o’quvchilar "ha" 
va "Yo’q" deb munosabat bildirgandan so’ng ularni ajratib 2 ta guruh tashkil etdik.
Betaraflar partada o’tirdilar. "ha" deb munosabat bildirganlar guruhiga "Ibn Sino", 
"Yo’q" deb munosabat bildirganlarga "Beruniy" deb nom qo’ydik. 
O’z nuqtai nazarlarini aytib himoya qilish uchun navbat bilan guruhlar 
fikrlarini bildiradilar. Bu fikrlar quyidagicha edi: 
Beruniy guruhi: 
(1 o’quvchi gapiradi)
Yorug'lik zarrachadir. 
Yorug'likning to’g'ri chiziq bo’ylab tarqalish qonunini eramizdan 300 yil oldin 
yashab o’tgan Yevklid o’z asarlarida yozib qoldirgan. 
Ibn Sino guruhidan 1 o’quvchi 
yorug'lik to’lqinidir, chunki u quyosh va yulduzlardan bizgacha yetib keladi. 
Yorug'likning tarqalishi vaqti mavjud. 1676 yilda mashhur daniyalik olim 
Reomer yorug'lik tezligini o’lchadi. Zarracha hech qachon 300000 km/s tezlik bilan 
harakatlanishini tasavvur qilganmisiz? 
Beruniy guruhi: 
Yorug'lik zarrachadir. Uning sinish hodisasi eramizdan 350 yil oldin yashagan 
Aristotelga ma'lum bo’lgan. Vatandoshlarimiz Beruniy, Ibn Sinolar yorug'likning 
sinishi natijasida 7 xil spektrga ajralishini kamalak hodisasining sababini 
tushuntirganda aytganlar. “Yomg'ir yog'ayotgan ayni bir paytda quyosh charaqlab
tursa yorug'lik nuri yomg'ir tomchisidan sinib o’tadi va kamalak hodisasi hosil 
bo’ladi.” 
Beruniy guruhi: 


30 
Yorug'lik zarrachadir. Uning zarra ekanligini yorug’likning nurlanishi va 
yutilishi kabi hodisalar tasdiqlaydi. Bu hodisalar sababini tushuntirish uchun 
zarracha - korpuskular nazariyani qo’llashga majbur bo’lasiz. Buni qanday 
tushuntirmoqchisiz? 
Ibn Sino: 
Yorug'lik to’lqindir. Yorug'likning monoxromatik manbalari, lazerlar
yaratilishi uning to’lqin ekanligini tasdiqlaydi. 
Beruniy: 
Yorug'lik zarrachadir. 1960 yilda yorug'likning monoxromotik manbalari 
lazerlar yaratildi. Lazer yoruo'likning zarracha ekanligi tasdiqlaydi.
Ibn Sino guruhi: 
Yorug'lik to’lqindir. Reomer tomonidan yorug'lik tezligi aniqlangandan
so’ng Nyuton zamondoshi Gyugens yorug'likni to’lqin deb qarashni taklif qildi,
lekin u to’lqinning mazmunini ochib bera olmasada, yorug'lik impulslarining 
yo’nalishini ko’rsatadigan prinsipni ochib berdi.
Buruniy guruhi: 
Yorug'lik zarrachadir, uning sinish hodisasi eramizdan 350 yil oldin yashagan 
Aristotelga ma'lum bo’lganligini yana bir marta ta'kidlab quyidagilarni qo’shimcha 
qilmoqchiman. Buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton yorug'likni quyosh tanasidan 
ketma-ket chiqib kelayotgan yorug'lik zarralarining oqimi deb qarab, bu 
zarralarning tarqalish harakatini to’g'ri chiziqli deb hisoblaydi. Bu ta'limot 
Nyutonning korpuskulyar nazariyasi deb ataladi.
Ibn Sino: 
1802 yilda ingliz fizigi Yung yorug'likning interferentsiya hodisasini tajribada 
o’rgandi. 1815 yilda Gyugens prinsipini Frenel to’ldirdi.
Beruniy guruhi: 
Yorug'lik zarrachadir 1887 - 1888 yillar fotoeffekt hodisasi aniqlandi, 1900 
yilda yorug'lik bosimi Lebedov tomonidan o’lchandi. 
Ibn - Sino: 
"Yung yorug'lik interferentsiyasi hodisasini tajribada o’rgandi" deb yana bir
marta ta'kidlab quyidagilarni qo’shimcha qilmoqchiman. Bular yoruo'likning
to’lqin ekanligini tasdiqlaydi. Yung yoruo'lik to’lqinining ko’ndalang ekanligini 
isbotladi. 1846 yilda Faradey yoruo'lik hodisalari bilan elektromagnit hodisalari 
orasida bog'liqlik borligini topdi.Maksvell nazariy tadqiqotlari bilan yoruo'likning
elektromagnit to’lqin ekanligini ochdi.
"Do’stlar. Bahsni to’xtatinglar. Biz o’tirganlar sizlarni tinglab shunday 
xulosaga keldikki yoruo'lik ham to’lqin, ham zarracha xususiyatiga ega bo’lgan
elektromagnit to’lqinlar ekan. Yorug'likning qaytishi, sinishi, nurlanishi, yutilishi 
zarracha ekanligini isbotlasa, yorug'likning difratsiyasi, interferensiyasi, 
qutublanishi kabi hodisalar uning to’lqin ekanligini isbotlaydi. 
Lazer yaratilgandan so’ng o’sha bir vaqtning o’zida yorug'lik o’zining 
zarracha va to’lqin ekanligini o’zi isbotlaydi". 
Bahsning oxirida "Ibn Sino" va "Beruniy" guruhidagi o’quvchilar betaraflarga 
qo’shilganliklarini e'lon qiladilar.


31 
Nyutonning birinchi qonuni o’rganilgandan so’ng quyidagi muammo
ustida Debat (bahs) tashkil etganda o’quvchilar juda ham faol qatnashadilar. 
Muammo: "Inersiya hodisasi foydalimi? yoki zararli?" o’quvchilar bu
muammoga "ha" "foydali" va "Yo’q" "zararli" deb munosabat bildiradilar. "Ha" 
degan o’quvchilar guruhi o’zini guruhiga "Farobiy", "Yo’q" degan o’quvchilar 
guruhiga "Ahmad Donish " deb nom qo’ydi. Betaraflar o’rta qatordagi partada 
o’tirdilar. 
Bu guruhlar o’z nuqtai nazarlarini quyidagi fikrlar bilan yoqladilar. 
Farobiy guruhidan 1 o’quvchi: 
Inersiya hodisasi foydali. Inersiya bizlarga elektroenergiya hamda 
yoqilg'ini tejashga imkon beradi. 
Masalan: Elektrovoz mashinisti manbani o’chirib qo’ydi, elektrovoz esa 
inersiya hodisasi natijasida o’z harakatini davom ettiradi. 
Ahmad Donish guruhidan 1 o’quvchi: 
Inersiya hodisasi zararli. U hayotda faqat halokatlarni tug'diradi. 
Misol: Yo’lni kesib o’taman deb bola mashina ostiga tushdi, shikastlandi. 
Bunga (shofyor) haydovchi emas inersiya hodisasi sababchi. Shofyor tormoz berdi,
inersiya hodisasi tufayli mashina o’z harakatini davom ettirdi. 
Farobiy: 
Inersiya hodisasi foydali. Termometr asbobining ishlashi inersiya hodisasi 
tufaylidir. Asbobni bir marta silkitib qoqib qo’ygandan keyin simob inersiya tufayli 
pastga tushadi.
Yangi o’lchashlarga tayyor bo’ladi.
Ahmad Donish. 
Inersiya hodisasi zararli ishni tugatib stanokni o’chirgan kishi qo’lini olishga 
ulgura olmadi. Natijada barmoqlaridan ajraldi. Betaraflardan
1 o’quvchi turib quyidagi fikrlar bilan Debat (bahs) ni tugatishni taklif qildi.
"Biz bahsdan shunday xulosaga keldikki inersiya hodisasi foydali ekan, lekin
e'tiborsizlik qilsak zararli bo’lib qolar ekan. Zararsiz bo’lib qolishi uchun yo’l 
harakati qoidalariga rioya qilib yo’ldan o’tish kerak. Avtomobilni to’xtatish uchun 
tormozni bosgandan so’ng ham inersiya hodisasi tufayli u o’z harakatini davom 
ettirishni hisobga olish lozim. qolaversa erkin g'ildirash yo’li borligini ham esdan
chiqarmaslik lozim. Inson tabiatda bo’ladigan hodisalarni o’rganib, undan to’g'ri 
foydalanishi lozim. o’quvchilar betaraflar guruhiga qo’shilganliklarini e'lon 
qiladilar 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish