4.3. YUGURISH ÒEXNIKASI ASOSLARI
Hamma yugurish turlarining texnika asoslari birdir.
Yurishdagidek, yugurishda ham harakat sikli ikki qadamdan
(qo‘sh qadam) iborat bo‘ladi, lekin yugurish har bir harakat
siklida ikkita uchish davri (10-rasm) bo‘lishi bilan yurishdan
farq qiladi. Yugurishda harakat kengligi va tezligi kattaroq
bo‘ladi. Bu yugurish tezligiga bog‘liq: qisqa masofalarga
75
yugurishda harakat kengligi va tezligi eng katta, o‘ta uzoq
masofalarda esa eng kichik bo‘ladi.
Yugurishda ham, yurishdagidek, qo‘l va oyoqlar bir-biriga
moslashib harakat qiladi (kesishma koordinatsiya); yelka
kamari bilan tosning qarama-qarshi harakatlari qadamni
kengaytirishga yordam beradi. Òayanch davrida tosning
pasayishi, depsinish moyilligini yaxshilaydi va mushaklar
yaxshi bo‘shashganidan dalolat beradi (11-rasm).
Harakatning bir sikli (qo‘sh qadam) bir gal u, ikkinchi
gal esa bu oyoqqa tayanishdan, ya’ni ikkita yakka tayanch
davridan hamda ikkita uchish fazasidan iborat bo‘ladi (12-
rasm). Har bir oyoqning harakati xuddi yurishdagidek faza-
lardan iborat: tayanch paytida – oldingi tayanch va ketingi
10-rasm.
Yugurishda tayanch bor
(
Ò
b
)
va tayanch yo‘q
(
Ò
y
)
davrlarining almashinishi.
11-rasm.
Yugurishda tos harakati.
O‘tkazish
Tayanch
Tayanch
Tb
O‘tkazish
Ty
O‘tkazish
Tb
Qo‘sh qadam
Tayanch
Chap
oyoq
O‘ng
oyoq
Tb
76
12-rasm.
Yugurishda harakat davrlari va fazalari.
Qo‘sh qadam
O‘tkazish
Tayanch
O‘tkazish
Tayanch
Tayanch
O‘tkazish
Chap
oyoq
O‘ng
oyoq
Chap
oyoq
O‘ng
oyoq
Uchish
Uchish
O
ld
in
gi
de
ps
in
is
h
Ketingi
qadam
D
av
rl
ar
Sikl
Oldingi
qadam
K
et
in
gi
qa
d
a
m
Oldingi
qadam
O
ld
in
gi
de
ps
in
is
h
F
az
al
ar
P
ay
tl
ar
H
ol
at
X
ro
n
og
ra
m
m
a
C
ha
p
oy
oq
ni
ye
rg
a
qo
‘y
is
h
C
ha
p
oy
oq
ni
ye
rd
an
u
zi
sh
V
er
ti
ka
l
O
‘n
g
oy
oq
ni
ye
rg
a
qo
‘y
is
h
O
‘n
g
oy
oq
ni
ye
rd
an
u
zi
sh
V
er
ti
ka
l
C
ha
p
oy
oq
ni
ye
rg
a
qo
‘y
is
h
Tayanch
Tayanch
Tayanch
Oldingi
qadam
O‘tkazish
K
et
in
gi
de
ps
in
is
h
O‘tkazish
K
et
in
gi
de
ps
in
is
h
Ketingi
qadam
U
ch
is
h
U
ch
is
h
Tayanch
O‘tkazish
77
tayanch fazalari, o‘tkazish paytida esa – ketingi qadam fazasi
va oldingi qadam fazasi. Oyoqni yerga qo‘yish va yerdan
uzish momentlari, shuningdek, vertikal momentlari bu faza-
larni qismlarga bo‘ladi.
Òayanch davri davomida tananing og‘irlik markazi mut-
tasil oldinga siljiy borib, amortizatsiyadan keyin tayanchdan
olg‘a tomon depsinishga yordam beradi.
Mushaklarning kuchliroq ishlashi natijasida qo‘l va oyoq-
larning hamma harakatlari yurishdagiga nisbatan kattaroq
doirada bajariladi. Bu yerda tashqi kuchlar (tayanch
reaksiyalari) ham kattaroq bo‘lgani uchun, siljish tezligi ham
yuqori bo‘la oladi.
Yugurishda tananing tik bo‘ylab siljish doirasi yurish-
dagidan anchagina ortiq. Yerga bo‘lgan bosimning ortishi
natijasida tayanch reaksiyalari ham oshadi. Yugurish tezligi
ortishi bilan bu reaksiya ham orta boradi. Yengil atletika
yo‘lkasida yugurayotganda, poyabzaldagi temir tishlar oyoqni
yerga mahkamroq yopishtiradi. Bu esa kuchliroq depsinishga
va oyoqni yerga ertaroq jipslashtirishga imkon beradi-da,
yugurish tezligini oshirishga ko‘maklashadi.
Òayanch reaksiyasi yo‘nalishini belgilovchi depsinish
burchagi yugurish tezligiga qarab o‘zgaradi. Òez yugurish
vaqtida sekin yugurishdagiga qaraganda depsinish fazasidagi
tayanch reaksiyasi kuchliroq bo‘libgina qolmay, balki
yo‘lkaga nisbatan ancha o‘tkir burchak hosil qilib, olg‘a
tomon yotiqroq bo‘ladi. Bu ikki hol baravariga tayanch
reksiyasining yotiqlik tashkil qiluvchisini oshiradi. Depsinish
paytida kishi tanasining tezlanishi esa ana shu yotiqlik tashkil
etuvchining miqdoriga bog‘liqdir.
Yugurish tezligi orta borishi bilan, oldingi tayanch faza-
sidagi tayanch reaksiyasi ham osha boradi. Uning miqdori
va yo‘nalishi qanday bo‘lishi oyoqni yerga qo‘ygandan keyingi
amortizatsiyaga bog‘liq. Òayanch reaksiyasining tormoz
kuchini pasaytirish uchun, uning yotiqlik tashkil etuvchisini
78
kamaytirish kerak. Buning
asosan ikki yo‘li bor: bi-
rinchisi, oldingi tayanch vaq-
tida mushaklar yo‘l berish
ishi bajarayotganda, ularning
cho‘zilishi hisobiga hosil
bo‘ladigan amortizatsiya;
ikkinchisi — yerga tushish
burchagini oshirish. Oyoqni
UOM
ning yo‘lkadagi pro-
yeksiyasiga yaqinroq qo‘yish
yerga tushish burchagini
oshiradi, tormoz kuchini
kamaytiradi va bu kuchning ta’sir vaqtini qisqartiradi (13-
rasm). Buning uchun oyoqni oldindan orqaga faol sidiruvchi
harakat bilan yerga tushiriladi. Lekin bunda ham tormoz
kuchi to‘liq yo‘qolmaydi; yuguruvchining vazifasi faqat uni
minimal darajaga keltirishdir.
Past startdan keyingi birinchi qadamlarda tana oldinga
ko‘proq egilganligi sababli, oyoq
UOM
proyeksiyasidan
orqaroqda qo‘yiladi. Yugurishning shu paytidagina yerga
tushish momentida gorizontal tormoz kuchi bo‘lmasligi
mumkin.
Yugurishda oldingi tayanch vaqtidagi reaksiya, og‘irlik
kuchi ta’siri ostida tananing yuqori nuqtasida boshlangan
pasayishi davom etishiga to‘sqinlik qiladi. Bu fazada oldinga
intiluvchi harakat tezligi pasayadi.
Òayanch oyoq mushaklarining yo‘l berish ishi (asosan
tizza bo‘g‘imidagi oyoq yozuvchi mushaklari) gavdaning
pasayish tezligini kamaytiradi.
Mushaklar cho‘zilganda taranglasha borib, depsinish
fazasidagi qisqarishga tayyorlanadi.
Oyoq tagining old qismi yoki tashqi qirrasi yerga qo‘-
yilganda, oyoq tagi ostki bukuvchilari ham cho‘zilib, oyoqni
13-rasm.
Oyoqni tikroq qo‘yganda
(b) tormozlash kuchining (P
Ò2
)
kamayishi.
a
b
P
T1
P
T2
79
yerga qo‘yayotgandagi kuchni bir qancha yumshatadi va
depsinish vaqtida bo‘ladigan qisqarishga tayyorlanadi. Oyoq
qo‘yish tovondan boshlansa, bu mushaklar amortizator
vazifasini o‘tamaydi va tayanchning boshlang‘ich davrida
depsinishga unchalik tayyorlana boshlamaydi.
Depsinish – ishning asosiy fazasi bo‘lib, har qadamdagi
oldingi tayanch tormozidan keyin tezlikni oshiradi. Depsinish
vaqtida tos-sondagi tizzadagi yozuvchi mushaklarning va
to‘piq bo‘g‘imidagi bukuvchi mushaklarning enguvchi ishi
qanchalik ko‘p bo‘lsa, yugurish tezligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Depsinish muddati kamaysa, mushaklar ayniqsa ko‘proq
taranglashadi. Depsinish burchagining o‘tkirroq bo‘lishi
tayanch reaksiyasining gorizontal tashkil etuvchisini oshiradi.
Bunga erishmoq uchun, tayanch oyoqni tos-son bo‘g‘imida
ancha ko‘proq yozish va ayniqsa tosni oldinga ko‘proq og‘-
dirish kerak. Ketingi qadam avval orqaga (tanaga nisbatan)
va yuqoriga depsingandan keyingi oyoqning to‘la harakatini
(uning og‘irlik markazi harakatini), keyin esa oyoqni oldinga
o‘tkazish boshlanishini, ya’ni uning vertikal momentga yet-
guncha harakatini o‘z ichiga oladi. Oyoqning orqaga va
yuqoriga harakati gavdaning oldinga harakat qilish tezligi
oyoqning depsinish vaqtidagi tezligidan yuqori ekanligidan
hosil bo‘ladi. Natijada gavda oyoqni tortadi-da, oyoq oldinga
ketayotgan tos orqasidan sal cho‘zilib, orqaga va yuqoriga
ko‘tariladi. Bunga yerdan uzayotgan paytda tayanchini yo‘qot-
gan oyoq mushaklaridagi taranglik qoldig‘i yordam beradi.
Ketingi qadam boshlanishi bilan tos-son bo‘g‘imining
oldingi mushaklari anchagina cho‘zilib taranglashadi-da,
oyoqning orqaga harakatini to‘xtatadi va tos-son bo‘g‘imini
buka boshlaydi. Sonning oldinga harakatini boshlanishi bilan,
boldirning yuqori qismida olg‘a tomon tezlanish hosil bo‘ladi,
uning pastki qismi esa, oyoq tagi bilan birga inersiya sababli
yuqori ko‘tarila borib, tizza bo‘g‘imida oyoqni yozuvchi
mushaklarni ko‘proq cho‘zadi. Harakat yana davom etishi
80
natijasida oyoq tizza bo‘g‘imida bukilib, butun oyoqning
og‘irlik markazi tos-son bo‘g‘imiga yaqinlashadi.
Bu oyoqning inersiya momentini kamaytiradi va uni
oldinga uzatishni yengillashtiradi.
Silkinch oyoq tik holatda o‘tgandan keyin, oldingi qadam
fazasi boshlanadi. Sonning tos-son bo‘g‘imida bukilishi
sekinlashgan sari boldir o‘z inersiyasi bilan sondan o‘zib
ketadi. Sonning orqa mushaklari cho‘zilib taranglashadi va
sonni yanada oldinga chiqishiga xalaqit beradi. Harakatdagi
oyoqning energiyasi shu mushaklar orqali gavdaning qolgan
massasiga o‘tadi. Oyoq o‘zning oldinga siljish tezligining bir
qismini yo‘qotadi, gavdaning qolgan massasi esa, buning
evaziga o‘z tezligini bir oz oshiradi. Òezlikning qayta
taqsimlanishiga o‘xshash hol ro‘y beradi. Bu uchishda butun
gavda tezligini va kinetik energiyasini oshirmaydi. Lekin
tayanch vaqtida oyoqni tez uzatish kinetik energiyani qisman
oshiradi.
Òez yugurish paytida oyoq oldiga ko‘proq uzatiladi,
uchishda sonlar orsidagi burchak ham ko‘payadi. Natijada
antagonist mushaklar cho‘zilib, keyin sonlar tezroq birla-
shishiga yordam beradi. Harakat shunday bo‘lsa, oldinga
qadam tashlovchi oyoq shaxdamroq tayanchga tushadi,
keyingi qadamdagi oyoq esa shaxdamroq olg‘a uzatiladi.
Bularning birinchisi tayanchda tanani faolroq oldinga
harakatlatiradi, ikkinchisi esa oyoqni shaxdmroq oldinga
uzatishni ta’minlaydi.
Qisqa masofalarga yugurishda qo‘llar tirsak bo‘g‘inida
bukilgan bo‘lib, yelka bo‘g‘imida oldinga-orqaga keng
harakat qiladi. Yugurish tezligining psayishi bilan qo‘llarning
harakat kengligi kamayadi va ularning yo‘nalishi ham bir
qancha o‘zgaradi. Qo‘l oldinga chiqarilganda u o‘rtacha
holatga yaqinlashadi, orqaga ketganda esa tashqari tomon
buriladi. Buning sababi gavdaning burilishidir.Bunda xuddi
yurishdagi kabi, qo‘l harakatini oldinga orqa tekislikdan
81
chiqaradigan katta ko‘krak muskuli bilan deltasimon
muskulning ahamiyati kattadir.
Qo‘llar va yelka kamarining harakati tosning qadamni
kengaytiradigan burilishiga ham bog‘liqdir. Yelka bo‘g‘i-
mining oldingi va orqa mushaklari hamda gavda mushak-
larining navbatma-navbat ishlashi, mushaklar bo‘shashib,
kuch yaxshiroq tiklanishiga yordam beradi.
Yugurish vaqtida gavda sal oldinga engashgan yoki tik
holatda bo‘ladi. Haddan ortiq oldinga engashib olish dep-
sinishni yengillashtiradi-yu, lekin oyoqni oldinga chiqarishni
qiyinlashtiradi. Gavdani orqaga tashlab yugurish oyoqni
oldinga chiqarishni yengilashtiradi-yu, lekin depsinish bur-
chagini kattalashtirib yuboradi. Yugurish tezligi qancha yuqori
bo‘lsa, gavdaning oldinga engashishi nisbatan shuncha ko‘p
bo‘ladi.
Yugurishda depsinish kuchli bo‘lgani natijasida
UOM
tik
bo‘ylab tebranishi 10 va undan ortiq santimetrga etadi.
UOM
ning eng yuqori holati uchish fazasida, eng pastki holati
esa – tayanch fazasida tik holatga yaqin paytda bo‘ladi. Shu
vaqtning o‘zida tos eng pastga tushib,
UOM
ko‘ndalangiga
tayanch oyoq tomon siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |