Masshtabli
yoki konturli shartli belgilar bilan karta masshtabida konturini ko‘rsatish
mumkin bo‘lgan tafsilotlar, masalan, o‘rmon, botqoqlik, poliz, bog‘, ko‘l va boshqalar tasvirlanadi.
Masshtabli shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarning uzunligi, kengligi, maydonini aniqlash
mumkin. Konturli shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarni bir-biridan farq qilish uchun, har
bir kontur ichiga shu tafsilotlarni shartli belgisi beriladi yoki konturlar turli rangga bo‘yaladi.
Masalan, tokzorga tokning shartli belgisi chizib qo‘yiladi, qamishzor konturining ichiga qamishning
shartli belgisi chizib qo‘yiladi, o‘rmon yashil rangga, ko‘l ko‘k rangga bo‘yaladi va hakoza. Lyokin
kontur ichida berilgan shartli belgi shu belgi bilan tasvirlangan tafsilotning o‘rnini va miqdorini
bildirmaydi. Masalan, bog‘ konturi ichida berilgan doirachalar shu bog‘dagi daraxtlarning o‘rnini
va ularning sonini bildirmaydi.
2. Karta masshtabida ko‘rsatib bo‘lmaydigan kichik ob’ektlar, masalan, yakka daraxt, buloq,
quduq, ko‘prik va boshqalar
masshtabsiz
shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Bunday tafsilotlar karta
masshtabida nuqta bilan ko‘rsatiladi, nuqta tafsilot o‘rnini, shartli belgi esa uning qanday tafsilot
ekanligini ifodalaydi. Kartada bunday tafsilotlar orasidagi masofani o‘lchashda va koordinatalarini
aniqlashda tafsilot o‘rni sifatida shu nuqta olinadi. Yo‘llar, soylar, ya’ni cho‘zilib ketgan uzun
chiziqlar tarzidagi tafsilotlar ham masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Ularning faqat
uzunligi karta masshtabida ko‘rsatilib, kengligi masshtabsiz beriladi.
Aholi yashaydigan punktlar, bog‘lar, tokzor singari yirik tafsilotlar kartaning masshtabiga
qarab masshtabli yoki masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlash mumkin.
3. Konturli va masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarni qo‘shimcha ravishda
xarakterlash va ularning turini ko‘rsatish uchun
tushuntiruvchi
shartli belgilar ishlatiladi.
O‘rmon konturlari ichida beriladigan - o‘rmonning turini ko‘rsatuvchi shartli belgi, daryo
oqimini ko‘rsatuvchi, strelka - tushuntiruvchi shartli belgiga misol bo‘la oladi. Topografik kartada
beriladigan barcha raqamlar, harflar, qisqartirilgan va to‘la berilgan yozuvlar ham tushuntiruvchi
shartli belgilar bo‘lib hisoblanadi.
Tafsilotlar katta kichikligiga qarab topografik kartalarda har xil kattalikdagi xarf (shrift)
ishlatiladi. Masalan: axoli yashaydigan punktlarning nomi axolisining soni va ma’muriy
axamiyatiga qarab turli kattalikdagi xarflar bilan yoziladi. Topografik kartalarda tasvirlangan
tafsilotlarni bir-biridan farq qilish va tez tushinilishi uchun o‘zining tabiiy rangiga mos keladigan
rangga bo‘yaladi. Masalan, o‘rmon, bog‘, tokzor - yashil rangga, ko‘l, daryo, kanal, xovuz, buloq -
havo rangga, rel’ef va uning elementlari, jar, qum... - jigar rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |