4. Tsin, Xan davlatlari (eramizdan avvalgi III asr-eramizning III asri)
Er. avv. 246-yil Sin taxtiga o’n yoshli Chjen chiqdi. Er. avv. 238 yil yosh podsho Chjen
o’ziga qarshi fitnani fosh qiladi. Eramizdan avvalgi 230 yil asosiy raqib Xan podsholigini, er.
avv. 228-221 yillarida esa, boshqa beshta podsholiklarni bosib oladi. Eramizdan avvalgi 221
mamlakatni birlashtirish tugallanadi. 28 yoshli In Chjen «Sin sulolasining birinchi imperatori» Sin
Shixuandi unvonini qabul qiladi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga ko’ra ershi («Ikkinchi»),
san'shi («uchinchi») va toki o’n ming avlodgacha ular nihoyasiga merosxo’r bo’ladilar deb
tantanali e'lon qiladi. Ammo bu davlat bor yo’g`i 14 yil yashadi.
Mamlakat hududi 36 yirik ma'muriy okrugga bo’lingan, har bir okrug uyezdlarga,
uyezdlar volostlarga, volostlar esa bir necha jamoadan iborat edi. Okrug boshlig`i va okrug
qo’shin boshligi imperator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig`i esa uyezd boshlig`i va
ularning muovinlarini tayinlagan. Imperatorning ikki maslahatchisi bo’lib ular markaziy davlat
apparatini boshqarganlar.
Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, imperator oilasi bo’limi va inspektsiya
nazorat bo’limlaridan tashkil topgan. Qat`iy markazlashgan davlat boshqaruvi aparatida eng quyi
bo`g`inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat aholi hayotini barcha jabhalarini qat`iy bir qolipga
soldi: aholidan barcha qurollar tortib olinib, qo`ng`iroqlar qo`yildi. mamlakat bo`yicha yozuv, pul,
tanga, o`lchov birliklari unifikatsiya qilindi, beqiyos, shavqatsiz ruhda bo`lgan yagona qonunchilik
79
tizimi joriy qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan, o`lim jazosi barcha ayblar uchun
qo`llanilgan. Ommaviy ravishda Katorga ishlariga surgun qilingan. Odamlar Sin davridan oldingi
davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan oldingi yozuvdagi asarlarni yo`q qilishga
buyruq berilgan. Qadimiyatga e`tiqod qilganlari uchun yuzlab konfutsiy ta`limoti muxlislari,
olimlar jismoniy yo`q qilingan. Butun Xitoy aholisi og`ir mehnatga duchor qilindi. Misli
ko`rilmagan qurilish: 5 ming km. uzunlikdagi buyuk devorni bunyod qilishga kirishildi. Epon
imperator saroyi va tog’ ichida o’yilgan imperator sog`onasi qurilib, sog`onaga balandligi o`rtacha
odam o`lchovida bo`lgan 6 ming jangchi haykallari joylashtirildi va Xitoyni butun hududi aholisi bu
qurilishlarga zo`rlik bilan haydab kelindi. Imperator qo`shinni shimolga xunlarga qarshi va Yanszi
daryosi va Janubiy Xitoy dengizi oralig`i havzasidagi mamlakatlarni ishg`ol qilishga yuborildi.
Er. avv. 207 yilda xalq qo’zg`oloni Sin sulolasini agdarib tashladi. Qo’zgolon
boshliqlaridan biri mayda amaldor Lyu Ban eramizdan avvalgi 202 yil «Xan vani» unvonini
qabul qilib, Xan imperiyasiga asos soladi. Bu sulola Xitoyda eramizning III asrigacha hukmronlik
qiladi. Imperator Gao-szu (Lyu-Van) (er. avv. 202-195 yillar) xalqni ahvolini yengillashtiradigan
tadbirlarni amalgam oshiradi. Qarzi uchun qul qilinganlar qullikdan ozod qilinadilar, jamoalarga
vaqtinchalik imtiyozlar berilib, soliqlar Sin davridagidan 10 marta kamaytirilib, hosilni 1/15 qismini
tashkil etdi. Keyingi imperator Syao Ven-di (er. avv. 180-165 yillar) xalqni ahvolini yana
yengillashtirdi. U saroy xarajatlarini kamaytiradi, dehqonlardan olinadigan yer solig`ini
kamaytiradi. Qarindoshining jinoyati uchun jazo berishni, imperatorni haqorat qilgani uchun jazoni
bekor qiladi. Iqtisodiy taraqqiyot er. avv. II asrda Sariq dengizdan boshlanib O`rtayer dengizigacha
borgan Buyuk ipak yo`li shakllandi.
Imperator U-di (eramizdan avvalgi 104-87 yillar) boshqaruvi yillari Xan imperiyasining
eng gullab - yashanagan davri edi. U-di markazlashtirish siyosatini olib boradi. Vanlarga meros
mulkni faqat katta o’g`li emas, balki barcha o’g`illari o’rtasida taqsimlash joriy etiladi. Natijada
merosiy mulklarning hajmi keskin qisqarib ular amalda hokimiyatdan maxrum bo’ladilar.
Markaziy davlat apparati mustahkamlanadi. Okrug amaldorlari faoliyatini nazorat qiladigan
nazorat inspektori qayta tiklanadi. Okrug boshliqlari tomonidan amaldorlik vazifasiga qobiliyatli
kishilarni muntazam tavsiya etish tizimi joriy qilinadi. Imperatorning birinchi maslahatchisining
vakolat doirasi cheklanadi. Imperator kanselyariyasi tashkil etilib, U-di joylarni boshqarish
tizimlarini faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Konfusiylik davlatning yagona mafkurasi sifatida qabul qilingan. U-di faol istilochilik
siyosatini olib boradi. U shimolda ko`chmanchi xunnlar hududini bosib olishga harakat qiladi.
Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan va O’rta Osiyo bilan birinchi aloqalarni
o`rnatadi. U-di eramizdan avvalgi 139 yilda o’z elchisi Szyan Syanni O’rta Osiyo («G`arbiy
o’lka»)ga yuborgan, elchi o’n yildan keyin Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg`ona, Baqtriya va
Parfiya to’g`risida bilimga ega bo’ladilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o’rnatadilar. Ana shu
vaqtda Xitoy O’rta Osiyodan uzum, poliz ekinlari, musiqa asboblari, idish-tovoqlarni o’zlashtirib
oladi. Keyinchalik Xitoy O’rta Osiyodan budda dinini qabul qiladi.
Xitoy Hindistonga boradigan yo’lda Yuanyan va Sichuanni bosib oladi. Eramizdan
avvalgi 109 yilda Koreya yarim orolidagi Choson davlatini bosib olgan.
Imperator U–dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida «oltin davr» deb
hisoblandi. Xan davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan
qullar mavjud edi. Manbalar bu davrdagi yirik quldor xo’jaliklari, qul bozorlari to’g`risida
ma'lumot beradi. Er. avv. II-I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yana og`irlashadi, yer va boshqa
boyliklar oldi-sotdisi keng tus oladi. Qarzi uchun o`zi va oila a`zolarini qul qilish yana rivojlanadi.
Yer katta yer egalari qo`lida to`plana boshlaydi, qaram dehqonlar ko`payadi. Yer ijara haqi juda
yuqorilab ketadi. Yollanma mehnat keng tarqaladi.
Eramizning I yillarida yirik amaldor Van Man imperator hokimiyatiga ega bo’lib yer
egaligi va quldorlik munosabatlarida islohot o’tkazadi. Bu vaqtda dehqonlarning yersizlanishi
kuchayib, katta-katta yer maydonlari alohida qullarda to’planib qolgan edi. Van Man barcha
yerlarni imperator mulki deb e'lon qilib, yerni sotishni ta'qiqlaydi. Qul savdosi ham ta'qiqlanadi,
ammo bu islohotlar amalga oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy hayoti toboro tushkunlikka
80
yuz tuta boradi. Xalq harakatlaridan so’ng, Xitoy III asr boshlarida uch mustaqil davlat Vey, Shu
va U ga bo’linib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |