72
Mahalliy tarixnavis bu yerda dehqonchilik, hunar va davlatchilikni paydo bo’lishini er.
avv. V asrda Shimoliy Hindistondan kelganlar faoliyati bilan bog`ladi. Shaxzoda Singala
(«Yulbars») ularning boshida turgan. Uning nomi bilan mamlakatdagi hukmron etnik guruh aholi
aytila boshladi. Arxeologik qazishmalar ham er. avv. I ming yillik o’rtalarida Shri –Lankada
birdaniga temir asri madaniyati paydo bo’lganidan guvohlik beradi.
Seylon xronikalari
Ashokining ukasi maxsus missiya bilan mahalliy hokimni Budda ta'limotini afzalligiga
ishontirgani va tez orada bu yerda birinchi budda monastirlari paydo bo’lgani to’g`risida hikoya
qiladi. Shri-Lanka Ashoki davridan to shu kungacha Budda dini hukmron bo’lgan mamlakatdir.
Er. avv. IV-III asrlarda sekin-asta umumhind davlati tashkil topa boshlaydi. Bu butun
janubiy Osiyoning barcha hududlarining sivilizasiyalashuvida muhim rol o`ynagan. Er. avv. II asr
boshlarida bu siyosiy birlashma parchalanib ketadi, lekin u to’g`risida xotira qoldi. Madaniy
birlik davlat paydo bo’ladi. Ashoki kapitelidagi to’rt sher hozirgi kunda Hindiston
Respublikasining milliy ramzi hisoblanadi.
Er. avv. II asr boshlarida Maurilarning so’nggi vakili hukmronligi tugab,
shu vaqtdan
mamlakatda uzoq siyosiy tushkunlik boshlandi.
Shimoliy-g`arbiy Hindistonda yunon-baqtriyaliklar paydo bo’ldi va ular Gandxarada
o`rnashib qoldilar. Er. avv. I asrlarda sak qabilalari kirib kelib, shimoliy-g`arbda bir necha
davlatlarni barpo qiladilar. Sak podsholari o’zlarini «buyuk podsholar podshosi» deb ataydilar.
Yirik davlat birlashmalarida noiblik, satrapliklar joriy qilinib, hududlarda satrap (kshatrap)
ancha mustaqil bo’lgan.
Eramizning boshlarida shimoliy–g`arbiy Eronning ba'zi viloyatlari parfiyaliklarga
bo`ysundi. Eramizning I asrida Markaziy Osiyoda Kushon davlati yetakchi rol o`ynaydi.
Kushonlar Hindistonning shimoli-g`arbiy qismida o`rnashib oladilar.
Eramizning IV-V asrlarida Magatxa Gupta sulolasi hukmronligi ostida yana rivojlana
boshladi. IV asr o’rtalarida Samudragupta (335-380-yillar) davrida
Magadxa qudratli davlatga
aylanadi. Samudragupta shimoliy Hindistonda unga yaqin davlatchalarni, Dekanda o’n besh
davlatchani tugatadi. Magatxaga janubda Tamish shahri Kanchini, shimolda Nepal va Assam kabi
chegara viloyatlar ham qaram bo’ladilar. Dekan viloyati g`olibona yurishga qaramasdan Gupta
davlati tarkibiga kirmaydi. Chandragupta II (380-445 yillar davrida) Gupta davlati gullab-
yashnadi. Uning davri hind tarixining “oltin davri” hisoblanadi. Uning vorislari davrida o’zaro
urushlar kuchayib ketadi. O’rta Osiyodan kelgan eftalitlar V asrda Gupta davlatini qulatdi. V asrda
shimoliy Hindiston kichik davlatchalarga bo’linib ketadi.
Dekan mamlakatlari tarixida Satavaxan sulolasi alohida o’rin tutadi. Eramizning
ikkinchi asrida Satavaxanlar davlati o’z taraqqiyotining yuqori cho`qqisiga chiqadi.
Uning asosiy
markazlari g`arbiy Dekanda edi. III asrda bu davlat parchalanib ketadi. Janubiy eng chekka
viloyatlar siyosiy tarixiga oid ma'lumotlar yo’q darajada.
Eramizdan avvalgi I ming yillik oxiri eramizning I asrlari Hind iqtisodiyotining
gullab-yashnagan davri hisoblanadi. Hindlar yuqori nav po`lat ishlashni o`zlashtiradilar. Metall
san'atining noyob namunasi sifatida Sandra temir ustuni (o’tgan bir yarim ming yil davomida bu
temir ustunda biror zang paydo bo’lmagan, bu yodgorlik hozirgacha yetib kelgan). Qal'alardan
keyin g`or ibodatxonalari keng tarqaladi.
Turli xil tilda zarb qilingan tangalar paydo bo’ladi. Serqatnov savdo yo`llari Taksila,
Madxur, Udjain, Varnasi kabi yirik shaharlarni qamrab oladi. Varnasi va Madxura ip-gazlama,
shimoli-garbiy rayonlar vino, ot, jun, buyumlari bilan,
Udjain-qimmatbaho toshlar, fil suyagi
bilan, janubiy Hindiston esa ziravorlari bilan mashhur bo’lgan. Kushon davlati paydo bo’lishi
Hindistonni Markaziy Osiyo bilan aloqalarini kuchayishiga va uni Buyuk ipak yo’li savdosida
faol qatnashuvi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
Eramizdan avvalgi II-I asrlarda g`arbiy va janubiy Hindistonda Misr savdogarlari paydo
bo’ladi. Hind okeani orqali Rim bilan janubi-sharqiy Osiyo, Indoneziya orollari bilan savdo
aloqalari kuchayadi.
Hindistonning ijtimoiy tuzumi to’g`risida umumiy tushuncha hosil qilish mumkin.
Qadimgi Hind qishlog`ida jamoa yetakchi o’rin tutgan. Ekin yerlari oilalar o’rtasida
73
taqsimlangan. Jamoa ixtiyerida yaylov, bush yerlar va o’rmonlar qolgan. Jamoa a'zolari yo’l,
kanallarni ta'mirlash va ko’rishda ishtirok etganlar. To’la huquqli jamoa a'zolari jamoa yig`inida
ishtirok etganlar.
Qishloq ichida mulkiy tengsizlik juda kuchli bo’lgan. Yer egalari boy jamoa a'zolarini
tashkil qilganlar va yerlarini ijaraga berganlar. Yollanib ishlovchilar, qarzdorlar ko’p bo’lgan.
Jamoada
kir yuvuvchilar, qorovul, duradgor va kulollar ko’pchilikni tashkil qilgan. Har bir
toifadagi kishilarning mavqei o’zgarmas bo’lgan. Har bir hududda bir xil mavqeda bo’lgan oilalar
epik birdamlik kastani tashkil qilganlar. Har bir kasta endogam bo’lgan, chunki uning a'zolari
bir-biri bilan qarindosh bo’lgan. Kasta a'zolarini iqtisodiy va diniy marosimlar, urf-odatlar bog`lab
turgan.
Boylar va yer egalari o’zlarini braxma-kshatriylarga mansub deb, shahar savdogar
sudxo’rlari o’zlarini vayshilar deb hisoblaganlar. Mehnatkashlarning asosiy ommasi hunarmand-
dehqonlar va shudra kastasi eng og`ir ishlarni bajarganlar. Qulchilik mavjud bo’lib, qulchilik
manbai urush, qarzi uchun qul qilish bo’lib, qashshoqlik natijasida o’zini, o’z bolalarini sotish ham
mumkin bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: