61
hududida tarqaladi. Er. avv. III ming yillik boshlarida janubiy-g`arbiy Eronda Elamtu (Bobil va
osur tilida «mamlakat») yoki Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam Mesopotamiya hamda
shimoliy va sharqiy Eron bilan bog`langan Korun va Kerxa daryolari vodiylarida joylashgan. Suza
shahri poytaxtga aylandi. Elam davlati er.avv. XXIV-XXII asrlarda Akkad podsholigiga bevosita
qaram bo’ladi.
Er.avv. XXII asr boshlarida Elam mustaqil davlatga aylanadi. Podsho sukkalmax
(«buyuk elchi») unvoni bilan Suzadan turib davlatni boshqargan. Davlatni boshqarishda yordam
bergan podshoning kenja ukasi sukkalom («elchi») deb atalib, Simash (elam tilida Nishanki)
shahrini qarorgoh qilib, Elam va Simashni boshqargan. Kichik viloyatlarni «otalar» («adda»)
boshqarganlar. Hukmdor dunyodan o`tgach, uning o’rniga podshoning ona urug`idan jiyani yeki
singlisini o’g`li taxtga o’tirgan. Elam podsholari oilasida bo’lgusi hukmdorlar o’z singillari bilan
turmush qurganlar (levirat). Podsho vafot qilgach uning ukasi akasini beva ayoliga uylanib,
podsho bo’lish huquqiga ega bo’lgan.
Er. avv. XIV asrdan - er. avv. XII asrlarigacha Elam Bobilga qaram bo’ladi. Elam er.
avv. 1155 yildan-er. avv. 1115 yillarda o’z mustaqilligini qayta tiklaydi. Elam er. avv. VII
asrdan boshlab, Bobil bilan ittifoqda Osuriyaga qarshi faol ko’rashadi. Er. avv. 549-yilda forslar
Elamni bosib oladilar.
Midiya shimoliy–g`arbiy Eronda joylashgan edi. Mamlakatning g`arbiy qismi
Zagros tog`i hududi bo’lib, keyinchalik Midiya Atropatenasi deb atalgan. Atropatenadan sharqda
Midiyani tekislik qismi joylashgan. Er. avv. III–II ming yilliklarda bu hududlarda kassit, kutiy,
xurrit tillarida so’zlashadigan o’troq va ko`chmanchi chorvadorlar yashaganlar.
Er. avv. VII asrda g`arbiy Eronda ilk siyosiy birlashmalar paydo bo’ladi. Shunday
birlashmalardan biri Manna podsholigi edi. Er. avv. 672-yilda midiya qabilalari yo`lboshchi
Kashtariti boshchiligida Osuriyaga qarshi qo’zg`olon ko`taradilar. Er. avv. 671-yilda midiyaliklar
o’z hududlarining g`arbiy qismidan osuriyaliklarni haydab chiqarib, mustaqil davlat tuzganlar.
Kashtariti sekin-asta Midiya qabilalarini birlashtiradi. Er. avv. VII asr o’rtalarida Midiya qadimgi
sharqda kuchli davlatga aylanadi. Er. avv. 625-yil Kashtaritining o’g`li Kiaksar skiflarning
bosqinini bartaraf qilib, barcha midiya qabilalarini birlashuvini to’liq tugallaydi va poytaxti
Ekbatana bo’lgan yagona davlat tuzadi. U qurol turlari bo’yicha (nayzabardorlar, kamonchilar,
otliqlar) bo’lingan muntazam qo’shin tuzadi. Shundan so’ng, Midiya raqibi Osuriyaga qarshi
dastlab o’zi, keyin Bobil bilan ittifoq bo’lib kurash boshlaydi. Er. avv. 612-yil avgustida Midiya
va Bobil qo’shinlari Osuriyaning poytaxti Nineviyani yer bilan yakson qiladilar. Er. avv. 609-yilda
ular Xarran shahrida osur qo’shinlari qoldiqlarini tor-mor qilganlar. Midiya shimoliy
Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda fors, Kaspiy dengizini janubi-sharqidagi Parfiya va
Girkaniyani bosib oladi. Er. avv. 593 yilda midiyaliklar Urartu, skif davlatlarini Sakasena va
Mannani o’ziga qo’shib oladi. Er. avv. 585-550-yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya
katta va qudratli davlatga aylanadi. Bu vaqtda Elam ham qo’shib olinadi. Er. avv. 550-yilda
Midiyaga qarshi forslar qo’zg`olon ko`tarib, uni bosib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: