56
sopol kuydirish uchun maxsus o`choqlar tadbiq etila boshlandi. Metalldan keng foydalana
boshlandi, g`alla, zaytun daraxti va uzum yetishtira boshlangan.
Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoni rivojlanishi er.avv. III ming yillikda shahar
tipidagi manzilgohlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ana
shunday shaharlardan biri
Finikiyada Bibldir. Bibl tosh devor bilan o’rab olingan. Shahar tosh to`shalgan ko`cha va tosh
devorlar bilan birga ibodatxonalarga ega bo’lgan. Bibldan Misrga kedr yog`ochi, smola, zaytun
moyi olib ketilgan. Misrda smoladan mumiyolashda foydalanilar edi. Misrdan Biblga badiiy
buyumlar, munchoqlar, alebastr va diorit ko`zalar, qimmatbaho qutichalar, tilla
va kumushdan
ziynatlangan qurollar olib kelingan. Qirg`oq shaharlarida mulkiy tabaqalanish natijasida ijtimoiy
qatlamlarni paydo bo’lishi kuchayib borgan. Taxminlarga ko’ra, shu davrda shahar-davlatlarining
ilk uyushmasi paydo bo’ladi. Sekin-asta qirg`oqda Bibldan boshqa yana Finikiya shaharlari
Ugarit, Sidon va Tir paydo bo’lgan. Mamlakat ichkarisida shimoliy Suriyada Alalax shahri (er.
avv. IV ming yilliklar oxiri III ming yilliklar I yarmida) shakllanadi. Er.avv. III ming yilliklarda
Suriyadagi Ebla shahrida (hududi- 56 ga) taxminan 20-30 ming aholi yashagan. Eblada asosan,
hunarmandchilik va savdo rivojlanadi. Er. avv. XIV-XIII asrda bu shaharda saroy ansambllari
shakllangan. Bu yerda arxivlar,
xom ashyo zaxiralari, qimmatli chet el mollari saqlangan. Eblada
Misr fir'avnlari nomlari yozilgan alebastr xumlari, 32 kg lazurit topilgan. Ebla Akkad hokimlari
tazyiqiga uchraydi. Er. avv. 2225 yilda Eblani Akkad podshosi Naramsuen bosib oladi. Ijtimoiy
jihatdan Ebla shahar-davlat bo’lgan. Davlat tepasida podsho turgan va u taxminan diniy
vazifalarni bajargan. Uning oldida maslahatchilar bo’lgan.
Madaniy jihatdan Ebla Shumer sivilizatsiyasi yutuqlarini o’zlashtirgan. Shumer-Ebla
lug`ati tuziladi. Ebla saroy devorlarini bezalishida Mesopotamiya me'morchiligi bilan aloqa yaqqol
ko’rinadi. Er. avv. III ming yillikda
Falastinda Megiddo, Quddus va Laxesh shaharlari shakllanadi.
Barcha shaharlar mustahkam devorlar bilan o’rab olingan. Iordan daryosi vodiysida Xasor shahri
yirik markazga aylanadi. Er. avv. III ming yillikda Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`ogi aholisi o’z
tarkibiga ko’ra xilma-xil edi. Shimolda xurrit qabilalari yashagan. Er. avv. II ming yilliklarda bu
yerda xettlar kirib keladi. Ammo er. avv. IV ming yilliklarda asosiy aholi semit shoxobchasi
tillarida so’zlashadi. Tadqiqotchilar sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og’ida III –II ming yilliklarda
mavjud bo’lgan eblaid, qadimgi xanaan, ugarit va amoriy tillarini ko’rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: