Xalqaro menejment


 Xorijga ishga yuboriladigan xodimlarning ba’zi shaxsiy tavsiflari



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/67
Sana29.03.2022
Hajmi1,36 Mb.
#515325
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Bog'liq
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

9.3. Xorijga ishga yuboriladigan xodimlarning ba’zi shaxsiy tavsiflari 
 
Texnik bidimdonlik.
Mahalliy kadrlar xorijliklarga ko’pincha salbiy 
munosabatda bo’ladi. Ularning fikricha xorijliklar ularga qaraganda past malakali 
hamda baland ish xaqi oladilar. Boshqaruvchilar, ekspatriant-menejerlar va mahalliy 
menejerlarning fikricha xorijiy filialga xizmat safariga yuborilganda yaxshi mehnat 
qilish qobiliyati asosiy muvaffaqiyat omili hisoblanadi. Ammo xorijda muvaffaqiyatli 
ishlash uchun boshqa qobiliyatlar ham muhim. Ekspatriant eng avvalo bosh firma 
tomonidan beriladigan texnik talablarni yaxshi bilishi lozim. Bundan tashqari u 
xorijiy xususiyatlarga, masalan, eskirgan uskuna va inshootlar, mehnat 
unumdorligining 
boshqa 
me’yorlari, 
firma 
ichida 
resurslarni 
samarali 
taqsimlanmasligi, kreditlar olishdagi qiyinchilik va ommaviy aloqa vositalaridan 
foydalanishning cheklanganligi kabilarga moslasha olishi zarur. Ekspatriant filialda 
qabul qilinadigan qarorlarni korporatsiyaning global me’yorlariga mos kelishi uchun 
korporatsiyaning global siyosatini yaxshi bilishi lozim. Shu sabablar tufayli 
boshqaruvchilar filialni boshqarishga yuborilishdan oldin bosh firmada bir necha 
yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak. 
Moslashuvchanlik.
Firmalar uchun ekspatriantlar tanlab olishda faqat texnik 
bilimdonlik mezoniga e’tibor bermasdan, yangi madaniyatga moslashuvchanlik 
qobiliyatining uch tomonini ham hisobga olish zarur: 
1. O’zini saqlash qobiliyati, masalan, asabiy vaziyatni yengillashtirish 
qobiliyati, o’ziga ishonch bo’lishi zarur:. 
2. Mahalliy kadrlar bilan qoniqarli munosabatlarni tashkil qilish qobiliyati; 
3. Ekspatriantlarning barcha narsani to’g’ri qabul qilishiga yordam beruvchi 
bilim olish qobiliyati.
Agar menejerda ushbu qobiliyatlardan biri bo’lmasa, u vazifasini yaxshi bajara 
olmasligi mumkin.
Xorijga yuborilgan oilalar atrof-muhitga moslasha olmaganligi tufayli uyga 
qaytishga majburligi yoki yomon turmush kechirayotganligi haqida turli fikrlar 
mavjud. Firmaning baynalmilallashuvi xizmat safari bo’yicha bevosita sarflar va 
natijalarga erishish maqsadidagi xarajatlarning yuqori bo’lishini nazarda tutadi. 
Xorijiy xizmat safarlari xodim yoki uning oilasining moslasha olmasligi sababli 
oilaviy hayot tarzini buzadi. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda menejerlarga 
katta ehtiyoj mavjudligi sharoitida oilaning yangi shart-sharoitlarga moslasha 
olmasligi ko’p uchraydi. Xizmat safari tufayli oila o’z turmush tarzini, odatlarini 
o’zgartirishi, yangi ijtimoiy tizimga, ish yuritishning notanish usullariga ko’nikishi 
lozim. Bundan tashqari insonni qo’llab-quvvatlaydigan yaqin do’st va qarindoshlari 
vatanida qoladi. Lekin boshqa davlatdagi hayotga oson moslashuvchi insonlar ham 
bor. Shu sababli xizmat safariga yuborish zaruriyati tug’ilganda xuddi shunday 
insonlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Ba’zi firmalarda xorijda ishlash tajribasiga 
ega maxsus guruhlar mavjud va faqat ularni xorijga yuboradilar. 
Aniq muddatli va muddati ko’rsatilmagan xizmat safari insonlarga turlicha 
ta’sir ko’rsatadi. Xodimlar xizmat safarining tugash muddatini bilsa, ular ishni tezroq 
uddalay oladilar. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish