129
7 .2 . O n g p a to lo g iy a s i
Somnolensiya (uyqu bosishi) - sog'lom odam larda ham kuzatiladi.
M asalan, kechasi bilan kasalxonada navbatda turib, ertasi kuni ham
ishlaganda, vaqtida uxlab dam olmagan holatlarda, uzoq yo'lga mashina
haydab chiqqanda va hokazo. Somnolensiya bedorlik va uyqu orasidagi
chegaradosh holatdir. Turli xil kasalliklarda somnolent holat ancha vaqt
davom etishi (soatlab yoki bir necha kun) mumkin. Bemor uyquchan
b o'lib qoladi. Uning m udroq ongida haqiqiy idrok etish va tushsimon
kechinm alari chalkashib ketadi. U n d a goho u yoki bu kechinm alar
ustunlik qiladi. Bemor d iq q atin i b iro r narsaga qisqa vaqt jalb etsa,
atro fid ag i n arsalarg a d iq q atin i to 'p la b q arasa, n im an id ir anglashi
mumkin, lekin bu narsalar xotirasida turmaydi. Bunday holat, ayniqsa,
giyohvandlarda, spirtli ichimliklar va uyqu dorisini k o 'p iste’mol qilganda
kuzatiladi.
Obnubilyatsiya («nubes» - bulut degani) ham somnolent ongga o'xshab
ketadi. Bu ongning yengil buzilishidir. Bulut osmonni xira qilgani kabi
b a ’zi kasalliklarda ong xiralashuvi ham kuzatiladi. Ong bir necha daqiqa
xiralashadi, xolos. Bunda tevarak-atrofni anglash, atrofdagi odamlarni
tanish va xotiraning buzilishi kuzatilmaydi.
O ngning birdan yuz beradigan qisqa m uddatli buzilishiga, y a ’ni
hushdan ketishga sinkope deb ataladi. Bu holat qattiq q rqqanda, o 'ta
hayajonli xabarlarni eshitganda, arterial qon bosim b irdan pasayib
ketganda kuzatiladi. Sinkopening sabablari turli-tum an bo'lib, bunda
hushdan ketish qisqa m uddat davom etadi.
Sopor - ongning ancha chuqurroq buzilishi. Sopom ing uch xil darajasi
farq qilinadi:
1) yengil sopor - bunda bemor yengil uyqu holatida bo'ladi, savollarga
javob berishi susayadi, uyqu kelayotganligidan noliydi, sekin va cho'zib
gapiradi;
2) o‘rta darajadagi sopor - bunda uyquchanlik biroz kuchayadi, ko'z
qorachig'iningyorug'likka ta ’siri pasayadi, o'z holicha gapirmaydi, oddiy
savollarga kechikib bo'lsa ham jav o b berishga intiladi, bemor ko'zini
yumib yotaveradi;
3) chuqur sopor - savollarga javob bermaydi yoki ancha kechikib bir
xil tarzda javob beradi, ko'z qorachig'ining yorug'likka t a ’siri yanada
susayadi, ahvoli qattiq uxlab yotgan odamni eslatadi.
Koma - ongning batam om buzilishi bo'lib, bemor tashqi dunyodan
butunlay uzilib qoladi. Bunday paytlarda bemor hech qanday tashqi ta ’sir
(o g'riq, harorat) ga javob bermaydi. K o 'z qorachig'ining yorug'likka
ja v o b reaksiyasi y o 'q o lg an b o 'la d i, k o n y u n k tiv al v; korneal, pay
130
reflekslari chaqirilmaydi. M ushaklar tonusi yo ‘qoladi. Kom a bir necha
kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |