Psixologiy asi


Onkologik kasalliklarda ruhiy-hissiy buzilishlarning



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/208
Sana28.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#513679
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

18.2. Onkologik kasalliklarda ruhiy-hissiy buzilishlarning
sabablari
M a’lumki, xavfli o'sma aniqlangan bemor iloji boricha unda bu 
kasallik borligidan bexabar bo'lishi lozim. Bunday vaziyatlarda vrach 
qanday yo'l tutishi kerak? Odatda, «Sizda haqiqatan ham o'sm a 
aniqlandi, biroq u xavfsiz, ya’ni hayotingizga xavf solmaydi, uni davolash 
mumkin», deyiladi. Biroq bemorda o'smaning xavfli turi borligini vrach 
uning qarindoshlariga aytishi lozim. Gap shundaki, bemor ertami-kechmi, 
o'z kasali haqida qarindoshlaridan yoki shifokorlarning xatti-harakati 
va muloqotlaridan bilib oladi. Bu yerda, ayniqsa, hamshiralar juda ehtiyot 
bo'lishlari lozim. Chunki bem orlar b a ’zan aldov y o 'llari bilan 
hamshiralardan haqiqatni bilib olishga intilishadi va buning uddasidan 
chiqishadi ham. Buning yuridik javobgarligi borligini har bir tibbiyot 
xodimi unutmasligi kerak. Yuridik javobgarlik turli ko'rinishda bo'lishi 
mumkin: ishdan haydalishidan tortib, ozodlikdan mahrum bo'lishgacha. 
Chunki o'zida xavfli kasallik borligini bilgan bemor joniga qasd qilishi 
mumkin. Ba’zan bemor yaqinlariga xat yozib qoldiradi va u yerda sirni 
kimdan bilib olganini ko'rsatishi ham mumkin. Ba’zi hollarda bemor 
o'z kasalligini boshqa bemorlardan bilib oladi. Shuning uchun ham 
shifokorlar boshqa bir bemorning kasalini ikkinchi bir bemorga aytmasligi 
kerak. Sirni bilgan bemor davolanishga qattiq qarshilik ko'rsatishi, 
davolanishdan voz kechib shifoxonani tark etishi yoki davolash 
jarayonlarida katta qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.
Odatda, sirdan voqif bo'lgan bemorda dastlab ruhiy karaxtlik ro'y 
beradi, bu xabarni u o'lim haqida chiqarilgan hukmdek qabul qiladi. 
Nima qilishini bilmay qoladi, xayolan har xil rejalar tuzadi, aniq bir 
qarorga kela olmaydi, doktorlar xato qilmadimikan, deb o'ylaydi, qayta 
tekshirishlarini iltimos qiladi. Boshqa mutaxassislar yoki boshqa tibbiy 
markazlar bilan maslahatlashib ko'rishni yaqinlaridan talab qiladi.
Biz gurkirab rivojlanib kelayotgan axborot texnologiyalari asrida 
yashamoqdamiz, internetdan foydalanuvchilar soni ham kundan-kunga
332


oshib bormoqda. Deyarli barcha ta ’lim muassasalari, shifoxonalar, 
korxonalar bilan bir qatorda, har bir xonadonga internet kirib kelmoqda. 
U yerdan juda ko‘p ma’lumotlami bemalol olish mumkin. Bemor ham 
bundan foydalanishi va o'ziga kerakli ma’lumotni topib olishi mumkin. 
Bu yerda talabalar ham ehtiyot bo'lishi lozim, bemor ulardan ham o'ziga 
kerakli m a’lumotlarni bilib olishi qiyin emas. Talabalar bemorlarni 
ko'rgani kirganda, p alatalard a darslik va o'quv qo'llanm larini 
qoldirmasliklari, ulami so'ragan bemorga bermasliklari kerak.
Qo'llanilayotgan diagnostika va davolash usullaridan ham bemor o'z 
kasalligi turini bilib olishi mumkin. Masalan, ko'pchilik nur bilan 
davolash usuli xavfli o'smalarda ko'p qo'llanilishi yoki og'riq qoidirish 
uchun narkotik analgetiklar buyurilishi va ozib ketish rak uchun xos 
ekanini biladi.
Demak, onkologiyada sir saqlash o 'ta murakkab masaladir, biroq 
buning uddasidan chiqishga intilish lozim va bemor sirni bilib qolgandan 
so'ng vrach qanday yo'l tutishni ham o'ylab qo'yishi kerak. Odatda, 
sirdan voqif bo'lgan bemorlarda reaktiv nevroz yoki reaktiv psixoz 
rivojlanadi. Bu yerda, albatta, psixologning yordami kerak bo'ladi va 
undan unumli foydalanish kerax. Umuman olganda, onkologiya, 
neyroxirurgiya, ftiziatriya, kardiolog; ya, xirurgiya va travmatologiya ilmiy 
markazlari va harbiy gospitallarda psixologlar uchun ish joylari ajratilgan 
bo'lishi kerak. Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda shunday. Chunki 
bu markazlarda kasallik turlari va bemorlar soni ko'p.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish