Tayanch iboralar:
Mexmenxona, mexmonxona industriyasi, qadimgi davr, urta
davr, yangi davr, xozirga davr, mexmenxonalar xalkaro uyushmasi, kichik mustakil
mexmonxonalar, “Mexmonxona” (“Otel”) dasturi; joylashtirish xizmati,
ovkatlantirish xizmati, kushimcha xizmatlar, mexmonxona industriyasining
asoschilari, mexmonxona texnologiyasi; mexmonxona mahsuli, dunyoning
g‘aroyib mehmonxonalari.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1.
Mexmonxona industriyasining tarixiy ahamiyati
2.
Xalqaro mexmonxona va restoran tarmoqlarining tashkil topishi, rivojlanish
bosqichlari.
3.
Turizm soxasida kichik korxonalar tarmog‘ining ahamiyati.
17
4.
Yevropa iqtisodiyoti hamjamiyati mexmonxonalar va restoran milliy
uyushmalari konferensiyasi (XORTEK) ning turizmda tutgan o‘rni.
5.
Mexmonxona industriyasi kompyuter texnologiyalari ahamiyati.
6.
Mexmonxonalar texnologiyasi.
7.
Xalqaro mexmonxonalarning rivojlanish darajasi.
8.
Dunyoning g‘aroyib mehmonxonalari haqida gapirib bering.
18
Mavzu 2. Zamonaviy mehmonxonalarning turlari
Reja:
1.
Joylashtirish vositalari va tizimi
2.
Mehmonxonalarni tavsiflovchi belgilar
3.
Mehmonxonalarning funksional vazifasi
1.
Joylashtirish vositalari va tizimi
Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga
(mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx-
navoga qarab ko‘p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili ommaviy
axborot vositalari ko‘p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi faoliyatning yangi
shakllari haqida ma’lumot beradi.
Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi mavjud
bo‘lgan:
-
jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar;
-
aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar.
Vaqtini yo‘lda o‘tkazishga majbur bhlgan odamlarda tanlash imkoniyati
bo‘lmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan foydalanuvchilarga
joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy
klassga mansub bo‘lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, kempinglar
va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam o‘z didi va puliga qarab hzi uchun ma’qul
variantni tanlash imkoniyatiga ega.
O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo‘shqin rivojlanmoqda.
Bu mehmonxona servisida band bhlgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar
yaratmoqda. O‘zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin
tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona
korxonalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va
qulayligi darajasini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib
bormoqdalar.
Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek vaqti-vaqti
bilan mehmonxona xizmati yangi-yangi turlarining paydo bo‘lishi joylashtirish
korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo‘yadi. 24-jadvalda
dunyoning aksariyat davlatlariga xos bo‘lgan 7 har xil toifa bo‘yicha mehmonxona
korxonalari 9 turining solishtirma tavsifi berilgan.
Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig‘imiga, qavatlariga, konstruksiyasining
tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan
yeriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima maqsadga mo‘ljallanganligiga, oziq-ovqat
bilan ta’minlanganligiga, narx-navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida
bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga,
binoning
memorlik-tarx
tuzilishiga va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig‘imi, necha qavatdan
iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |