Yevropa tasniflash tizimi
yoki
«yulduzlar» tizimi
. Fransiya milliy tasniflash
tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha
bhlgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya,
Misr, Rossiyada va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;
harflar tizimi
(A, V, S, D). Gresiyada qo‘llanadi;
«tojlar» tizimi.
Buyuk Britaniyada amal qiladi;
hind tizimi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning
hind tizimi
ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli»,
«ikki yulduzli», «uch yulduzli», «thrt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni
nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‘yicha baholash asosida
belgilaydi. Ma’lum toifa mehmonxonalariga tizim tomonidan qhyilgan talablar
ballarda baholanadi. Bunda har bir band bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal baho
35
belgilanadi. Komissiya hz ixtiyoriga khra tasniflash talablarida nazarda tutilmagan
har qanday qo‘shimcha xizmatlar uchun 15 ballgacha baho qo‘yishi mumkin.
Muayyan toifani olish uchun mehmonxona ayni toifa uchun belgilangan ballarning
minimal miqdorini to‘plashi lozim. Bunda har bir band bo‘yicha to‘plangan ballar
miqdori maksimal bahoning 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ammo oxirgi shart
alohida hollarda komissiya tomonidan bir yoki ikki band uchun majburiy emas deb
topilishi mumkin, basharti mehmonxona bungacha ballarning zarur minimal
miqdorini to‘plagan bo‘lsa. Mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi umumiy
ovqatlanish korxonasini «restoran» toifasiga kiritish uchun zarur talablarning alohida
ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Bu toifaga mansub deb topishlari uchun umumiy
ovqatlanish korxonasi ham ballarning minimal miqdorini hamda har bir band
bo‘yicha ballar maksimal miqdorining kamida 50% ni to‘plashi lozim.
Misol.
«1 yulduz» toifasi: bu toifaga mansub mehmonxona yaxshi hududda,
mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan bo‘lishi kerak (maksimal baho 15
ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar ingliz tilini ish uchun zarur hajmda
bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h.k. «2 yulduz» toifasini olish uchun 150 ball,
«3 yulduz» uchun – 210 ball, «4 yulduz» uchun – 250 ball, «5 yulduz» uchun – 290
ball to‘plash kerak. Har bir davlatda mehmonxonalarni tasniflash mezoni – shinamlik
darajasi har xil tushuniladi. Mana shu holat, shuningdek davlatlarning madaniy-
tarixiy va milliy an’analari bilan belgilangan bir qancha omillar jahonda
mehmonxonalarning yagona tasnifini joriy etishga monelik qiladi. Jahon turistik
tashkiloti (JTT), Yevropa hamjamiyati Mehmonxona va restoran sanoati qo‘mitasi,
Xalqaro mehmonxonalar uyushmasining bu yo‘nalishdagi faoliyati hozircha samara
bermayapti. JTT faqat joylashtirish vositalarining standart tasnifini taklif etgan. Bu
tasnifda mehmonxonalar va shunga hxshash korxonalar to‘rt katta guruhdan biriga
kiritiladi (6-sxema). Yevropa mehmonxonalar bozorida Yevropa hamjamiyati
Vazirlar
Kengashi
tomonidan
1986
yil
23
dekabrda
qabul
qilingan
standartlashtirilgan axborot yagona tizimi amal qiladi. Bu tizim ko‘p sonli
piktogrammalar – shartli rasmlardan iborat (2-rasm). Standartlashtirilgan axborot
tizimining maqsadi turistlar Yevropa bo‘ylab sayohat qilishlarini, joylashtirish
korxonalari bilan bog‘liq yo‘lko‘rsatgichlar, kataloglar, prospektlarni o‘qishlari va
tushunishlarini yengillashtirishdan iborat. Bu tizim juda qulay bo‘lib, bir qancha
ustunliklarga ega. U ob’ektiv, informativ, uni boshqarish oson, adashtiradigan
talqinlar qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaydigan iste’molchilarning manfaatlarini himoya
qilish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari yordamida nazorat qilinadi.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |