O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Jamg’arma mablag’larini taqsimlash



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

Jamg’arma mablag’larini taqsimlash
, qonunchilikda belgilangan 
mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi: 

96,5 foizi — kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan 
obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini 
moliyalashtirishga maqsadli yo’naltirish uchun tijorat banklariga; 

1,5 foizi — mablag’larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini 
rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga, shu 
jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o’quv kurslarini moliyalashtirishga 
yo’naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga; 

2 foizi — tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish, shu 
jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan obyektlar elektron bazasi va 
reestrini shakllantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish bo’yicha 
“yo’l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni 
qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga 


199 
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining byudjetdan 
tashqari jamg’armasiga. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida 
foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning 
tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 17 
yanvardagi PF-4933-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining 
qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan 
mablag’lar Davlat raqobat qo’mitasi hududiy organlari tomonidan tegishli 
ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va 
Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladi, hamda yuqorida qayd 
etib o’tilgan jamg’arma mablag’larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat 
qo’mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida 
qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er 
egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini 
qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga yo’naltiriladigan auktsion savdolarida 
fuqarolarga er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish 
huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag’lar bundan mustasno 
hisoblanadi. 
Bunda: 

tushgan mablag’lardan davlat aktivini sotish bilan bog’liq xarajatlar 
(baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar 
xizmatlarini to’lash xarajatlari) chegiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdi 
shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat 
raqobat qo’mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga, 
Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash 
jamg’armasiga avval yo’naltirilgan mablag’lar qaytarilmaydi; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va 
Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer, dehqon xo’jaliklari va 
tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga mablag’lar ularning 
tushishiga ko’ra har haftada yo’naltiriladi. 
Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag’larning 25 foizi 
miqdoridagi qismi Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltirilgan hollarda 
mablag’larning (Davlat raqobat qo’mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan mablag’lardan tashqari) qolgan 
qismi qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga yo’naltiriladi. 


200 
Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo’yicha tuzilgan va bekor qilingan 
shartnomalar, berilgan qarzlar bo’yicha tushgan penya va jarimalar summalari 
quyidagi tartibda taqsimlanadi: 

50 foizi — Davlat raqobat qo’mitasining byudjetdan tashqari 
jamg’armasiga o’tkaziladi; 

qolgan qismi — yuqorida aytib o’tilgan taqsimotga muvofiq taqsimlanadi.
Jamg’arma mablag’lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy summasi va 
ular bo’yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar summasi to’liq 
miqdorda Jamg’arma hisobiga o’tkaziladi. 
Davlat raqobat qo’mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xarajatlarni 
amalga oshirishda tovar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi 
holatlarda tanlov (tanlab olish)ni o’tkazmasdan tuzilishi mumkin: 

davlat aktivlari to’g’risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni 
ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va e’lonlarni 
tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish; 

davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslarning aktsiyalari 
(ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko’zlab sotib 
olishda 
birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat ko’rsatuvchi 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko’rsatish; 

Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni 
rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi 
tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik hujjatlar loyihalarini ishlab 
chiqish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish; 

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo’mitasi 
huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish respublika markazida Davlat 
raqobat qo’mitasi va uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarini, shuningdek davlat 
ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga 
oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o’qitish; 

Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» axborot 
texnologiyalari markazi» DUK tomonidan zamonaviy axborot-texnologik 
kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar bazasi va reestrlarini, lokal 
kompyuter tarmog’ini ishlab chiqish, joriy etish va ular bo’yicha xizmat 
ko’rsatish; 

Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o’tkazish 
bo’yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish bo’yicha maslahat xizmatlari 
ko’rsatish; 


201 

baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko’rsatish. Baholovchi 
tashkilotlar xizmatlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlar Davlat raqobat qo’mitasi 
tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
kelishilgan Nizomga muvofiq qoplanadi. 
Jamg’armaning joriy moliya yili yakuni bo’yicha qoldiq mablag’lari olib 
qo’yilmaydi va keyingi yilga o’tadi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish