O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining klassifikatsiyasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining klassifikatsiyasi. 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari
ni o’zlarining iqtisodiy mazmuni 
va tashkil etish zaruratiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’lish mumkin: 
1. Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar.
Bularning tarkibiga 
Pensiya jamg’armasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi, O‘zbekiston 
faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxas-sislarni xorijda tayyorlash 
va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi, 
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni 
rivojlantirish jamg’armasi
va boshqalar kiradi;
2. Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar.
Bularning tarkibi 
Respublika Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019-yil 1-yanvardan boshlab 
O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tasarrufiga 
o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli 
dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi funksiyasiga o’tkazildi), O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va 
taraqqiyot jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 


184 
huzuridagi 
Tadbirkorlik 
faoliyatini 
rivojlantirishni 
qo’llab-quvvatlash 
jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo’jaligini texnika bilan 
jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg’armasi va boshqalardan iborat. 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari huquqiy maqomiga muvofiq 
ham klassifikatsiyalanadi. Odatda, ular federativ siyosiy tuzumga asoslangan 
davlatlarda 3 taga, unitar siyosiy tuzumga asoslangan mamlakatlarda esa 2 taga 
bo’linadi. Jumladan, Federativ mamlakatlarda Davlatning byudjetdan tashqari 
jamg’armalar quyidagilardan iborat: 
1)
federal boshqaruv mulkida bo’lgan Davlat jamg’armalari; 
2)
federatsiya tarkibida bo’lgan shtat, respublika, er, kantonlar va boshqalar 
mulkidagi mintaqaviy jamg’armalar; 
3)
mahalliy (munitsipal) boshqaruv va ixtiyorida bo’lgan mahalliy 
ahamiyat kasb etuvchi jamg’armalar. 
Unitar siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda esa bu jamg’armalar: 
1)
respublika tasarrufida bo’lgan jamg’armalardan va 
2)
mahalliy hokimiyat ixtiyori va boshqaruvida bo’lgan jamg’armadan 
tashkil topadi. 
Bundan tashqari dunyoning juda ko’p davlatlarida idoralar, vazirliklar va 
yirik xo’jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida ham ko’plab jamg’armalar tashkil 
etilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini tashkil etish va ularni davr 
talabidan kelib chiqqan holda davrga moslashtirish chora-tadbirlari amalga 
oshirilib kelinmoqda. 2002-moliya yiliga qadar Bunday jamg’armalarning 
alohida moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan maqsadli yo’nalishlarda 
foy-dalanish keng qo’llanilib kelinar edi. Ammo ayrim byudjetdan tashqari 
jamg’armalarda o’z vaqtida va to’liq moliyaviy resurslarni shakllantirmaslik, aholiga 
berilayotgan va tarqatilayotgan moliyaviy resurslarda kechikish, uzilish hollari 
tez-tez uchray boshladi. Buning oldini olish maqsadida 2002-yildan boshlab 
umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan ayrim davlatning byudjetdan tashqari 
jamg’armalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida bo’lishi ma’qul 
deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki, ularning muxtoriyatliligi 
to’liq saqlanib qolindi. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir qator 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalar mavjud. Ularning asosiylari 
quyidagilar:
1)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi; 


185 
2)
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi; 
3)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
huzuridagi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi; 
4)
O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi; 
5)
O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” 
jamg’armasi; 
6)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika 
Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi ixtiyoriga o’tkazildi va
uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va 
moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga 
o’tkazildi); 
7)
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha 
“El-yurt umidi” jamg’armasi.
Mablag’lari soliqlar, majburiy to’lovlar va jarimalar, shuningdek byudjet 
subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg’armalari davlat 
funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli 
jamg’armalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil 
etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs 
tashkil etmasdan tuzilishi mumkin. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish