O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

4.
 
Davlat byudjeti defitsiti
 
va uni moliyalashtirish 
Nazariy jihatdan olib qaralganda davlat byudjetining sog’lom (normal) 
faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daro-madlar va xarajatlarning tengligini 
taqozo etadi. Haqi-qatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish 
uchun davlat byudjeti shu miqdordagi daromadlarga ega bo’lishi kerak. Aks holda 
bu xarajatlarni to’la amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlari miqdorlarining o’zaro tengligi davlat byudjetining 
muvozanatlashtirilganligidan (balanslashtirilganligidan) dalolat beradi. 


175 
Amaliyotda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari hajmlarining 
tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda davlat 
byudjetiningdaromadlari uning xara-jatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday 
davlat byudjeti profitsitli davlat byudjeti deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa 
davlat byudjetiningxarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga 
muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlarining davlat byudjeti daro-madlaridan 
ko’p bo’lishi davlat byudjeti defitsiti deyiladi. 
Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, davlat byudjeti defitsiti vujudga 
kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital 
qo’yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi; 

favqulodda hodisalar yuz berishi; 

iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning emirilishi; 

moliya-kredit tizimlarining etarli darajada samarali emasligi; 

hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajada nazorat 
qilolmasligi; 

ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi; 

tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi; 

davlat byudjeti xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)-ning oqilona 
emasligi; 

mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan yashashga 
intilish; 

harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; 

real ichki imkoniyatni etarli darajada hisobga olmagan holda boshqa 
mamlakatlarga yordam berilishi; 

davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivoj-lantirishga rag’batlantiruvchi 
sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo’lmagan 
davlat byudjeti mexanizmining mavjudligi; 

boshqa sabablar. 
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan stra-tegik 
yondashuv (strategiya) quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishini taqozo 
etadi: 

davlat byudjeti defitsitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga 
harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning “davolanish”i o’rniga 
“kasalligi” kuchayadi; 

davlat byudjetiningbalansliligi, daromadlarning xarajat-lardan ko’pligi 
ba’zan iqtisodiyotning sog’lom va uzluksiz rivojlanayotganligidan dalolat bermaydi; 


176 

davlat byudjeti defitsitining darajasi, odatda, mamlakat yalpi ichki (milliy) 
mahsuloti miqdorining 2-3%idan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni 
tezroq kamaytirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak; 

davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli 
shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini 
moliyaviy bozorga joylashtirish ham maqsadga muvofiq. Muomalaga ko’proq 
miqdorda pul chiqarish yo’lidan esa foydalanmaslik kerak; 

davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish 
uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana 
shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffa-
qiyatsizlikka uchraydi. 
Davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish 
borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy 
yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 

davlat byudjeti mablag’larining investitsion yo’nalishini o’zgartirish, ularni 
eng ko’p samara beradigan tarmoq va sohalarga sarflash; 

xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy 
imtiyoz va jazolardan keng foydalanish; 

Davlat byudjetidan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti sohasini 
qisqartirish; 

harbiy xarajatlar miqdorini kamaytirish; 

eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik 
davlat byudjeti xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish; 

Markaziy bankning qarzlarni davlat qimmatbaho qog’ozlari shaklida 
rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishini taqiqlab qo’yish; 

xorijiy sarmoyalarni jalb etish; 
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish 
manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan 
biri davlatning qarz olishidir. 
Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro 
moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, 
hukumat oldida qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarishi 
bo’yicha kafolatchi sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan 
iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni 
qaytarish bo’yicha ham kafolatchi sifatida hukumatning o’z milliy valyutasida 
ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo’ladi.


177 
Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan 
iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni 
qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan 
qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari jalb qilingan 
mablag’larning asosiy turlari bo’yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo’ljallangan 
davlat byudjeti to’g’risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan 
albatta tasdiqlanishi kerak. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning manbai sifa-tida mamlakat 
Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib 
olingan qarz majbu-riyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-larini ikki 
guruhga bo’lish qabul qilingan: 
1)
ichki manbalar; 
2)
tashqi manbalar. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba-lari sifatida 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit 
tashkilotlaridan olingan kreditlar; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali 
amalga oshirilayotgan davlat zayomlari; 

davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; 

davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromad-larning xarajatlardan o’sgan 
qismi summasi; 

davlat byudjeti mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraq-laridagi 
mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi manba-lari qatoriga 
quyidagilar kiradi: 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali 
xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb 
qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning 
kreditlari. 
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro 
huquqning boshqa subyekt-lari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha 
majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari 
hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat byudjetini tashkil 
etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. 


178 
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari va 
davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini 
shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar. 
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin: 

qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy 
davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va 
shartnomalari; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali 
amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi 
shartnomalar; 

o’tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini restrukturizatsiya 
qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risi-dagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan 
(shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar. 
Mamlakatning qarz majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli 
(bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli 
(besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga 
muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz 
to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak. 
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidag-ilardan iborat bo’lishi 
mumkin: 

hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy 
nominal summasi; 

hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi; 

mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar 
hajmi. 
O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro 
moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat 
kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi; 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro 
moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan 
iborat bo’ladi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish