O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

3-MAVZU: MOLIYAVIY TIZIM 
REJA: 
1.
 
Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari. 
2.
 
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi. 
1.
 
Moliyaviy tizimning sohalari
va bo’g’inlari
Faoliyat jarayonida turli pul fondlardan shakllanadigan va foydalaniladigan 
moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui 
moliyaviy tizim
deyiladi. Unga 
boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini 
24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrda imzolagan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha 
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni.


73 
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga 
moliyaviy tizim
deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: 
“Xo’jalik subyektlari, uy xo’jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul 
mablag’larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri 
bilan bog’liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo’g’inlari va 
sohalarining yig’indisi 
moliyaviy tizim
deyiladi”.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining 
taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va
prinsipial jihatdan butunlay yangi bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning 
hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlariga nisbatan 
obyektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, 
dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo’linadi
25


davlat moliyasi va mahalliy moliya; 

xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va 
daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog’liq ravishda 
bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy 
moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin: 

davlat byudjeti; 

byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari; 

davlat krediti. 
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagi bo’g’inlardan 
iborat: 

tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi; 

moliyaviy vositachilar moliyasi; 

notijorat tashkilotlari moliyasi. 
Yuqorida keltirilganlarni rasm ko’rinishda 1-rasmdagidek ifodalash mumkin. 
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo’g’inlarga bo’linishi YaIMni 
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va 
ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli 
ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va 
bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan 
foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, 
25
Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari, ko’pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan edi. 
Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A., Jevtyak P.N., 
Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko’ra, moliyaviy tizim odatda, ikki sohadan, ya’ni 1) korxonalar va 
xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat bo’lgan. Moskva maktabining vakillari 
(Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar) fikricha esa, moliyaviy 
tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab 
chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo’lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham SSSRning iqtisodiy bazisiga va u 
tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga mazmunan mos kelgan edi. 


74 
korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni 
korxonalar o’rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet 
fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar 
davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va 
aholining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanadi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish