O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar 
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi 
o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina 
vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda 
xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishni amalga 
oshiradi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil 
etish hamda valyutakredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish 
bilan shug‘ullanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti 
barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga 
solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro 


406 
tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga 
asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro 
moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab 
bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi 
vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi 
xamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada 
tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga 
kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga 
to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi 
hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng 
mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy 
o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida 
xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini 
qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning 
kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish 
mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy 
xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj 
sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib 
bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, 
Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro 
moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga 
hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga 
yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalar ko‘lamining ortib borishi shuningdek, ularning o‘zgaruvchan 
xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek ular mamlakatlar va 
davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga 
ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari 
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro 
valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining 
rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
-xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy 
chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korxonalar va transmilliy 
banklarning tashkil topishi;
-jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga 
bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
-jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin 


407 
bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish 
zaruriyatining ortib borishi. 
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan 
asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1)

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish