15-modda. Davlat chegarasini buzuvchilar Quyidagilar Davlat chegarasini buzuvchilar deb hisoblanadi:
Davlat chegarasini Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan boshqa
joydan yoki o‘tkazish punktlari orqali bo‘lsa-da, lekin chegarani kesib o‘tish
qoidalarini buzgan holda har qanday usul bilan kesib o‘tgan yoki kesib o‘tishga harakat
qilayotgan shaxslar;
chet elga ketayotgan transport vositalariga O‘zbekiston Respublikasidan
noqonuniy ravishda chiqib ketish maqsadida chiqib olgan yoki chiqib olishga
urinayotgan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, shuningdek chegara bo‘yi daryolari,
ko‘llari va boshqa suv havzalari suv qismiga ularga kirish yuzasidan belgilangan
qoidalarni buzgan holda kirgan chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalari;
Davlat chegarasini tegishli davlat organlarining ruxsatisiz kesib o‘tgan yoki
Davlat chegarasi orqali uchib o‘tish qoidalarini boshqa tarzda buzgan havo kemalari
va boshqa xil uchish apparatlari.
Davlat chegarasini tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki belgilangan tartibni
buzgan holda har qanday texnikaviy yoki boshqa xil vositalar bilan kesib o‘tish ham
Davlat chegarasini buzish hisoblanadi.
16-modda. Chegara nizolari va mojarolarini hal etish Oldingi tahrirga qarang. Chegara nizolari va mojarolarini hal etish qonunchilikda hamda O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 17-modda. Chegara vakillari Oldingi tahrirga qarang. Davlat chegarasi rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal qilish, chegara
nizolarini tartibga solish maqsadida Davlat chegarasining muayyan uchastkalariga
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining chegara vakillari tayinlanadi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18- fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) Chegara vakillarining vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi va chet el davlatlari harbiy havo kemalarining,
boshqa harbiy obyektlar yoki harbiy xizmatchilarning xatti-harakatlari bilan bog‘liq
bo‘lgan chegara nizolari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari
ishtirokida hal etiladi.
Chegara vakillari yoki O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari
hal eta olmagan masalalar va nizolar diplomatik tartibda hal qilinadi.