“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
70
talabasi bo‘lish ham ota tarbiyasining o‘rnini bosolmaydi. Turli tashvishlar bilan ovora bo‘lib, bolalari bilan
muntazam muloqotdan uzilib qolgan otalarning farzandlari tarbiyasida muayyan nuqsonlar paydo bo‘ladi.
Bola hayotda to‘g‘ri maqsadni belgilay olmay tentirashi, to‘g‘ri yo‘ldan toyishi mumkin. Ba’zida bolaning
nazoratsizlik oqibatida uyidan ketib qolishi yoxud turli salbiy ta’sirlar domiga tushib qolishi ham kuzatiladi.
Bu esa nafaqat farzand, ota-ona yoki oila, balki butun jamiyat uchun ham noxush holatdir.
Axloqiy tarbiya “insonni komil, chiroyli axloq egasi, jamiyatga foydasi tegadigan a’zo qilib
shakllantirish”
32
jarayoni bo‘lib, uni amalga oshirishda quyidagi tizimga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
– bolaga hikoyatlar vositasida axloq qoidalarini tushuntirish;
– tarbiyachining o‘zi ibrat bo‘lishi lozimligi. Tarbiyachining so‘zi bilan xatti-harakati uyg‘un bo‘lib, u
xatti-harakati orqali barchaga ibrat, o‘rnak namuna bo‘lmog‘i lozim;
– yomonlarning yomonligini ko‘rsatib, yaxshilarning yaxshiligini uqtirib borishda muayyan ijtimoiy
tuzum va muhitni hisobga olish, ya’ni axloqiy tarbiya real voqelik va amaliy jihatlari bilan ma’naviy-axloqiy
muhitni muayyan darajada barqarorlashtiradi.
Mahallalar va oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli illatlarga barham berish,
oilaviy ajrashishlar va jinoyatchilikning oldini olish,shuningdek, boshqa dolzarb masalalarda davlat va
jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish kerak.
– oila qadriyatini mustahkamlash, oila muqaddasligini targ‘ib etish, yoshlarni oilaga tayyorlash, nizoli
oilalardagi muhitni mo‘tadillashtirish, o‘zaro munosabatlarni sog‘lomlashtirishda yangicha yondashuvlarni
qo‘llash;
– ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish;
– oilada sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni himoya qilish;
– milliy hamda oilaviy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizga nisbatan tahdidlarga qarshi tizimli ishlarni
amalga oshirish;
– oilada farzandlar va ayniqsa, qizlar tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish;
– oilaviy tadbirkorlik hamda xotin-qizlar tadbirkorligi va bandligi masalalarini tizimli amalga oshirish;
– Islomda oila, nikoh, farzand tarbiyasi, erkak mas’uliyati va boshqa ijtimoiy masalalarning talqinini
targ‘ib etish.
Oilada, odob-axloq va ta’lim-tarbiyaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir
bolaga yеtti qo‘shni ota-ona” degan ibratli maqol ham, aynan, xalqimizga xos. Mana shu maqolning o‘zi
ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog‘lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa,
keksalar ko‘chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o‘tib ketmagan, shu zahotiyoq
tanbeh berib to‘g‘ri yo‘lga chaqirgan. Oiladagi muhit ota-ona o‘z mas’uliyatlarini his qilishi bilan barqaror
bo‘ladi. Bolalarning odobli bo‘lib ulg‘ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-ko‘y ham katta ibrat
maktabidir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, farzand tarbiyasida mahalla va oilalarda barqaror ijtimoiy, ma’naviy
muhitni qaror toptirish uchun quyidagilarni inobatga olsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bular:
– birinchidan, ayrim oilalarda bolalarning tarbiyasi faqat onalar zimmasida, ota esa bu ishdan o‘zini
chetga oladi. Go‘yo farzandini bog‘cha, maktab tarbiyalab berishi shart. Tarixiy tajriba shundan dalolat
beradiki, qadimdan o‘g‘il bolalar tarbiyasi bilan otalar, qiz bola tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanganlar,
ammo ular, asosan, erkaklar nazoratida bo‘lgan;
– ikkinchidan, ota-onalar bolalarga birdek munosabatda, bir xil mehribon va g‘amxo‘r, talabchan va
qattiqqo‘l bo‘lsalar bolalar hayoti butun va mukammal bo‘ladi. Biri talab qilganda ikkinchisi yonini olsa,
tarbiya buziladi. Bolalariga haddan tashqari mehribonchilik qilayotgan ota-onalar ularni hurmat qilishdan
oldin o‘zlarini ham hurmat qilishni o‘rgatishlari zarur;
– uchinchidan, oilaning barqaror hayotini to‘g‘ri tashkil qilish, oilada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy, axloqiy
muhitni yaratish lozim. Har bir narsa bolaga ta’sir qiladi. Ana shu ta’sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar,
turlicha xulq-atvorlar paydo bo‘ladi. Ota-onalarning har bir xatti-harakatini bolalar kuzatib turadi. Shuning
uchun bolaga u yoki bu ishni qil yoki qilma deb nasihat qabilidagi o‘rgatish yo‘li bilan tarbiyalayman, deb
o‘ylamaslik kerak;
32
Абдурауф Фитрат. Нажот йўли / Ш.Воҳидов таржимаси. – Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 157.
Do'stlaringiz bilan baham: |