Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
215
fikrlar miloddan avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon taʼlim va 
tarbiya masalasi doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bizning asrimizga kelib ham ushbu fikrlar o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmasdan axborotlashgan jamiyatimizda insonning oilada kamol topshiga bog‘liq bo‘lgan 
barcha ijtimoiy-moddiy salbiy kamchiliklardan yoshlarni asrash asosiy vazifamiz bo‘lib kelmoqda.
Axborotlashgan jamiyatda insonning oilada shakllanishiga ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir etuvchi 
omillarga bugun barcha internetdagi salbiy ko‘rinishda faollik qilivchi internet saytlari, turli xildagi ijtimoiy 
tarmoqlarda faollik qiluvchi tarmoqlardan “Telegram, Instagram, Facebook, WhatsApp, Viber, Odnoklassniki, 
Tik tok” kabi birqancha ijtimoiy tarmoqlar bo‘lib, bularning foyda va zarari tengdek tuyulsa-da, axborotning 
aylanish tezligi, to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi noma’lum bo‘lgan axborotlar jamiyatimizdagi insonlarni, ayniqsa, 
yoshlarimizni chalg‘itmoqda. Bu kabi tarmoqlar barchamizga kerak, ammo me’yor darajasini unitib 
qo‘ymoqdamiz, bizlarni virtual olam o‘z domiga tortib ketayotgandek go‘yo.
“Bir o‘ylab ko‘raylik, dunyodagi rivojlangan davlatlar qanday qilib yuksak taraqqiyot va turmush 
farovonligiga erishmoqda? 
Eng avvalo, ilm-fan va taʼlimga qaratilgan ulkan eʼtibor tufayli emasmi? Shuning 
uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, Yangi O‘zbekistonni yaratish 
maqsadida barcha sohalar qatori taʼlim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda”
146
.
Jamiyatimiz uchun kerakli bo‘lgan yaxshi xulqlar:
 
diyonat, g‘ayrat, qanoat, shijoat; 
 
ilm, sabr, intizom, vijdon; 
 
vatanni sevish, ibrat, iffat;
 
hayo, idrok, viqor, itoat;
 
haqiqatparvarlik, xayrixohlik;
 
munislik, sadoqat, muhabbat va kechirimlilikdir.
Ushbu fazilatlarni jamiyatda yoshlarimiz tarbiyasida oiladan boshlamas ekanmiz, jamiyatimizda va 
davlatimizda tobora axborot tizimlaridan keng foydalanayotgan, axborotlashgan jamiyatimizdagi zamonaviy 
ta’limni rivojlantira olmaymiz.
Axborotlashgan jamiyatda insonning oilada shakllanishiga ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir etadigan 
omillarning oldini oluvchi ilmiy-amaliy asoslaridan yana bir omili sifatida yaxshi xulqlarni tarbiya bilan qo‘lga 
kiritishimiz uchun oilada ota-on
a, jamiyatda muallim ustozlarimizning hikmatli nasihatlarini jon qulog‘i bilan 
tinglovchi, doim xotirasida saqlovchi, axloqi yaxshi kishilar bilan do‘stlashmoqligi, axloqi buzuq yomon 
kishilardan yiroq yurmoqlik kabi barcha sifatlarni oiladagi tarbiya bilan zamonaviy ta’limni bog‘lashimiz 
kerak. Buning uchun, avvalo, ta’lim va tarbiyani, dastlab, oiladan boshlanishini esdan chiqarmaslik kerak.
Bugungi kundagi barcha yoshlarimiz deyarli har kuni internetdan foydalanishadi, kinofilmlar, musiqalarni 
tinglaydi, turli ma’lumotlar qidiradi, global tarmoq hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotganidan dalolat 
beradi. Internet nima ekanligini bilmaydigan insonni topish juda qiyin. Butun dunyo bo‘ylab millionlab, balki 
milliardlab odamlar internetdan, hatto televizorga nisbatan ham ko‘proq foydalanadi. Kelajakda ko‘pchilik 
uchun internet tirikchilik qilish manbayiga aylanib boradi.
“1980-yilda hech kimning xayoliga ham kelmagan, bugun “Internet” deb ataluvchi HTML protokoli, 
aslida yadroviy mavzular tadqiqotlarining natijalaridir. Dunyodagi birinchi internet sayti 1990-yilda 
yaratilgan”
147
. Bu – internet, deb ataluvchi dastur hozirda dunyoni qamrab olganligi ayni haqiqat.
Aniqrog‘i, brauzer nima va uni qanday o‘rnatish kerakligi hamda shunga o‘xshash boshqa foydali 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi oddiy bir sahifa bo‘lgan, xolos. Dastlab, hujjatlar almashish usuli o‘ylab 
topilgan edi. U giperssilkalardan foydalanishni jamlagan. Mana, loyihadan keyin dunyo uzra “o‘rgimchak 
to‘ri” tug‘ilgan
148
. Ushbu kunda bizning jamiyatimizga va davlatimizga ham kirib kelgan internet bugun 
yoshlarimizni ham o‘z domiga tortmoqda. 
Davlatimiz va jamiyatimizning ravnaqi uchun zarur bo‘lgan bilimlarni olish oila va ta’lim maskanida 
har bir yosh yigit-qizning zimmasidagi burchlaridan biri hisoblanadi. Buyuk bobokalonimiz muhaddis 
146
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi nutqi. 30.09.2020. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.
147
www.odam.uz
148
Internet to‘g‘risidagi qiziqarli faktlar
www.odam.uz



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish