“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
205
Taassufki, ba’zi ota-onalar o‘z farzandining tarbiyasida qo‘pollik yoki ularga nisbatan zulmkorlik bilan
munosabatda bo‘lishi ularning ong-u tafakkuriga, albbatta, salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Boz ustiga,
agar ota oilada o‘zini tutishni bilmasa, odob-axloq bobida farzandlariga o‘rnak bo‘lish o‘rniga qo‘pol xulqini
namoyon etsa, bu holat, tabiiyki, bola ma’naviy olamining shakllanishiga, vaqti-soati kelib, uning xarakterida
inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, oiladagi ma’naviy
muhitning nosog‘lomligi oilada kriminogen vaziyatlarning kelib chiqishida muhim rol o‘ynaydi.
Huquqshunos B.A.Saidovning fikricha, oilaning sog‘lomligi undagi muhit, ota-onaning totuvligi, bir-
birini tushunishi, qo‘llab-quvvatlashi, ularning o‘zaro izzat-hurmati bilan belgilanadi
130
.
Oilada nosog‘lom ijtimoiy muhitning mavjudligi oilada turli nizolarning kelib chiqishiga, oila a’zolarining
bir-biriga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishiga, ota-onaning farzandlar tarbiyasiga e’tiborsizlik
bilan qarashiga, ularga shafqatsiz munosabatda bo‘lishiga olib keladi. Bu borada o‘tkazilgan ayrim xorijiy
tadqiqotlarda qayd etilishicha, bir guruh amerikalik psixiatrlar tomonidan 76 ta zolim ota-onalar shaxsi
o‘rganilib chiqilganida, ularning faqat 7 %i ruhiy sog‘lom bo‘lib qolganlari, ya’ni 25 %i ichkilikbozlar, 68
%i esa jamiyatga zid turmush tarzi yurituvchi shaxslar ekanligi aniqlangan
131
.
Tahlillarga asoslanib aytish mumkinki, oiladagi nosog‘lom muhit,
birinchidan,
oilada turli nizo
va kelishmovchiliklarning kelib chiqishiga,
ikkinchidan,
shaxs tarbiyasining buzilishi yoki uning izdan
chiqishiga,
uchinchidan,
shaxsda salbiy xususiyatlarning shakllanishiga,
to‘rtinchidan,
oilada oila a’zolari
va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning buzilishi yoki yomonlashishiga,
beshinchidan,
oilalarning barbod bo‘lishiga, ota-onaning farzandga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishiga olib keladi.
Ikkinchi yo‘nalish
–
oilada ma’naviy-axloqiy tarbiyaning zaifligi yoki sustligi.
Shaxsning ma’naviyati
uning axloqiy fazilatlari bilan belgilanadi. Tahlil qilinganida, oilada nizo keltirib chiqargan shaxslarning
aksariyatida ma’naviyati va axloqiy fazilatlari yuqori darajada emasligi ma’lum bo‘ldi.
Oilaviy janjallar nizolar va salbiy emotsional reaksiyalarni keltirib chiqaradi va oiladagi psixologik
muhitni buzadi. Oiladagi nizolar insonning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, u yеrdagi muhit va tarbiyaning
buzilishiga olib keladi.
Oilani ajratuvchi nizolar janjallarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan muammo va yеchim, er-xotindan
birining manfaatiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday nizolarda bir tomon manfaatining hal etilishi ko‘pincha
ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi
132
.
Oilaviy munosabalardagi nizo va kelishmovchiliklar, jismoniy zaiflik, ruhiy qiyinchiliklar ham shaxsda
g‘ayriaxloqiy xulq-atvor shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi
133
. Shaxsda bunday g‘ayriaxloqiy xulq-atvorning
shakllanishiga oiladagi ma’naviy-axloqiy tarbiyaning zaifligi yoki sustligi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, inson xulq-atvorining shakllanishi, ko‘p jihatdan oilada ota-ona yoki oila a’zolarining
o‘rtasidagi munosabatga bog‘liq bo‘lib, bolalarning kattalarga taqlid qilishi ana shular asosida rivojlanib
boradi. Bunday zo‘ravonliklar voyaga yеtmaganlarda ruhiy rivojlanishning yomonlashuvi, uzoq muddatli aqliy
nosozlik va nosog‘lomlik kabilardan iborat bo‘lishi mumkin bo‘lib, o‘z navbatida, jismoniy nosog‘lomlikka
olib kelishi ham mumkin
134
.
Modomiki, shunday omillar mavjud bo‘lgan oilalarga jamiyat tomonidan yеtarlicha yordam berilmasa
unda yashayotgan bolalarning zo‘ravonlikdan jabr ko‘rish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi. Qarindosh-urug‘lar
tomonidan ko‘mak berilmasligi ham mavjud muammoni yanada og‘irlashtirishi tabiiydir.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p huquqbuzarliklar, jinoyatlarning sodir etilishiga shaxsdagi salbiy xulq-
atvor turtki bergan. Oiladagi noto‘g‘ri tarbiya shaxs ma’naviy shakllanishining asosiy manbalaridan biri
hisoblanadi. Bunday oilalarda ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshi emasligi ko‘pincha
nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
135
.
130
Ислом Каримов баркамол авлод ҳақида / Тузувчи: юрид. фан. номз., доц., Б.А.Саидов. – Тошкент: Ўзбекистон
Республикаси ИИВ Академияси, 2015. – Б. 16.
131
Клевцова Н.А.Убийства детей, совершаемые в семье. // Российский следователь, 2009. №13. – С. 16-17.
132
Шомуродов Ғ., Расулова З. Оила энциклопедияси. – Тошкент, 2016. –Б. 251.
133
Тахиров Ф. Ўзбекистон Республикаси қонуни бўйича жинсий жиноятлар учун жавобгарлик муаммолари: юрид.
фан. докт. дис. – Тошкент, 2007. – Б. 276.
134
Болаларга нисбатан зўравонлик бўйича бутунжаҳон ҳисоботи. – Тошкент, 2009. – Б. 174.
135
Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси фаолияти психологияси: Дарслик / И. Исмаилов, Ў.Х. Мухамедов,
М. З. Зиёдуллаев, Ё. Фарфиев ва бошқ.; масъул муҳаррир Ш. Т. Икрамов. – Тошкент, 2015. – Б. 236.
Do'stlaringiz bilan baham: |