* * *
Umaraliyeva Muxayyo Abdugaparovna,
“Xalq ta’limi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
NOGIRON FARZANDLARI BOR OILALARDA TA’LIMIY-RIVOjLANTIRUVCHI
MUHITNI TASHKIL ETISHNING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI
Annotatsiya.
Maqolada nogiron farzandlar tarbiyalanadigan oilalarda ta’limiy, rivojlantiruvchi muhitni
tashkil etish hamda uning psixologik aspektlari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
oila, nogiron bolalar, ta’limiy-rivojlantiruvchi muhit, psixologik aspektlar
Аннотация.
В статье описана организация образовательной, развивающей среды в семьях с
детьми с ограниченными возможностями, ее психологические аспекты.
Ключевые слова:
семья, дети с ограниченными возможностями, образовательная и развивающая
среда, психологические аспекты
Annotation.
The article describes the organization of the educational, developmental environment in
families with children with disabilities, its psychological aspects.
Keywords:
family, children with disabilities, educational and developmental environment, psychological
aspects
Bugungi kunda aksariyat oilalarda nogiron bolalarga nisbatan avaylash va rahmdillik nuqtayi nazari bilan
qarash munosabati ustuvorlik qilmoqda. Mazkur holat ularda sog‘lom bolalardagi kabi muomala, muloqot,
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
200
o‘z-o‘ziga xizmat va boshqa faoliyatlarda ishtirok etish ko‘nikmalarining еtarlicha shakllanmasligiga olib
keladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasida
jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalar ular uchun maxsus ishlab
chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish va tarbiyalanish hamda o‘z jismoniy, aqliy
qobiliyatlari va xohishlariga mos bo‘lgan ta’lim olish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan.
Imkoniyati cheklangan bolalarning oilada ta’limiy muhitni yaratilishida to‘g‘ri tashxisning ahamiyati
kattadir. Shuning uchun nogiron bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qanchalik erta boshlansa, shunchalik ularning
umumiy rivojlanishida sifat ko‘rsatkichlariga erishish imkoniyati keng bo‘ladi. Bolalar rivojlanishidagi
sifat ko‘rsatkichlari ularda nutqiy ko‘nikma va malakalarning shakllanganligi bilan baholanadi. Ta’limning
dastlabki davrida asosiy e’tibor bolalarning lug‘at zahirasini boyitish va mustahkamlashga qaratiladi. Ma’lum
muhitda rivojlanayotgan bola o‘z faolliklarini anglay boshlaydi, ya’ni o‘z-o‘zini bilishi, anglashi sodir
bo‘ladi. Bu jarayon ijtimoiy anglashdir. Asta-sekin muhit ta’sirida o‘z xatti-harakatlari orqali faoliyatini
qayta o‘zgarishga yo‘naltiradi, bu davr unda dunyoqarashning kengayishi, tajribalarning ortishi, ma’lumotlar,
voqeliklar haqida mustaqil fikrlaydigan hamda o‘z fikrini qarshi qo‘ya oladigan darajada shakllanganligi
bilan bog‘liqdir.
Jahon sivilizatsiyasida ma’lum va mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida
jamiyat paydo bo‘lishining tabiiy-ijtimoiy konsepsiyasini birinchi marta ilgari surdi. Forobiyning fikricha,
inson jamoalari, jamiyat kishilarning yashashi va kamolotga erishishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga tabiiy intilishlari natijasida kelib chiqqan. “Har bir inson tabiatan shunday
tuzilgan, u yashash va oliy darajadagi еtuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi. U bir o‘zi
bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi. Ularga ega bo‘lish uchun insonlar – fuqarolik jamoasiga ehtiyoj
tug‘iladi”, – deb yozadi Forobiy .
Abu Rayhon Beruniy talqinicha, jamiyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi kishilarning hamkorlikdagi
faoliyati zaruratidan kelib chiqqan, insonning qadr-qimmati o‘z manfaatini a’lo darajada bajarishidan iborat.
Shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi, inson o‘z xohishiga mehnat
bilan erishadi.
Oila ijtimoiylashishning muhim instituti hisoblanadi, chunki oilaning o‘rnini hech qanday boshqa
jamoa egallay olmaydi. Oilada insonning dastlabki ijtimoiy moslashish davri kechadi, 6 yoshgacha bola
uchun bu asosiy ijtimoiy muhitdir. Asosiy ijtimoiy munosabat va odatlarni bola oilada egallaydi. Oila bolani
jamoada o‘zini tutishga o‘rgatadi va unga diniy qadriyatlar, etnik qarashlar va ma’naviy qadr-qimmatlarning
mohiyatini tushuntiradi.
Oila nogiron bolalarni reabilitatsiya qilishda, ularni ijtimoiylashuvida va jamiyatga qo‘shilishida alohida
ahamiyatga ega. Nogironning oilada paydo bo‘lishi har doim ziddiyatli vaziyatning rivojlanishi hamda
to‘la psixologik zo‘riqish bilan bog‘liq. Nogiron bolaning butun hayoti oilada o‘tkaziladi. Oilada qanchalik
do‘stona, tinch oilaviy muhit yaratilsa, nogironning jamiyatga qo‘shilib ketishi shunchalik muvaffaqiyatli
bo‘ladi.
Nogiron farzandlari bor oilalarda tashqi muhit bilan muloqot qilish qobiliyati yaxshi rivojlanmagan,
ular, asosan, bo‘sh vaqtni o‘tkazish ko‘nikmalarida namoyon bo‘ladi, ular faqat televizor tomosha qilish
bilan chegaralanadi. Hamma ma’lumotlarning mazmuni va dasturlarining xilma-xilligi tufayli televizion
eshittirishlar bo‘sh vaqtning yagona shakli bo‘la olmaydi. Bu holat nogiron bolaga bo‘sh vaqtini to‘g‘ri
taqsimlash zarurligini ko‘rsatadi, bu muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, hissiy sohani mashq qiladi, motivatsion
faollikni rag‘batlantiradi va vosita ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Nogiron bolalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazish
uchun keng imkoniyatlar shaxsning psixologik rivojlanishiga xizmat qiladi. Ijtimoiylashuv jamiyatga yanada
ishonchli integratsiyani ta’minlaydi. Nogiron bolani tarbiyalayotgan oila ijtimoiy va psixologik yordamga
muhtoj bo‘ladi. Bunday oilalarni ijtimoiy va psixologik reabilitatsiyalashda ijtimoiy aloqalarni, ayniqsa,
psixoterapevtik ta’sir ko‘rsatadigan aloqalarni saqlab qolish va kengaytirish katta ahamiyatga ega. Buning
uchun birinchi navbatda nogiron farzandlari bor oilalarda ta’limiy muhitni yaratish lozim. Imkoniyati
cheklangan bolalarning ota-onalari uchun seminar-treninglar, mahorat darslarini tashkil etish ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |