Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
174
borayotgan bugungi globallashuv davrida insonlar o‘z hayotlarini to‘g‘ri yo‘lga solishlari uchun kitobga 
bo‘lgan ehtiyojlari yanada ortdi. Bu esa dunyoning barcha mintaqalarida kitobxonlik madaniyatining keng 
yoyilishiga olib keldi. NOP World xalqaro tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda dunyodagi eng 
ko‘p vaqtini kitob o‘qishga sarflaydigan millat – hindlar bo‘lib, taylar, xitoyliklar, filippinliklar, ruslar, 
shvedlar, fransuzlar ham dunyoning eng kitobsevar millatlari qatorida e’tirof etilgan. 2016-yilda esa 
kuchli uchlikdan eng kitobsevar millatlar sifatida xitoylik, rossiyalik va ispaniyaliklar o‘rin egallashgan 
(“GfK” xalqaro tadqiqot instituti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra). Kitobga bo‘lgan mehr bugungi 
kunda jamiyatning rivojini belgilab beradi. Ushbu millatlarning moddiy va ma’naviy saviyasi ortishi, 
barqaror rivojlanishiga kitobxonlikning jamiyatda keng targ‘ib etilishi ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Xo‘sh, 
O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyati bilan bog‘liq vaziyat qanday? Yoshlarning kitob o‘qishini targ‘ib 
etish maqsadida bugun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda jamiyatda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib 
etish, yoshlarni, xususan, yosh oilalarni kitobga mehr qo‘yishlarini ta’minlash, jamiyatda ziyolilarning 
sonini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
tomonidan 2016-yil 19-oktabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik 
partiyasining VIII syezdidagi saylovoldi ma’ruzasida kitobxonlik madaniyatini yoyishga, kitob, adabiyot 
mutolaasini targ‘ib qilishga nisbatan aytgan quyidagi fikrlari ushbu ezgu ishlarning debochasi bo‘lib 
xizmat qildi: “Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, 
yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining 
kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy 
adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng 
targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”. Ushbu fikrlarning izchil davomi 
sifatida 2017-yil 13-sentabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob 
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 
to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli, 2018-yil 12-mayda “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini 
keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
PQ-3721-sonli Prezident qarorlari, 2020-yil 14-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda 
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
781-son qarori qabul qilindi, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish uchun huquqiy-me’yoriy asoslar 
yaratildi. 2019-yil 19-martda yoshlarni bo‘sh vaqtlarni samarali sarflashlariga bag‘ishlangan videoselektorda 
davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 
5 ta muhim tashabbusni ilgari surib, ularning to‘rtinchisi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish 
bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirildi. “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Duel” kabi 
Respublika tanlovlar tashkil etildi.
Umuman olib qaraganda, jamiyatda kitobxonlikni yoyish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning eng 
asosiy kutilayotgan natijasi – bu yoshlarda kitobga nisbatan mehr uyg‘otish, mutolaani sevimli mashg‘ulotga 
aylantirish hisoblanadi. O‘z navbatida yoshlarning kitobga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishda ularning 
oilalari ham katta ta’sir kuchiga ega. Davlatimizning kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish bilan bog‘liq 
faoliyati, asosan, oila-mahalla nodavlat-notijorat tashkilotlari hamkorligiga asoslangan tizim orqali amalga 
oshirilib kelinmoqda. Bunday hamkorlikni joriy yilda ilk bor o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining 
tashkil etish va o‘tkazishda ham ko‘rishimiz mumkin. Ushbu tanlov yosh oilalarni kitob o‘qishga chorlash 
hamda kelajakda ziyoli oilalar sonini ko‘paytirish va yosh oilalarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, 
joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish, yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish maqsadida 
tashkil etilib, ushbu tanlovni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla 
va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi kabi davlat tashkilotlari 
hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kabi nodavlat notijorat tashkilotlar 
hamkorlikda faoliyat olib bordi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – tanlov ishtirokchilarining ko‘lamini 
oshirish, yoshlarni kitob o‘qishga chorlash, kitobxonlik, ziyolilikni eng keng tarqalgan fazilatlar darajasiga 
ko‘tarish bo‘ldi. Tanlov uchun tanlab olingan asarlar orasida yosh oilaning ma’naviy, axloqiy muhitini 



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish