Farhodning ruhiyatida o’zgarishlar yasagan obrazlardan biri Xizr. Uni ikkinchi pir
deb atash mumkin, aslida u ulug’ maqsad sari tavajjuh etgan Farhodga g’aybdan
kelgan madaddir.
14
Uning maslahatiga ko’ra Farhod jomga qarab Suqrotni topadi.
Meni Xizr anglakim, tuttum yo’lungni,
Ki, to bu yo’lda tutqaymen qo’lungni.
U o’zining Iskandar bilan abadiy tiriklik suvini qidirganligini aytadi va Iskandar
haqida:
Anga ish bog’lamoq bo’ld
i hamesha,
Manga ochmoq aning bandini pesha.
Demak, Iskandarga tilsim bog’lash kasb bo’lgan, Xizr esa tilsimni yechishga
ko’maklasha oladigan ustozdir.
Navoiy tasavvuridagi eng ulug’ komil insonlar qanday bo’lishini Suqrot ta’rifidan
o’qib bilish mumki
n. U barcha zohiriy va botiniy ilmlarning jamuljami. U quyosh
kabi porloq siymo, jismi pok, ruhdan iboratday, shaxsi aqlning haykali bo’lib ko’zga
tashlanadi.
Yuzi mir’oti anvori ilohiy,
Ilohiy sirrini anglab kamohi.
U Farhodga shunday deydi:
Ki, ey dardu alam birla sirishting,
Azaldin ishq bo’lg’on sarnavishting
Safo ketirdingu xush kelding oxir,
Qorong’u uyni ravshan qilding oxir.
Suqrot uchun Farhodning jamoli zulmat g’orini yoritguvchi shams kabi. Shuning
uchun ham u Farhodni topgani, yuzini ko
’rish nasib qilgani uchun Tangriga
shukrona qiladi.
Suqroti hakim Farhodga bu foniy dunyo haqiqat ahllari uchun zindon ekanligini
baqo mulkida qahramonlik, haqiqat taxtida sohibqironlik topishini aytadi.
Bo’lub ma’shuqi asliy chorasozing,
Haqiqatg’a badal bo’lg’ay majozing.
Otang kabi xoqonlar o’tib ketadi, ammo sening sifatlaringni ishq ahli unutmaydi,
deydi.
Suqrotnming fikricha, insonning yashashdan maqsadi “haq amriga ma’mur bo’lish
va uning vasli sari yo’l ochish.” Bu yo’l behad dard
-
u g’amga to’la, lekin aslida ikki
qadam. Birinchi qadam o’zlikdan kechish, keyingi qadam o’zlikni topish.
Bukim haq ayladi insonni mavjud,
Anga mavjudliqdin borcha maqsud.
Erur haq amrig’a ma’mur bo’lmoq,
Bu ishdin o’zgadin ma’zur bo’lmoq.
Chu Mahbubi haqiqiy uldurur ul,
Aning vasli sori qa’t aylamak yo’l
Bu yo’l ichraki behad dard
-
u g’amdur,
Uzoq tortar, vale ikki qadamdur.
Xulosa qilib aytganda, Qoran, Boniy, Moniy, Suhaylo pir-ustozlar timsoli. Suqrot
esa piri murshid. Bu ustozlar ko’ngliga ilohiy ishq shu’la solgan Farhodga Mahbubi
haqiqiy jamoliga yetkazuvchi yo’llarni ko’rsatadilar. Bu timsollar oddiygina timsol
emas, balki ular tasavvufiy ma’no tashiydi. Ular Farhodning vujudini yonib
-
o’rtayotgan ishqning kamoloti yo’lida ko’mak beruvchi madad, pok ko’ngilda g’ayb
tajallisini jilva etishi uchun ta’lim beruvchi ustozlar timsolidir.
II bob. “Farhod va Shirin” dostonida badiiy
-
tasviriy vositalarning qo’llanilishi.
2.1 Ma’naviy san’atlar.
O’zbek mumtoz adabiyotining o’ziga xos jihatlari she’riyat bag’ri
dan unib chiqqan
badiiy-tasviriy vositalarning nafosati bilan ham belgilanadi. Shoirning mahorati u
qo’llagan she’riy san’atlarning betakrorligi, adabiyotning estetik vazifasini qay
darajada umumlashtirishi bilan ham belgilangan. Bu borada Alisher Navoiy
a
sarlari, ayniqsa, e’tirof etishga loyiq. Chunki kichik qit’alardan tortib, yirik
“Xamsa” dostonlarigacha badiiyatning bu kabi yuksak namunalarini bir necha bor
uchratish mumkin. “Farhod va Shirin” dostonining badiiyatini ta’minlagan muhim
omil ham ulug’ so’z san’atkorining badiiy
-tasviriy vositalardan mohirona foydalana
olganligidadir.
Ma’naviy san’atlar baytdagi ayrim so’z yoki butun baytning ma’nosi bilan aloqador
badiiy vositalar bo’lib, ularning miqdori, Atoulloh Husayniyning “Badoyi us
-
sanoe”
asarida
keltirilishicha, ellikdan ortiq. Mubolag’a, tashbeh, tamsil, husni ta’li,
tajohuli orifona, tashxis, talmeh, laff va nashr, tazod, tanosub va boshqalar
ma’naviy san’atlarning eng mashhurlaridir.
15
“Farhod va Shirin” dostonining badiiy mukammalligini ta’
minlashda bunday
badiiy-
tasviriy vositalarning o’rni beqiyos. Quyida ulardan ayrimlariga to’xtalib
o’tamiz.
Tashbeh san’ati. Tashbeh –
Sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri bo’lib, o’xhsatish
ma’nosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani ular o’rtasidagi haqiqiy yoki majoziy
munosabatlarga ko’ra o’xshatish san’atidir. Tashbeh san’ati tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki
tushunchani o’quvchi ko’z o’ngida aniqroq, jozibaliroq gavdalantirishga xizmat qilib, asar timsollari
ma’naviy qiyofasini yorqinroq ochish, binobarin, shoir g’oyasini o’quvchi ongiga to’laroq yetkazishga
imkon beradi.
Tashbeh san’ati quyidagi to’rt juzv asosida yuzaga keladi:
1.
Mushabbah
–
nima o’xshatilgan bo’lsa, o’sha narsa yoki tushuncha.
2.
Mushabbah bih
–
nimaga o’xshatilgan bo’lsa, o’sha narsa yoki tushuncha.
3.
Vajhi shibh
–
o’xshatish sababi.
4.
Vositai tashbeh (odoti shibh)
–
o’xshatish vositasi.
Magar vahm adhamidur tez raftor,
Ne adham, jardai Shabdez raftor.
Bu yerda shoir qalamni tasvirlab uning tez yurarligi va qora iz qoldirishini uchqur qora otga
o’xshatadi.
Shaba minqoridin har sori zohir,
Valekin ul shaba sochib javohir.
Bu baytda qora siyohda bitilgan harflar qimmatbaho qora munchoq toshga o’xshatiladi.
Evi ko’rdiki ko’rmaydur misoli,
Nechukkim
kinasiz el ko’ngli xoli.
Bu baytda Navoiy Farhod Ahramanni o’ldirgach, uning qasriga kirib borishi, qasr ichida toza, hali
inson bolasi ko’rmagan bir uyga yuzlanishi haqida yozib, g’oyat go’zal tashbeh ishlatadi –
uyning
ozoda tozaligini ginasiz odamlarni
ng ko’ngliga o’xshatadi.
Furuzon lama andin Mushtaridek,
Yorutub evni shami xovaridek.
Bu baytda Navoiy tashbeh san’atini ishlatib qandil shu’lasini Mushtariyga, yorug’ini esa sham’i
xovariy
–
sharq sha’mi, ya’ni quyoshga o’xshatadi
Jahon bog’ida yo’q
ul podpodek,
Bo’lub gul bargin elturga sabodek.
Jahon bog’ida Gulgundek tez yurar ot yo’q edi. U gulbargini eltuvchi sabodek yelar edi. Shirinni
gulbargga, otni saboga o’xshatadi.
Sulaymondek barig’a hukmi jori,
Agar dashtiyu yoxud ko’hsori.
Sulaymonvash chekib ul yerga poya
Ki, qushlar tortibon boshig’a soya
Bu va keyingi baytda Navoiy tashbeh san’atini ishlatib, Farhodning hayvonlar, qushlar bilan
do’stlashib ketganini Sulaymon payg’ambarga o’xshatadi.
Talmeh san’ati. Talmeh –
“nazar solmoq” ma’nosini anglatib, she’r yoki nasrda mashhur tarixiy
voqealar, afsonalar, adabiy asarlar yoki maqollarga ishora qilmoq san’atidir. Shoirlar muhabbat
mavzusidagi asarlarida ko’pincha “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Vomiq va Uzro” kabi
qissalar, doston
larning qahramonlari nomiga ishora qiladilar. O’quvchi u yoki bu nomga ishorani
ko’rib, shoir ifoda etmoqchi bo’lgan fikrni, tuyg’uni teranroq anglaydi. O’zi mutolaa qilayotgan asar
qahramonining ma’naviy
-
ruhiy qiyofasini o’sha mashhur qahramon bilan qiyos
laydi.
Bu mumtoz adabiyotimizdagi asarlarda qo’llangan talmeh
san’ati uchun umumiy xulosalar. “Farhod
va Shirin” dostonida ham juda ko’p o’rinlarda bu badiiy
-tasviriy vositaga murojaat qilinganini
ko’ramiz. Dostonda payg’ambarlar, afsonaviy qahramonlarga ishora talmeh san’atining yuzaga
keltiruvchi omil bo’lgan, dey
a xulosa chiqarish mumkin.
Bo’yig’a nazm solg’an xulla axzar,
Dema to’ti, degil Xizri payambar
Xizr afsonalarga ko’ra, obi hayvon
- tiriklik suvini topgan va undan ichib, hamisha tirik yuradigan sirli
karomatlar sohibi. Adabiyotda Xizr g’oyibdan paydo bo’lib, yo’ldan adashgan musofirlarga ko’mak
beruvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yashillik va idrok ramzi deb tushunilgan. Bu yerda bir necha
tashbeh ishlatilgan. Shoir Xusrav Dehlaviyni ana shu Xizr payg’ambarga, Hindistonni qora tunga
o’xshatadi. Bunda xalqning rangi qora bo’lganiga hamda Xizr zulmat ichida hayot bulog’ini
topganligiga ishora qiinadi. Xusrav Dehlaviyning ravon she’riyati ana shu afsonaviy hayot bulog’iga
nisbat beriladi.
Suron yo’q, sur savtining safari,
Qayu bir surkim, mahshar nafiri
Misradagi sur savtining safari aynan: surnay ovozi ma’nosini anglatadi. Diniy tushunchalarga ko’ra
qiyomat kuni Isrofil degan farishta sur chalib, o’liklarni tiriltirar, yana bir chalganda qaytadan o’ldirar
ekan. Shoir bu baytda yashirin talmeh san’atini ustalik bilan qo’llaydi.
Demon bir sha’mdin parvona sori,
Samandardin bir otashxona sori
Baytning mazmuni: bu maktubni bir shamdan parvonaga emas, samandardan bir gulxanga
yo’llayman. Shoir bu yerda afsonaviy samandar degan jonivorning o’t ichida yashas
hligiga ishora
qiladi. Ayni paytda Navoiy ham talmeh, ham istiora (gulxan-Farhod, samandar-
Shirin) san’atlarini
qo’llaydi.
Sharafdin bo’lg’on ermishsen Sulaymon,
Mening birla unutma ahdi paymon
Bu baytda Farhodning vahshiy hayvonlar va qushlar bilan do
’stlashib ketganligini nazarda turib,
Shirin Farhodni Sulaymonga o’xshtadi va afsonalardagi Sulaymonning barcha jonivorlar ustidan
hukmronlik qilishiga ishora qiladi.
Atab ko’k pir zoli xola oni,
Ano deb dallat-ul mahtola oni
Osmon makkorasi uni xola, dallatul-
mahtola esa uni ona deb atar edi. Bu yerda shoir afsonalarda o’z
ayyorligi, makr va hiylalari bilan nom chiqargan ayol nomini keltirish bilan talmeh san’atini ishlatadi.
Irsoli masal san’ati. Xalqimizda “So’z ko’rki –
ma
qol” degan ajoyib hikmat bor. Bu naql nutqimizga xos
bo’lgan o’zbekona lutf ham demakdir. Maqollar, hikmatlar bilan bezangan nutq ta’sirchan bo’lishi
hammaga ma’lum.
Maqol xalq hayoti tajribalari xulosasini ifodalovchi hikmatli fikrlar majmuasidir. U o’z tabiatiga ko’ra
qadimiy va xalqaro janrlardan biridir. Dunyoda o’z maqollariga ega bo’lmagan xalqning o’zi yo’q.
Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi.16
Maqollar nafaqat xalq og’zaki ijodidan og’izdan og’izga o’tib, balki yozma adabiyot, xususan,she’riyat
namunalari orqali ham avlodlarga yetkaziladi. Bu vazifa adabiyotimizdagi badiiy-tasviriy vositalardan
biri irsoli masal san’ati yordamida bajariladi. Irsoli masal aslida arabcha bo’lib, “maqol kiritish”
ma’nosini bildirib, she’riyat va nasrda ifodalanayotgan biron fikrni isbotlash uchun xalq maqolini
keltirish san’ati sanaladi.17
Hazrat Navoiy asarlarida ham xalq mulki, so’z ko’rki bo’lgan maqollarni avlodlarga yetkazish vazifasi
ajib nafosat bilan amalga oshi
rilgan. Bu o’rinda biz buyuk adibning irsoli masal san’atidan foydalanish
mahoratini nazarda tutmoqdamiz. “Farhod va Shirin” dostonidagi quyidagi baytlar fikrimizni
isbotlaydi:
Ki, ko’zni bas rafe’ ayvong’a solding,
Biyikrak to’paning tuprag’in olding.
Bu baytda shoir “tuproq ko’tarsang, katta tepadan ko’tar” degan xalq maqolini ishlatadi.
Emas bu tesha urmoq ishga dardxurd,
Kecha-kunduz qaqarbiz ohani sard.
Baytning ikkinchi misrasida shoir foydasiz va imkonsiz ish uchun urinishning behudaligi h
aqida so’z
yuritadi. U “ohani sard kuftan”(sovuq temirni o’yish) degan xalq maqolidan foydalanadi.
Xirad dehqoni mundog’ nuktai der,
Ki dona sochqoli yaxshi kerak yer.
Bu baytda shoir Xusravning asosiy muddaosi
–
yana bir uylanib toj-u taxtga yarashiqli, boshqa
vorislardan afzalroq farzand ko’rish niyatini tasdiqlash uchun “urug’ni yaxshi yerga sochish kerak”
degan hikmatli so’z orqali maqsadni ochib beradi.
Yilon netgay urub nish ajdahoni,
It urmak birla yonmas korvoni
“It hurar –
karvon o’tar” maqolidan Xusravning Farhoddan ustunligini dalillash maqsadida
foydalanilgan.
Qamishliq ichra chun o’t tushti nogoh,
Qurug’
-
o’l kul bo’lur bo’lg’uncha ogoh.
Nogoh qamishzorga o’t tushsa, “ho’l quruq baravar yonadi”.
Usholdi tosh birla ul qotiq bosh,
Masaldurkim, ushotur boshni tosh
Bu baytda Shopur (Farhodga behush qiladigan gulni islatib, o’zidan ketkizgan) hiylagar boshiga tosh
bilan urib o’ldirgani haqida yozadi va “boshni tosh ushatadi” maqolini ishlatadi.
Ko’z ochmas
sen debon: kelgon qulimdur,
Masal chin bo’ldikim, uyqu o’limdur.
Xalq orasida keng tarqalgan “Uyqu –
o’lim bilan barobar” maqolini ishlatadi.
Bu so’zni ahli hikmat deb, durur xo’b,
Yamondin oz behkim, yaxshidin ko’p
U yuqoridagi baytdagi o’z muddaosi mizoj mayl ko’rsatgan narsaga ortiqcha ruju’ qilmaslik lozim,
degan fikrni tasdiqlash uchun “yaxshining ko’pdan yomonning ozi yaxshi” maqolini keltiradi.
Yuqorida ko’rib o’tganlarimiz asnosida shunday xulosani aytish maqsadga muvofiq. Hazrat Navoiy o’z
asarlarida tarbiyaviy ahamiyatni, ta’sirchanlikni va badiiylikni ta’minlash maqsadida xalq mulkidan
mahorat bilan foydalangan va baytlarning badiiy barkamoll
igiga erishgan. “Farhod va Shirin”
dostonidagi badiiy go’zalliik birgina irsoli masal san’ati misolida ham o’zining bo’y
-
bastini ko’rsatib
turibdi.
Mubolag’a san’ati. Mubolag’a arab tilida “kattalashtirish”, “kuchaytirish” ma’nosini bildirib, adabiy
asar
da tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo’rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati
demakdir. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususioyatlari yaqqolroq namoyon bo’ladi, o’quvchi ko’zi
oldida yorqinroq gavdalanadi.18
Mubolaga’ning tablig’, ig’roq, g’uluvv deb atalgan uch ko’rinishi mavjud. Tablig’ aqlan ishonish
mumkin bo’lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo’lgan mubolag’adir.
O’pub ul bodpolarning ayog’in,
Tushub yo’lg’a, tutub ikki qulog’in
Baytda Shirinning o’zi qurgan ariqqa suv ochilishini ko’rmoq uchun kelishidan xabar topgan Farhod
holati tasvirlangan. Shoir yozishicha, Farhod o’z sevgilisining oti tuyoqlari ovozini eshitish uchun
yo’lga quloq tutadi. Bu holatda mubolag’ali tasvirni ko’riush qiyin emas. Ammo bu xil bo’rttirish ham
hayot haqiqatiga zid bormaydi. Birovni orziqib kutgan kishining yo’lga quloq tutishi hayotiy voqea.
Shu tufayli bu baytni ham tablig’ga nisbat berish mumkin.
Mubolag’aning ikkinchi ko’rinishi ig’roq deb ataladi. Ig’roq belgi yoki harakatni aqlan ishonish
mumkin bo’lsa ham, hayotda yuz berishi mumkin bo’lmagan tarzda kuchaytirib tasvirlash demakdir.
“Farhod va Shiirn” dostonida Shirinning oti oyoqlari chirmashib yiqilay deganda, Farhod borib otni
ko’tarib olishi voqeasi tasvirlanadi. Shoir yozichisha:
Chu
oshiq ongladi qilg’och taammul,
Ki yeldin tushkudekdur yer uza gul.
Yer o’pmaklika majnundek xam o’ldi,
Quyosh ostida gardundek xam o’ldi.
Ko’tardi orqasiga bodponi,
Nechukkim bodpo, ul dilraboni.
… Chu ikki
-
uch yig’och gom urdi paydo,
Bo’lub
olinda kasr-u havz paydo.
Farhodning 1,5-
2 km yo’lni ot va Shirinni ko’targan holda bosib o’tishini tasavvur qilish mumkin,
ammo hayotda yuz berishi mumkin emas.
Qilib gar hamla Alburz uzra bir gurz,
Bo’lub gardu chiqib gardung’a Alburz.
Alburz
–
Elbu
rs tog’i. Shoir bu o’rinda ig’roq san’atini ishlatib, Farhod o’z gurzisi bilan uning changini
chiqarib yubordi demoqchi.
Yetti gardung’a ofat shashparidin,
Bo’lub suv hut bag’ri xanjaridin.
Asad bo’ynin uzub sarpanja birla,
Zabuni bir asad har panja birla
Bu baytlarda Navoiy ig’roq san’atini, aqlga nomuvofiq, hayotda mumkin bo’lmagan mubolag’ani
ishlatadi. Farhod xanjarining zarbidan Hutning bag’ri ezilib suvga aylanib ketishi, panjasi bilan
Asadning bo’ynini uzib olishi mumkin deb ta’riflanadi.
Mubol
ag’aning uchinchi darajasi g’uluvv deb ataladi. Bu aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham
yuz berishi mumkin bo’lmagan tarzda tasvirlash san’atidir. Bunday tasvirning noyobligi o’quvchiga
estetik zavq bag’ishlaydi.
Bo’lub ikki ko’zi nazzora chog’i,
Nechu
kkim naftning o’tlug’ bulog’i.
Farhod olishib mag’lub qilgan ajdahoning iki ko’zi xuddi neftning o’ti bulog’idek edi. Burun teshiklari
vahshat tandiriga, balki neft mo’risiga o’xshardi. Bu yerda ajdahoning dahshatli qiyofasini
tasvirlashda g’uluvv san’at
idan foydalangan. Shoirning badiiy maqsadi Farhodning qahramonligini
yana-
da bo’rttirib ko’rsatish edi.
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida bu kabi badiiy
-
tasviriy vositalardan juda ko’p
o’rinlarda foydalanilgan. Ulug’ adib ma’no durlarini terib, o’z dostonimga bezak qildim, deganida
aynan badiiy-tasviriy vositalarni ham tushunish mumkin.
II bob. “Farhod va Shirin” dostonida badiiy
-
tasviriy vositalarning qo’llanilishi.
2.1 Lafziy san’atlar.
Lafziy
san’atlar –
bayt yoki undagi ayrim so’zalrning shakli –
talaffuz va yozilishiga asoslangan bo’lib,
“Badoye us
-
sanoe”da ellikdan ortiq lafziy san’at namunalari keltirilgan. Alisher Navoiy “Farhod va
Shirin” dostonida ham lafziy san’atlarning bir necha ko’r
inishidan mahorat bilan foydalangan. Quyida
ularning ayrimlariga to’xtalamiz.
Kitobat san’ati. She’riyatimizda keng qo’llanilib kelingan ushbu san’at arab alifbosi harflari shaklidan
lirik va epik timsollar chizishda foydalanishni nazarda tutadi. Ma’lumki, arab alifbosi to’g’ri va egri,
yoysimon va doirasimon shakllardagfi harflardan ashkil topgan. Sharq shoirlari ana shu shakllarga
qiyos usuli bilan yondashib muhim ijtimoiy-
siyosiy, ma’rifiy
-
axloqiy g’oaylarni ifodalashda mahorat
bilan foydalanganlar. 19
Badiiy-
tasviriy vositaning bu turidan “Farhod va Shirin” dostonidagi nasriy sarlavhalarda ham keng
foydalanilgan. Masalan, 2-
bobning sarlavhasini ko’raylik:
“Bu shavq dostonining “alif”lari sarvqadlar bo’yidek sanubarvash va “lom”lari binafsha zulflar tu
rrasi
yanglig’ dilkash erkoniga bois fehrastida haq otidin tug’ro va debochasi qayyumi mutlaq sifoti birla
mutarro erkonini bayoni”.
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni boblari sarlavhalari boshqa dostonlardagi kabi ma’lum
g’oyaviy va badiiy funksiyalarni bajaradi. Shoir ularda asos e’tibori bilan har bir bobdagi yetakchi
g’oyani izohlab beradi. Shuningdek, ular badiiy jihatdan ham muayyan vazifani o’tab, o’quvchining
bobda bayon etiladigan voqealarga munosabatini belgilashga xizmat qiladi. Ushbu II bob sarlavhasida
shoir arab yozuvidagi harflar ifodasiga ishora qilib, shavq dostoni bo’lmish “Farhod va Shirin”da
sarvqadlar bo’yiga o’xshash alif, binafsha sochlar jingalagiga o’xshash “lom”larda “olloh” so’zi
nazarda tutilishini yozadi. Shu bilan birga Nav
oiy bu yerda Olloh ta’rifi beilishini ham o’quvchi qalbiga
singdirgandek bo’ladi.
Muhammad kof-
u nung’a, qurratul
-ayn,
Tufayli “kavn” o’lub, yo’q, yo’qki, kavnayn.
Kof-
u nun arab harflarining nomi bo’lib, ular qo’shilsa, kun so’zi yuzaga keladi. Diniy ta’limotga ko’ra,
xudoning birgina “kun” xitobi bilan butun ro’y
-i zamin yaralgan.
Jamolidin ko’ringach farri shohi,
Bu fardin yorudi mah to bamohi.
Qo’yub yuz himmatu iqboli davlat,
Hamul far soyasidin topti ziynat.
Bu javharlarg’a
chun isnod topdi,
Murakkab aylagach Farhod topdi.
Bu va yuqoridagi uch baytning mazmuni: uning, ya’ni yangi tug’ilgan go’zalning yuzida shodlik
yog’dusi, nuri “far” ko’zga tashlanib turganligi bois bu nurdan yer yuzi yorishib ketdi. “Himmat”,
“iqbol”, “davlat” (bu so’zlarning avvalidagi harflar h, i(arab yozuvida alifning ostiga kasra harakatini
qo’yish bilan ifodalangan, bu yerda a nazarda tutilmoqda) yuz ko’rsatib, shu yog’dudan ziynat
topdilar. Bu javharlar, ya’ni qimmatbaho ma’nolar go’dakka taaluql
i deb tushunilgach, ularni bir-
biriga qo’shilsa, “Farhod” ismi kelib chiqadi.
Iyhom san’ati. “Iyhom” arab tilida “shubhaga solish” degan ma’noni ifodalaydi. Mumtoz adabiyotda
esa iyhom haqiqiy va majoziy ma’nolarga ega, yoxud shaklan bir, ma’no jihatidan
har xil bo’lgan so’z
yoki so’z birikmasini she’riyatda qo’llagan holda bir baytda ikki xil ma’noni ifoda etish san’atidir.20
“Farhod va Shirin” dostonida bir necha o’rinlarda ushbu badiiy
-tasviriy vositaga murojaat qilingan. Bu
esa dostonning badiiy go’
zalligini yana-da oshirgan.
Kecha shabdezin aylab tang basta,
Yangi oydin qilib satlig’a dasta.
Shabdez qora tusli ot Xusrav otining ismi. Bu baytda shu so’z orqali ham kecha qorong’uligiga, ham
otga ishora qilinmoqda.
Choparda quyrug’in aylab alam u
l,
Qulog’idek ayog’din
-bosh qalam ul
Baytning mazmuni: chopganida quyrug’ini bayroq kabi ko’taradi. Uning boshdan oyog’i qulog’idek
tilingandir. Bu o’rinda shoir qalamning xat yozish jarayonidagi holatini tasvirlamoqda. Ayni choqda
qalam so’zining lug’aviy ma’nosi “kesilgan, kesik”dan kinoya ishlatib so’z o’yinidan foydalanadi.
O’zi gulrangu gul monand zoti,
Bo’lib Gulgun xaloyiq ichra oti
Gulgun
–
Shirin otining nomi. Bu baytda shoir ot so’zini ikki ma’noda nom va ot ma’nosida ishlatib,
iyhom san’atini qo’llaydi. Ot so’zining har ikkala ma’nosi ham bayt mazmunini yaxshi ochishga xizmat
qiladi.
Hunardin ko’rguzib yuz sehri Bobil,
Arig’ o’tkargali qilg’uncha qobil.
Baytning mazmuni: ariq o’tkazish ishiga kirishgan Farhod yuz Bobil sehrini namoyon qildi. Bu yerda
shoir Bobil
–
Yupiter sayyorasi nomidan iyhom san’ati vositasida uning boshqa ma’nosiga ishoraq ilib,
kuchli, zo’r va nihoyatda chaqqonlik degan mazmunida is
hlatadi.
Hisob ichra birining zihni borib
Muammoda birisi ot chiqorib.
Muommoda ot chiqarmoq
–
shoir ot chiqarmoq iborsini iki ma’noda ishlatadi. Biri
-
mashhur bo’lmoq,
dong taratmoq; ikkinchisi- muomoda yashiringan otni chiqarish, muommoni yechish.
Ded
i: la’lig’a olib la’li axmar,
Sening ishqingda no’sh ettuk bu sog’ar!
La’liga olib la’li axmar –
bu misradagi birinchi la’l
-lab, ikkinchisi
–qizil may ma’nosida ishlatilgan.
Yo’q ersa ul bani odam parisi,
Quyoshedurki, ko’ptur mushtarisi.
Bu baytda sh
oir Shirinni Mihinbonu tlidan ta’riflab, uni odam naslining parisi, mushtariydk
sayyoraalai ko’p bo’lgan quyosh deb ataydi. Baytdagi mushtariy iki ma’noda ishlatilgan. Biri
sayyoraning nomi-(forscha uni Birjis deb ham ataydilar), ikkinchisi-
xardidor ma’nos
ida.
Agar bir qavm, gar yuz, yo’qsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Navoiy bu baytda “yuz” va “ming” so’zlarini iki ma’noda ishlatadi. Biri son, adad ma’nosida, ikkinchisi
qadimgi o’zbek qabilalarining nomlari.
Tajnis san’ati. Tajnis –
she’r baytida ma’no jihatdan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir
-biriga
yaqin
ikki so’zni keltirib, ular vosaitasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash
san’atidir.21
Mashaqqatdin yigitni el qori der
Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer.
Mashaqqat zo’rligidan yigitlarni ko’rganlar chol(qari
-qori)deydi., lekin qazilgan yer esa ikki-uch yuz
quloch (qori) keladi.
Tanida noma chirmar ip kibi tob,
Vale ul ipga tob ul jismi betob.
Birinchi misradagi tob so’zi ip o’raydigan ipak tasma, ikkinchi misrada esa tob –
harorat ma’nosida
qo’llangan.
So’z o’yini. So’z o’yini vositasida shoir so’zning turli ma’nolarini mahorat bilan qo’llab, badiiy niyatini
yana-
da yorqinroq tasavvur etishga imkon beradi va o’quvchiga estetik zavq beradi.
Bihamdik fath abvob ul-maoniy,
Nasib et ko’ngluma fath o’lmak oni.
Baytning birinc
hi misrasi arabcha: Ma’nolar eshiklarining ochilishi sening (ya’ni Alohning) maqtoving
bilan, degan mazmunni bildiradi. Keyingi misrada esa shoir so’z o’yini san’atini ishlatadi. “fath”
so’zining ikki ma’nosidan foydalanadi: ma’nolar eshiklarini ko’nglimga
ochib ber va ularni “zabt”
etishni nasib qil degan mazmunda qo’llaydi.
Falak bahromig’a gar ko’rguzib kin,
Ko’runib olida Bahromi cho’bin.
Bu baytda shoir agar Bahrom osmondagi Bahrom(Mars)ga dushmanlik ko’rsatsa, osmondagi Bahrom
Bahromi cho’bindek bo’lib qoladi deydi. Bu yerda Navoiy so’z o’yini ishlatib, ham sayyorani, ham
qadimgi eron shohlaridan Hurmuzning lashkarboshisi Bahromi Cho’binga ishora qiladi.
II bob. “Farhod va Shirin” dostonida badiiy
-tasviriy
vositalarning qo’llanilishi.
2.3. “Farhod va Shirin” dostonida ruhiyat va tabiat mutanosibligi. Peyzaj san’ati.
“Tabiat bilan til topish, shunda hech vaqt kambag’allashmaysan. Seni odamlarning fikr
-mulohazalari
emas, tabiat badavlat qiladi”,
- deydi yunon faylasuflaridan biri. Bu gapni bir yoqlama tushunmaslik
kerak. Axir dili tabiatga bog’lanmaganlar –
bag’ri tosh kimsalar emasmi? Hissiz qalblarga borliq va
go’zallik ruhi qanday singishi mumkin? Bahorning ko’tarinki va yangroq ohanglari, kuzning hazin
va
yupatuvchan musiqasiga loqayd ko’ngillarda quvonch va dard nima qilsin?22
Tabiat va inson munosabati g’oyatda qadimiy hamda doimiy jarayon. Inson dunyoga kelibdiki, tabiat
bag’rida yashaydi. Odam tabiatdan qancha uzoqlashsa, u ruhan shuncha yupunlasha
di, yomonlik va
yovuzlik hislariga ko’proq mag’lub bo’ladi. Tabiat bag’ri inson uchun ham, hayvon uchun ham ochiq.
Alisher Navoiy asarlarida tabiat, eng avvalo, chinakam hurlik tayanchi, erk salatanati sifatida
ulug’lanadi. Biz bolalaikda kun va tunlarimizni ona tabiat qo’ynida o’tkazishdan sira toliqmaymiz.
Bolalikdagi tushlar
–
bu, ko’pincha qushlar bilan bir tilda so’zlashish, irmoqlar bilan barobar yugurish,
kattalarga anglatolmagan xo’rsiniqli istaklarni daraxtlarga izhor etish ham demakdir.
Telbal
ik ko’rkim, qucharmen bog’ aro har sarvni
Birisi ul sarv qaddi siymbar bo’lg’aymu deb,
-u
Deydi Alisher Navoiy. Bu oshiqona fikr. Ammo boshqa jihatdan ham qimmatli. Navoiyning bu so’zlari
odamni tabiat olamidan zavqlanish, u bilan hamnafas yashash, uning qudratiga suyanib kurashishga
da’vat qiladi.
Tabiatni sevish, uning har bir fasliga alohida e’tibor –
bu hayotga muhabbatdan tug’iladi. Bahor –
tabiatning uyg’onishi, butun borliqqa liboslar kiydiradi, dala
-
bog’lar qushlar qiy
-
chuvoga to’ladi.,
quyosh bo
shqacha fayz, o’zgacha yorug’likda nur socha boshlaydi. Qish bo’yi nafasi ichiga tushgan
ariq va jilg’alardagi suvlar ko’klamda go’yo qo’shiq kuylab oqishadi. Qirlarda ochilib
-sochilib yotgan
lolalar ufqlar bilan rang talashadi. Alisher Navoiy shularning b
archasini olamning zebi deb ta’riflaydi:
To fasli bahor zebi olam bo’lg’ay,
Ul zeb ila bog’ sabz
-
u xurram bo’lg’ay.
Alisher Navoiyning yuksak badiiy mahoratidan biri shuki, uning asarlarida tabiat va ruhiyat o’zaro
mutanosib tarzda, aloqador ravishda tasvirlanadi.
Aslida inson ruhiyatini tabiat bilan uyg’unlikda tasvirlash badiiy asarlarning deyarli barchasiga xos
bo’lib, bu an’ana asar badiiyligini oshiradi. Adabiyotning asosiy tasvir obyekti inson. Demak, inson
go’zalligini, uning qalb kechinmalari go’zalligini tasvirlash muallif oldidagi birinchi vazifa bo’lishi
tabiiy. Har qanday go’zallikning ibtidosi Olloh. Borliq va inson ko’ngli shu ibtidoning ko’z o’ngimizda
aks etishidir. Bu jihatdan olib qaraganda, inson ma’naviy holatlarining tasviri tabiat bilan uyg’unlikda
tasvirlanishi bir qadar tushunarlidek ko’rinadi. Donishmandlar shunday naql qiladilar: Bahor qanday
uyg’onayotganiga, tonglar qanday o’tayotganiga e’tibor bering, go’zallik –
e’tibor beruvchilar
nasibasidir! Qushlar sayrog’iga, gullar va
daraxtlar barglarining shivirlashiga, anhorlarning sharqirab,
jilg’alarning jildirab oqishiga quloq soling, go’zallik –
quloq soluvchilar nasibasidir! Yozuvchi
–
ijodkorlar har qanday tabiat hodisasidan hayratlanadilar. Ular uchun tong otishi, quyosh chiqishi, kun
botishi, hattoki qaro tun ham o’zgacha mohiyatga ega. Ular xuddi ana shu holatlarning zamirida qalb
kechinmalarini anglashga qodir bo’ladilar. Masalan, gul yoki g’unchaning tasviri berilishi orqali
go’zallik tushunchasi anglashiladi. Abdulla Qahho
r aytganidek, gul
–
abadiy go’zallik, chunki undan
hayot nafasi ufuradi, g’uncha esa undan ikki bora go’zalroq, chunki u o’zida ikki hayotni saqlaydi:
g’uncha va gul hayotini. Shu sababdan gullarning chaman bo’lib ochilishidan qahramonning xush
kayfiyatini
anglaymiz. Agar o’qigan asarlaringiz orasida bahor faslida boshlanib, kuz faslida
tugaganlari bo’lsa, ulardagi qahramonlar kechmishidagi og’ir holatlarni ham ana shu asar muallifining
tabiat va ruhiyat talqiniga juda ustaligi sifatida baholashingiz mumkin
. Alisher Navoiyning “Layli va
Majnun” dostoni haybatli tun tasviri bilan boshlanadi. Har chaqmoq chaqqanda, Tur tog’i yorishib
ketadi. Balki, bu tasvir Qays ko’ngliga tushgan ilohiy ishq uchquni bilan bog’liqdir
Tabiat va ruhiyat mutanosibligining yana ajoyib na’munasi “Farhod va Shirin” dostoniga ham xos
xususiyatdir. Doston syujetidan ma’lumki, Farhodning zabun holatidan xavotir olgan Xoqon, o’g’li
uchun yil fasllariga moslab to’rt qasr bunyod etadi. Farhod yiln
ing har bir faslini alohida qasrda
o’tkazadi. Shu voqea dostonning 17
-
bobida o’z ifodasini topgan. Bob 133 baytdan iborat bo’lib, 38
bayti
–
bahor, 26 bayti yoz, 28 bayti
–
kuz, 26 bayti qish fasli tasviriga bag’ishlangan. Qolgan 15
baytda esa Farhodning u
shbu qasrlardagi hayoti ham unga davo bera olmagani, ko’nglidagi g’am uni
tark etmagani ta’riflanadi. Farhodning 1
-
qasrda o’tkazgan fasli –
bahorni shoir quyidagicha
tasvirlaydi.
Hamal tahvili etkach mehr gulchehr
Ochar yuz gul zamona ko’rgach u mehr.
Baytning mazmuni: Quyosh hamal burjiga o’tib, gul quyoshni ko’rgan zahotiyoq yuzini ochadi, ya’ni
ochiladi.
Qilur mashshotai sun oshkora,
Arusi dahrning husnig’a oro.
Falak mashshotasi (pardoz beruvchisi
–
Ollohga ishora) o’z san’atini oshkor qilib, du
nyo kelinchagi
husniga oro beradi. Demak, bahorni fasllar kelinchagi sifatida ifodalash Navoiy davrida ham mavjud
bo’lgan. Bu keyinchalik an’anaga aylanib ketdi.
Musulmon olamidagi taqvimlarga ko’ra yil hisobi hamaldan xususan, Navro’zdan boshlanadi. Shoi
r
buni ham ta’kidlab o’tadi.
Qilur tun birla zulfu kun bila eng,
Etar lekin bo’yi birla sochin teng.
Bu baytda obrazli qilib kunduz va kechaning barobar kelishi, Navro’z bayrami kunlariga ishora
qilinadi.
Umuman, bahor tasviriga bag’ishlangan 38 baytni o’qir ekanmiz, uni alohida qasidaga qiyoslashimiz
mumkin. Chunki qasidalarning mavzuiy turlaridan biri
–
vasf turiga qo’yilgan talablarning bari 38
baytda bajarilgan. Shu baytlarni tahlil qilganda ham shunday xulosa chiqaramiz. Vasf qasidaning
nasib qismida tabiat tasviri beriladi. Yuqorida tahlil qilingan baytlarda ifodalangan tabiat tasviri lirik
kirish vazifasini bajargan. Undan so’ng fikr yorning bevafoligi bilan bog’lanadi.
Bahor vasfiga bag’ishlangan baytlar orasida ham aynan shunday ma’no anglatu
vchilari uchraydi.
Chekar bog’ ichra bulbul oncha afg’on,
Ki afg’oni qilur gul bargini qon.
Qachon el qilsa har birini pora,
Ular har sori ul o’tdin sharora.
Xullas, baytlarning ayrim mazmuniy, shakliy xususiyatlarini hisobga olib, vasf xarakteriga ega
mujarrad qasida deb o’rganish mumkin.
Ayrim baytlarni tahlil qilish jarayonida shoirning chinakam so’z san’atkori ekanligi namoyon bo’ladi.
Quyidagi baytlardagi so’z o’yinlariga e’tibor bering.
Nasimi
subh o’lur bog’ ichra gulbor,
Bo’lur bog’ otashin gul birla gulnor.
Shoir bu baytda uning mazmunini to’laroq va latofatliroq ochish uchun “gulnor” so’zining ikki
mazmuni, anor guli va arabcha nor
–
o’t, olov so’zi birikmasidagi o’tli gul ma’nosidan g’oyat o’rinli
foydalangan. Bu san’atni Sharq she’riyatida iyhom deb ataladi.
Alisher Navoiy bahor faslini tasvirlab, gulchehra quyosh Hamal burjiga o’tganda zamon u quyoshni
ko’rib yuz xil gul ochdi. Yaratuvchining pardozchisi bu vaqtda dunyo kelinining husni
ga ochiqdan
–
ochiq oro bera boshlaydi. Unga tundan soch, kundan yonoq yasab, bo’yini esa sochi bilan teng qiladi.
Yog’ingarchilikdan har tomonda rutubat paydo bo’lib, yog’in qatralaridan gullarning dimog’i
ho’llanadi. Bulutlardan shunchalik ko’p yomg’ir qu
yuladiki, undan hurkib nargis guli boshini quyi
soladi. Nargis gulida bunday qiziq uyquni ko’rib, g’unchalarning kula
-kula kulgudan yuzlari qizarib
ketadi. G’unchalar o’zlarining shakar kulgularini namoyish qilmoqchi bo’ladilar
-
u, lekin buning o’rniga
gul-
gul ochilishga erisha oladilar, xolos. Bulut g’uncha ustiga goho do’llarni sochadi. G’unchaning esa
kulaverib yurak-
bag’ri qotadi. G’uncha kulgusidan shunchalik tinmas ekan, buni, albatta nargis
uyqusidan deyish kerak emas. Nargis o’zining za’faron rangli piyolalari og’zini shunday ochadiki,
uning za’faronligidan g’uncha kulib yuboradi.
Agar gul shoxlari o’zida gul ochilishini istab, shunga kirishib qolsa, gulshanning yuzi gullar bilan
gulrang bo’lib ketadi. Bu faslda butuin olam gul rangiga kiradi. Osmon
ko’zgusida ham uning
shafaqrang aksini ko’rish mumkin.
Yoz fasli tasviriga bag’ishlangan ayrim baytlar ham fikrimizni kengroq asoslashga yordam beradi.
Shunday qilib, ko’kni kezib yuruvchi yulduzlar fasl hisobi bilan uch oyni o’tkazdilar. Bazm ahli esa
qasr
ichida gul sochish bilan ovora, la’l rangidagi sharoblardan bosh ko’tarmas edilar. Shu vaqt
gulshandagi qattiqroq bir yel esdi-
yu chamanni barcha gulardan xoli qilib qo’ydi. Gullarning
yaproqlari tuproq ichiga yashirinib, daraxtlarning o’zlari esa ko’
m-
ko’k yaproqlar bilan ko’mildi.
Chaman xuddi osmon rangidagi liboslarga, yo’q, osmon rangidagi liboslarga emas, balki yam
-yashil
liboslarga o’randi.
Berib yafrog’ nishon to’ti paridin,
Shajar tovusi jannat paykaridin.
Anga dog’i qovursun obkashdin,
Munga ham toj shoxi xizrvashdin.
Shajar gar bo’lmasa tovus bog’i,
Nedin tovusdek bo’ldi ayog’i?
Shoir daraxtni tovusga yaproqlarini esa to’tining patiga o’xshatadi, ba’zi yaproqlar qushning
qovursun degan mayday patchalari obkash
–
eng ingichka tomirlaridan suv shimsa, boshqasi Xizrga
o’xshash yashil rangni shoxlik tojini boshi uzra qo’yganligini ta’riflaydi.
Shoir kuz kelganini quyidagicha ta’riflaydi. Osmon quyoshi hammayoqni kahrabo toshiday
sarg’ayirib, daraxtlardagi barglar ham kahrabo ra
ngiga rangiga kirdi. Endi navbat kahrabo rangli
qasrga yetib, bu qasrning bog’i ochildi. Daraxtlarning yaproqlari kahrabodekkina emas, balki xuddi
osmon quyoshidek bo’ldi. Yelning yog’i o’t tomon tushib, yuqoridan har tomonga chinorning barglari
gul kabi t
o’kila boshladi. Go’yo chinorning ichiga o’t tushgani u o’tining shu’lalari yaproqlaridan
ko’rinib turgandek edi. Tong yeli suv ustiga zarlar sochib, suv tig’iga oltin suvini yugurtirardi.
Chamanning har bir daraxti sariq bir qushday turar, go’yo u tullash uchun o’tirgandek edi.
Chu qildi kahrabogun mehr gardun,
Yig’ochlar bargi rangin kahrabogun.
Baytning mazmuni: Quyosh dunyoni kahrabogun (sarig’) qildi, daraxtlar bargini rangini ham.
Baytlarni kuzatar ekanmiz, tasvir syujetiga yana daraxt obrazi k
irib kelganini ko’rasiz. Yoz faslida
Xizrga o’xshash yashil toj kiygan shajar ham endi kahrabodek.
Shajar yafrog’i bo’ldi kahrabodek,
Demakim, kahrabo mehri samodek.
Qilib har tun nasimi subhgohi,
Shajar bargin nechukkim subh kohi.
Agar qofiyadosh bo’lib kelgan so’zlarning arabcha yozilishiga e’tibor bersak, tajnis san’ati
qo’llanganligini sezamiz.
Daraxt tasviri yanada quyuqlashtirib borilmoqda. Quyidagi baytda esa husni ta’lil san’atini ko’ramiz.
Sabo qilg’och suv ichra zar fishonlig’,
Suning tig’ini aylab zar nishonlig’.
Baytning mazmuni: Xazon naqqoshi bog’ sahnini oltin bilan qoplash uchun bog’dagi barglarni zarga
aylantirar (xazon qilar) edi.
Qish tasviriga oid baytlarda ham yuksak san’atkorlik ko’rinib turadi. Sovuq shamol esib,
daraxt
barglarini sovurdi. Qish chillasi suvning simobini marmarga aylantirdi. Havo bulutdan kulrang po’stin
kiyib oldi. Shu bulutdan havoga simob sochila boshaldi. Qahraton qishning Chin zargarlaridek ustasi
tiniq suv bolalariga kumush lavhalar tayyorlab berdi. Bulutdan tomgan har qatra suv sovuqning
zo’ridan olamga inju bo’lib yog’ilar edi. Ariqning suv oladigan joyi halqumday bo’lib, sovuq uning
og’zidan chiqqan so’lakaylarni xanjarga aylantirdi. Osmon kechaning qorong’usidan ko’mir tayyorlab,
har shom u
nda shafaqadan gulxanlar yoqdi. Uning yoqqan o’tini tong yellari puflar va isinish uchun
qaddini bukar edi.
Sovurdi chun shajar bargini sarsar,
Suning siymobini day qildi marmar.
Havo dog’i bulutdin kiydi sinjob,
Bulut dog’i havog’a sochti simob.
Hav
o ham bulutning kulrang po’stin kiydi, bulut ham havog’a siymob sochdi.
Day ustodi nechukkim zargari chin,
Zilol atfoli lavhin qildi siymin.
Qahraton qishning zargaridek, tiniq suv bolalariga kumush lavhalar tayyorlab berdi.
Navoiy dostonda yil faslla
rini tasvirlashda so’zlarga tabiatning nafosatini, inson ruhiyatini singdirib
yuborgan. Hattoki har faslning o’zgarishini daraxt bilan bog’lab tasvirlash va har bir holatga xos
ravishda qahramon kayfiyatidagi o’zgarishlarning berib borilishi doston badiiya
tini yanada oshirgan.
Tabiatdagi oddiy bo’lib ko’ringan hayotiy manzaralardan jonli, ishonarli badiiy asvirlar yarata olish
buyuk Navoiyning o’zgacha mahoratidan darak beradi. Shu ma’noda, biz ulug’ adibni so’z san’atkori,
go’zallik oshuftasi deb e’tirof
etishimiz mumkin.
“Go’zallik mehribon va muloyimdur,
-
deydilar g’arib va miskinlar. U, yetimlar huzuriga hayo va ibo
bilan kelayotgan yosh onadur”.
“Yo’q, go’zallik qudratli va dahshatli kuchdir,
-
deydilar jo’shqin va ehtirosli yoshlar. U bo’ron kabi yer
-
u osmonni larzaga keltiradi”.
Serg’ayrat, sershovqin odamlar esa: “Go’zallik tog’lardan qichqirib keladi, uning qichqirig’iga otlar
tuyoqlarining du
puri, qanotlar shovuri va arslonlar na’rasi jo’r bo’lib keladi
”Shaharni qo’riqlaydigan tun soqchilari esa: “Go’zallik tong shafag’iga o’xshaydi”, deydilar.
“Choshgohda mehnat qilayotganlar va yo’lovchilar quyosh botayotganda shafaq go’zaldur”, deydilar.
Qishda qor bosib qolganlar uchun esa bahor go’zallik bilan keladi.
Yoz jaziramasida toliqqan ekin o’ruvchilar: “Go’zallik kuz yaproqlaridek xilpiraydi, sochlarida qor
shudringdek yaltiraydi”, deydilar.
Go’zallik har bir inson idrokida o’zgacha bir tush
unchadir. Alisher Navoiy asarlarida esa bu
tushunchaning xilma-xil talqinlari bilan birgalikda umumiylik ham bor. Navoiy teran fikrli, yuksak
dunyoqarash egasi. Uning nazdidagi go’zallik esa tabiat va inson ruhiyati bilan uzviy bog’liq. Xuddi
shu jihat “Farhod va Shirin” dostonining badiiy go’zalligini ta’minlagan omillardan biridir.
Noyob badiiy tasvirlar shu mulohazani keltirib chiqaradi. Bizga oddiy hayot haqiqati bo’lib tuyulgan
g’unchaning yuz ochishi, shoirning badiiy talqinicha, nargis gulining qiziq uyqusidan g’unchaning yuzi
qizarib ketgan. Bu kabi ajoyib tasvirlarni yana ko’plab keltirish mumkin.
III bob. “Farhod va Shirin” dostonida an’ana va novatorlik.
3.1. Alisher Navoiyning salaflariga munosabati.
Sharq adabiyotida ozarbayjonlik adib N
izomiy Ganjaviy xamsachilik an’anasiga asos solgan. Bu
an’anani keyin Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy kabi ulug’ adiblar davom ettirdilar. Alisher
Navoiydan oldin “Xamsa” yozganlar asarlaridagi ikkinchi dostonni “Xusrav va Shirin” deb
nomlaganlar. Hazrat
Navoiy “Xamsa” dostonlarining har birida hamd va na’t qismlaridan so’ng o’z
salaflari madhini bitadi.
“Farhod va Shirin” dostonining VI, VII boblarida ulug’ salaflarining fazilatlari, ularning ma’nolar
xazinasi vasfi keltirilgan.
Alisher Navoiy Nizomi
y Ganjaviy haqida gapirar ekan, uning vasfidan avval qalam qudrati haqida so’z
yuritadi. Navoiy nazdida, qalam shunday ko’p yo’l bosadigan chopqir otki, uning joyi azaldan
falakning ustitadir. U xayolday tez uchar qora ot va bu otning ustiga insonning barm
og’i chavandoz
bo’lib minib olgan. Barmoqdagi bo’g’inlar go’yo uning belbog’i, tirnoqlar esa uning yuzidir. Mumtoz
qudrat uni tengi yo’q tilsim qilib yaratgan. Umrida xastalik ko’rmagan bo’lsa ham, unda zaiflik g’olib
bo’lib, yuzlab ma’nolar xazinasi yashi
ringan. Uning bu xazinalaridan hech kim Ganjada yashagan
xazina sochuvchi Nizomiy Ganjaviy kabi foydalanib, orzulariga yetgan emas. Garchi oromgohi
Ganjada bo’lsa ham, doim o’sha ganjdan murodini hosil qildi. U o’z ko’nglini ma’nolar xazinasiga
aylantirgan
, og’zining eshiklari esa ovozdan xolidir. Chunki u o’zining ko’ngil xazinasiga eshiklarni ikki
labidan ochgan bo’lib, u xazinaga har kim ham yo’l topa olmaydi.
Vale, me’mori hikmatsozi oning,
Burundin qildi sangandozi oning.
Agarkim o’g’riliq
rasmin qilib fosh,
Yetib aflok sangandozidin tosh.
Aningdek gavharekim jilva chog’i,
Muzayyan bo’lg’ay andin el qulog’i.
Uning ma’nolar xazinasi qalbnigina limmo
-
lim to’ldiirb qo’ya qolmay, daryoga solsa, daryoni ham
to’ldirishga qodir. Bu durlardan o
damlar tinmasdan olib tursa ham, yuz yilda mingdan biri kam
bo’lmaydi.
Alisher Navoiy Ganjaviy madhidan so’ng yana bir xamsanavis, “shakar sochuvchi hinduzoda” Xusrav
Dehlaviy vasfiga o’tadi. Baytda ruju’ san’atini qo’llab biroz fikridan qaytgandek bo’la
di, ammo yana-
da asoslab shunday ta’riflaydi:
Tushub olamg’a to’tidek bayoni,
Yetib gardung’a bulbuldek fig’oni.
Bo’yig’a nazm solg’on hulla axzar,
Dema to’ti, degil Xizri payambar.
Aning zulmoti Hindustoni oxir,
Ravon so’z chashmai hayvoni oxir.
Keyingi baytlarda Navoiy yana ruju’ san’atini qo’llab, Xusrav Dehlaviyni qaqnusga o’xshatadi. Bu shoir
o’z she’rlaridan so’z ipiga durlar tizar ekan,
- deb davom etadi. Bu falak dengizi durlar bilan
faxrlanadi. Yaratgan nazmining qoralamasi unga ko’klam bu
lutini eslatadi.,bu bulut xalq boshiga dur-
u gavharlar sochadi. U bulutning o’zi ham boshdan
-
oyoq gavharlar orasida bo’lib, bahor buluti singari
qoradir.
Navoiy o’z salaflari haqida so’zlab ma’nolar dunyosini kurash maydoni deb ataydi. Bu kurash
maydoni
ichra tura bilish, Nizomiy panjasiga panja urish, ya’ni ularga javob yozish oson ish emas. Shu
paytgacha kim uning changaliga panja urgan bo’lsa, u o’z panjasini mayib qildi, xolos. She’rining
qarshisida sherlarcha jang qilish kerak. Bo’lmasa, yo’lbarslardan yuztasi bo’lsa ham ulardan foyda
yo’q.
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher ollida ham sher jangi
Agar sher o’lmasa, bori palangi.
Bu o’rinda shoir ham Nizomiyni ulug’lab, unga javob yoza olgan Xusrav Dehlavi
yga ham tasannolar
aytadi.
Shoir fikrlarini davom ettirib, Nizomiy Ganjaviyni bir ulug’ filga o’xshatadi Xusrav Dehlaviy kichikroq
bo’lsa
-
da (u “Xamsa”ni Nizomiydan keyin yozganiga ishora qiladi) bir fil. Kishilarning nazdida u kichik
ko’rinayotgan bo’ls
a-
da har holda, hindiston o’rmonining filidir,
- deydi.
Navoiy VII bobda o’z fikrlarini Jomiy vasfi bilan davom ettiradi. Agar Nizomiy va Dehlaviy ikki fil
bo’lsa, Jomiy bir o’zi yuz fil chog’liq bor. U muhabbat jomini oxirigacha sipqargan Zinda Fili Ahm
adi
Jomdir. Uni vahdat mayidan g’oyat mast bo’lgan holda ko’rib, unga ana shu “Zinda Fil” laqabini
berganlar.
Jomiy timsolida biz fano timsolini ko’ramiz. Uning tanasidagi bir xolning o’zi olam
-
olam ma’noga ega.
Fanolik uning vujudini shu qadar yo’qotganki, natijada yo’q narsaning o’rniida bor narsa paydo
bo’lgan. U o’zida jahon ichida jahondek kuch
-
qudrat paydo qilib, ikki dunyo, ya’ni u dunyo kishilarini
ham hayratga soldi.
Jahon ichra jahonkim topri muknat,
Solib iki jahon ahlig’a hayrat
Jahon yo’q
, olami kubro de, oni
Jahonda maqsadi aqso de on
Alisher Navoiy salaflari haqida ayrim tanqidiy fikrlarni ham bayon etadi. Bular asosan, to’qqizinchi
bobda o’z ifodasini topgan. Navoiy fikricha “bu piyoladan may ichganlar” (”Farhod va Shirin”
mavzusida asar bitganlar) boshdan-oyoq Xusravga maddohlik qildilar. Ular Xusravning mamlakati
undog’u, undagi rasm
-
rusmlar mundog’, qo’shinlari andog’u, unda mavjud imkoniyatlar mundog’! –
deb ba’zan olamni aylanib chiqqan Shabdez ismli otini maqtasalar, ba’zan shamo
l uchirib olib kelgan
xazinasidan so’zladilar. Ular tasvirida ishrat bazmida juda hashamatli dasturxonlargina emas, butun
bir qasrlar, ayvonlar juda hashamatli yasatilgan.
Xulosa qilib aytganda Alisher Navoiy o’z salaflariga chuqur hurmat bilan ularning vasfini keltiradi.
Navoiy bular haqida gapirishni lozim topganligini va buning hayotiy sabablarini badiiy vositalar bilan
dalillaydi. Ammo uni “Xamsa” yozishga undagan sabablardan biri avvalgilar yo’l qo’ygan ayrim
kamchiliklar edi. Chunki Xusrav oshiqlikda ham, shohlikda ham beqaror. Uning yonida Buzurg Ummid
donishmandgo’ylik, aniqrog’i xushomadgo’ylik bilan shug’ullanar, shoh esa ishrat bilan band edi.
Ichib goh Borbad lahni bila may,
Gahi Shopur doston aytib payopay.
Topib gah Maryam og’ushida orom
Shakar halvosidin gohi olib kom
Bo’lub Shiring’a oshiq podshahvor,
Goh ul mahbub o’lub, gohi parastor.
Lekin bu mohir ustodlarning har biri o’z nazmiga shunday qimmatli j
avohirlarni qadaganki, u
gavharlarning bahosini bilishdan har qanday odamning fikri va hikmatni hunar qilib egallab olgan
odamning hissi ham, aqli ham hayron.
Alisher Navoiy o’zidan avval yaratilgan “Xamsa” dostonalari o’z asarlari uchun ilhom manbai bo’
lib
xizmat qilganini ham ta’kidlaydi.
Nizomiy dedi, Xusrav bo’ldi payrav,
Agar ul shoh edi, bu erdi xisrav.
Tanosub topib ul ikki yagona,
Dedilar boricha Xisravdin fasona
Navoiy esa bir reja bilan bu mashaqqat tog’iga kirishga qaror qildi va xamsachilik an’anasini turkiy
zabonda davom ettirdi. Navoiyona ibora bilan aytganda, u Nizomiy panjasiga panja urdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |