41
https://cbu.uz/oz/statistics/bankstats/436598
“Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi Respublika onlayn
ilmiy-amaliy anjumani materillari
67
Sh. Abdisamatov – “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi katta o
‘
qituvchi
TOMORQADAN FOYDALANISHDA AHOLINING TADBIRKORLIK
TASHABBUSLARINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-
TADBIRLARI
Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda respublikamizda 7 mln.dan ortiq xonadonlar
mavjud. Ularda istiqomat qiluvchi aholi dunyodagi rivojlangan davlardagi kabi boy-badavlat
va xech kimga qaram bo‘lmagan holda yashashni istaydi. Bu borada davlatimizning aholini
tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha olib borayotgan siyosati, qabul qilinayotgan hukumat
qarorlari va Prezident farmonlari o‘z ahamiyati bilan taxsin loyiqligi xech kimga sir emas.
Binobarin, tomorqa xo‘jaliklarida mahsulot etishtirishni ko‘paytirish orqali aholi
daromadini oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, tomorqada
etishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini yaratish, shuningdek, har bir tumanda
tomorqa er egalari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish
bo‘yicha 2021 yil 16 dekabrdagi Prezident qarori
42
katta ahamiyatga ega.
Jumladan, tomorqada mahsulot etishtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tiklanish va
taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 mln. AQSH dollari ekvivalenti
miqdoridagi qarz mablag‘lari quyidagi bosqichlarda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa
yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga milliy valyutada 4 yillik imtiyozli davr bilan
9 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo‘naltiriladi:
1-bosqichda – 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 2022 yil 1
yanvarga qadar;
2-bosqichda – 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 1-bosqich
mablag‘laridan
foydalanish samaradorligi natijalariga ko‘ra 2022 yil 1 iyunga qadar.
Shuningdek, belgilangan mablag‘lar tijorat banklariga resurs sifatida yo‘naltirilgan
holda, tomorqachilik loyihalarini kreditlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
dasturlarida belgilangan shartlar asosida:
a) tomorqa yer egalariga:
qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5-10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va
echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham
issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish;
-kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik;
-poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka etishtirish va sabzavotchilik uchun kredit
ajratiladi;
b) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish
masalalari bo‘yicha tuman (shahar)
hokimi yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra “Tomorqa
xizmati” MCHJlarga urug‘lik va ko‘chat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid
qilish hamda aylanma mablag‘ uchun 300 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Bunda, “Tomorqa xizmati” MCHJlarga beriladigan kreditlar bo‘yicha Jamg‘arma
mablag‘lari garov ta’minoti sifatida qabul qilinadi;
42
www.lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |