O'zbekiston turli foydali qazilmalarga boydir. Olib borilgan ko'p yillik
geologik-qidiruv ishlari natijasida respublika hududida kopdan ko'p mineral
xomashyo turlari borligi aniqlangan va hozirda ularning ko'pchiligidan xalq
xo'jaligida foydalanilmoqda.
Rangli metallar – temirdan boshqa barcha metallarning sanoatdagi nomi. Besh
guruhga bo’linadi. Yengil metallar, og’ir metallar, qiyin suyuqlanadigan metallar,
asl metallar, nodir metallar.
Yengil rangli metallarga alyuminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, litiy, bariy,
kaltsiy, stronsiy va kaliy (zichligi 0,53 – 5 g/sm
3
) kiradi.
Og’ir rangli metallar mis, nikel, qo’rg’oshin, qalay, kadmiy, kobalt, rux,
margimush, surma, vismut, simoblardan (zichligi 5 – 13,6 g/sm
3
) iborat.
Qiyin suyuqlanadigan rangli metallar volfram, molibden, niobiy, tantal, xrom,
tsirkoniy va boshqalar.
Asl rangli metallarga oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va
palladiylar kiradi.
Nodir rangli metallarga tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy,
gafniy, rubidiy, tseziy), siyrak-yer metallari (skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar),
radioaktiv metallar (texnetsiy, fransiy, poloniy, radiy, aktiniy, toriy, protaktiniy,
uran va barcha transuran elementlar) kiradi.
Rangli metallarning ko’pchiligi tabiatda sof holda uchraydi. Masalan,
Alyuminiy o’z rudalarida Al
2
O
3
va Al (OH)
3
tarkibli birikmalar holida bo’ladi.
Rudalardan gidrometallurgiya usulida avval Al
2
O
3
, undan esa elektroliz yo’li bilan
alyuminiy olinadi.
Mis tabiatda, asosan, tog’ jinslari tarkibida mis sulfidlari va oksidlari tarzida
uchraydi. Mis rudasi boyitilgandan keyin uni suyuqlantirib shteynni bessemerlash
usuli bilan xomaki mis, xomaki misni termik usulda tozalab yoki elektroliz qilib
sof mis olinadi.
Magniy tabiatda har xil birikmalar, minerallar, magniy rudalari tarkibida
uchraydi. Magniy rudalari jumlasiga magnezit, dolomit, karnallit va boshqalar
kiradi. Bu rudalar (masalan, magnezit) dan magniy oksid MgO olinadi, magniy
oksiddan uglerod ishtirokida xlor o’tkazish yo’li bilan magniy xlorid MgCl
2
hosil
qilinadi, u elektroliz qilinib, xomaki magniy olinadi. Uni qayta suyuqlantirib yoki
sublimatsiya yo’li bilan sof magniy olinadi. Boshqa rangli metallar ham tegishli
usullarda shu metallarning rudalaridan ajatib olinadi.
O'zbekiston hududida bir necha rudali (temir. titan, marganes, xrom), rangli
(mis, qo'rg'oshin), nodir (volfram, molibden. qalay. vismut, simob, surma),
qimmatbaho (oltin, kumush) metall konlari ham bor. Bulardan eng asosiylari
Toshkent viloyatidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |