Baliqchilik asoslari


Hovuzdagi suvning sifatini o‘rganish



Download 7,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/152
Sana26.03.2022
Hajmi7,01 Mb.
#510811
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152
Bog'liq
pU4n1szOyjGzyXFBcaVKO4crJPnzmEvEZJKo3RoP

Hovuzdagi suvning sifatini o‘rganish. Baliqlar ham barcha tirik
mavjudot kabi o‘sishi va rivojlanishi uchun imkon beruvchi tashqi
muhitda yashaydi, ularning mahsuldorlik darajasi ham o‘sha mu-
hitga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun baliqlar yashay-
digan muhit — hovuzlardagi suvning sifatini o‘rganish muhim
amaliy ahamiyat kasb etadi. Ko‘llar, hovuzlar, suv omborlari,
ariq, daryolar, artezian quduqlari suvining kimyoviy tarkibini
o‘rganish baliqlarni urchitishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini
aniqlashga imkon beradi.
Baliqlarning kislorodni ko‘p yoki oz iste’mol qilishi ham
suvning haroratiga bog‘liq. Past haroratda kislorodga ehtiyoji kam,
yuqori haroratda esa ko‘p bo‘ladi. Kislorodga boy sovuq suvlarda
yashovchi baliqlarning nafas olish organlari sodda, kislorodi kam
suvlarda yashovchilarniki esa murakkab tuzilgan. Binobarin, suvdagi
kislorodning miqdori baliqlarning morfologik va fiziologik xu-
susiyatlariga ham ta’sir etadi.


45
Gulmohi va oqbaliq kabi ko‘p kislorod talab qiluvchi so-
vuqsevar baliqlar ham bor. Ular suv haroratining ko‘tarilishidan
emas, balki harorat ko‘tarilishi natijasida suvda kislorod kamayib
ketishidan normal nafas ololmay, bo‘g‘ilib halok bo‘ladi.
Baliqlar suvning harorati ma’lum darajaga yetganda urchiydi
va uvuldiriq tashlaydi. Aprelning o‘zgarishi ham suv haroratining
fasllarga qarab va ko‘p yillar davomida o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Yana shuni ham aytish kerakki, baliqlar kabi sovuqqonli hay-
vonlar bilan qushlar va sutemizuvchilar kabi issiqqonli hayvonlar
o‘rtasidagi tafovut ular qancha issiqlik ajratib chiqarishidadir.
Sovuqqonlilarda bu jarayon sekinroq, issiqqonlilarda esa tezroq
boradi. Masalan, og‘irligi 105 grammli zog‘orabaliq bir sutkada
1 kilogramm hisobiga 10,2 kkal issiqlik ajratsa, 75 grammli
chug‘urchiq 270 kkal issiqlik ajratib chiqaradi.
Har bir tur baliqning haroratiga bo‘lgan ehtiyoji ma’lum
doirada cheklangan, undan tashqarida baliq yashay olmaydi. Shu
bilan birga mazkur turning hamma hayotiy jarayonlari juda yaxshi
kechishini ta’minlovchi optimal, ya’ni maqbul harorat ham
bo‘ladi. Bu harorat va yuqorida aytib o‘tilgan chegara haroratlari
baliqlarda juda o‘zgarib turadi, shuningdek, ular har xil baliqlar
uchun turlichadir. Masalan, tovonbaliq, erinchoqbaliq suv ha-
roratining o‘nlab daraja o‘zgarishiga chidaydi, ayrim baliqlar esa
sezilarli o‘zgarishga chidamsizdir.
Baliqlar har xil haroratli suvlarda yashaydi. Òropik minta-
qada yashovchi baliqlarning aksariyati +3 °C gacha bo‘lgan haro-
ratga chidasa, qaynar buloqlarda yashovchi ba’zi baliqlar +45 °C
haroratda ham yashashga moslashgan. Kaliforniya vodiysidagi
qaynar buloqlarda yashovchi karp-tishli baliq esa hatto harorati
+52 °C dan ham ortiq bo‘lgan suvda hayot kechiradi. Bunday
baliqlar issiqsevar baliqlar deb ataladi.
Shuning bilan birga treskasimonlar oilasiga mansub navaga,
sayka kabi 2 °C sovuqda faol hayot kechiradigan va hatto ur-
chiydigan, tovonbaliq, dalliya kabi — 0,2—0,3 °C sovuqda bal-
chiqqa ko‘milgancha, muzlab yotadigan (tana shirasi muzla-
masligi shart, aks holda halok bo‘ladi), qishlaydigan sovuqsevar


46
baliqlar ham bor. Bulardan tashqari, issiqsevar baliqlarga misol
qilib laqqasimonlarni, karpsimon baliqlar oilasining ko‘pgina va-
killarini keltirish mumkin.
Shunday qilib, baliqlar suvning haroratiga bo‘lgan muno-
sabatlariga qarab evritermli, ya’ni haroratning o‘zgarishiga chi-
damli hamda stenotermli, ya’ni haroratning salgina o‘zgarishiga
ham chiday olmaydigan baliqlar guruhlariga bo‘linadi. Evritermli
baliqlarga olabug‘a, cho‘rtan kabilar, stenotermli baliqlarga qutb
zonasi va tropik mintaqalarda tarqalgan baliqlar kiradi. Dengiz
baliqlari chuchuk suv baliqlariga nisbatan suv haroratining o‘z-
garishiga ancha chidamsiz.
Suv havzalarida ba’zan yuz beradigan tabiiy ofatlar, chunonchi,
kuchli dovullar va sovuq oqimlarning o‘zgarishi kabi hodisalar
tufayli suvning harorati o‘zgarishi natijasida baliqlar ko‘plab ha-
lok bo‘lib ketadi. Bu xil voqea fanda va baliqchilik amaliyotida
ma’lum bo‘lib, mamlakatimizda ham tez-tez ro‘y berib turadi.
O‘rta mintaqada yashaydigan issiqsevar baliqlar qishda so-
vuqdan saqlanish uchun suv ostidagi kamarlarga to‘planadi, usti
shilimshiq modda bilan qoplangan holda karaxt bo‘lib yotadi,
bunday joylar baliq «o‘ra»lari deb ataladi. Bu ularning sovuqqa
moslashishidagi ekologik xususiyatlaridir. Qishda ana shu holda
karaxt bo‘lib yotadigan baliqlarga oqcha, zog‘orabaliq, torta, laqqa
kabilarni ko‘rsatish mumkin.

Download 7,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish