Baliqchilik asoslari


Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari



Download 7,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/152
Sana26.03.2022
Hajmi7,01 Mb.
#510811
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152
Bog'liq
pU4n1szOyjGzyXFBcaVKO4crJPnzmEvEZJKo3RoP

Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari. Kasallik
chiqqanida suv havzalari yoki xo‘jalik nosog‘lom deb e’lon qi-
linadi. Ushbu suv havzalari va xo‘jaliklardan boshqa xo‘jaliklarga
urchitish, ko‘paytirish uchun baliqlarni olib ketish qat’iyan man
etiladi. Xo‘jalik faqat tovarlik maqsadida o‘stiruvchi xo‘jalikka
aylantiriladi. Agarda baliqlarni ko‘paytiruvchi xo‘jaliklarda fi-
lometroidoz kasalligi kelib chiqsa, boqilayotgan yayrash hovuzlari
bo‘lmasa, ushbu nosog‘lom bir yoshli baliqlarni xuddi shunga
o‘xshash (analog) xo‘jaliklarga yoki yopiq tipdagi hovuzlarga
o‘tkazilishiga ruxsat beriladi. Ushbu hovuzlarda yetishtirilayotgan,
o‘stirilayotgan baliqlar kuzda tovar mahsuloti sifatida iste’molga
chiqariladi. Qishda nosog‘lom hovuzlar suvsiz qoldiriladi. Bu
esa kasallikning kelgusida tarqalishining oldini oladi.
Kasallikni yo‘qotishda kompleks profilaktik va davolash
tadbirlari o‘tkaziladi. Hovuzlarda qat’iy ravishda baliqlarni yoshiga
qarab guruhga bo‘lingan holda o‘stiriladi, o‘stiruvchi va yayrovchi
hovuzlardagi baliqlarni ovlab bo‘lgach suv havzasi quritiladi,
suvlari oqmaydigan joylari dezinfeksiyalanadi va qishda suvsiz


198
qoldiriladi. Bosh va suv bilan ta’minlovchi hovuzlarga baliqlar
(zog‘orabaliqlar) kiritilmaydi, bunday hovuzlarga faqat kasal-
likka chalinmaydigan baliq turlari: lin, karas, nelyad, oq amur,
peshanado‘ng va boshqa turdagi baliqlar o‘stiriladi. Invaziyalan-
gan baliqlar tovarlik og‘irligiga yetguncha bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lgan hovuzlarning eng oxirgisida o‘stiriladi, bu bilan esa qo‘z-
g‘atuvchilar kirib qolishining oldini olishga erishiladi.
Nosog‘lom xo‘jaliklardagi naslli va yosh baliqlarni ditra-
zinsitrat yoki loksuran bilan gelmintsizlantiriladi. Bunda preparatlar
0,3 g/kg dozada qorin bo‘shlig‘iga yuborish uchun 30% li suvli
eritma shaklida va peroral yuborish uchun 0,4 g/kg dozada 40% li
suvli eritma shaklida qo‘llaniladi. Ditrazin mos ravishda 20 va
30% eritma shaklida ishlatiladi. Preparatning davolovchi dozasi
uning yuborish usuliga bog‘liq. Agarda og‘iz orqali yuborilsa,
0,3 g/kg doza, qorin bo‘shlig‘iga inyeksiya qilinsa 0,2 g/kg miq-
dorni tashkil qiladi. Naslli va tuzatish guruhidagi baliqlarni yuqo-
rida ko‘rsatilgan preparatlardan birontasi bilan 7—8 kun oralig‘ida
bahorda suvning harorati 16—17 °C bo‘lganida va baliqlarning tu-
xum (ikra) qo‘yishiga 2—3 hafta qolganida ikki marotaba gel-
mintsizlantiriladi, kuzda esa suv harorati 15—16 °C bo‘lganida
gelmintsizlantiriladi.
Ona guruhidagi baliqlarni filometroidoz kasalligidan sog‘-
lomlashtirish va oldini olish maqsadida biologik usul qo‘llaniladi.
Bunda bahor faslida hovuzlarning suvlarini 3 yoki 4 marotaba
almashtirish lozim. Bu quyidagicha amalga oshiriladi. Qishlovchi
hovuzlardagi ona baliqlarni biroz yengillashtirib bo‘lgach, naslli
baliqlarni jinsiga ajratib, tuxum (ikra) qo‘yilmaydigan hovuzlarga
yoki bo‘shatilgan qishlovchi hovuzlarga, ularni kamroq suv bilan
to‘ldirilib, o‘tkaziladi. Urg‘ochi va erkak baliqlar alohida saqlanadi.
Bunday suv havzalaridagi suv bahorda 17—18 °C gacha tezroq
isiydi, baliqlar organizmidagi urg‘ochi nematodalar tezroq jinsiy
voyaga yetib, lichinka ajrata boshlaydi. Naslli baliqlarni ushbu suv
hovuzlarida, lichinkalarni qisqichbaqalar organizmida invazion
bosqichga etish muddatini inobatga olgan holda (8—10 kun), 5—
6 kungacha saqlanadi, so‘ngra hovuzdagi suv invaziyalangan


199
qisqichbaqalar bilan birgalikda oqizib yuboriladi va suv hovuzlari
yangi toza suv bilan to‘ldiriladi. Zog‘orabaliqlarni nilverm qo‘-
shib tayyorlangan granula shaklidagi davolovchi oziqa bilan gu-
ruh bo‘lib gelmintsizlantirish usuli ishlab chiqilgan. Davolovchi
oziqa kombikorm ishlab chiqaruvchi zavod miqyosida namlikka
chidamli qilib tayyorlanmoqda. Davolovchi oziqaga nilverm pre-
parati 0,5 g/kg miqdorda qo‘shiladi. Ana shunday oziqa 2—3 kun
davomida baliqchilikda qabul qilingan me’yor bo‘yicha berib
boriladi. Gelmintsizlantirishni bahor va yoz oylarda hamda avgust
va sentabr oylarida lichinkalar bilan zararlanish ortib borayot-
gan vaqtida, faqat suv harorati 20—22 °C dan past bo‘lmagan
sharoitda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, xo‘jalikka invaziyaning
kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlarini muntazam ravishda
o‘tkazib borish zarur. Sharsharali qurilmalarda chegaralovchi
uskunalar va qummayda toshchalardan filtrlar qo‘yiladi. Agarda
xo‘jalik nosog‘lom bo‘lsa, bosh va suv bilan ta’minlovchi ho-
vuzlarda baliqlarni o‘stirish, ko‘paytirish man etiladi.

Download 7,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish