Fotoeffekt
Fotoeffekt
— moddalarning elektromagnit nurlanish taʼsirida elektron chiqarishi. F.
hodisasini
1887-yilda nemis fizigi G. Gers ochgan. Dastlabki asosiy tadqiqotlarni rus olimi A. G. Stoletov
(1888), soʻngra nemis fizigi F. Leonard (1899) oʻtkazgan. F. qonunlarini birinchi boʻlib A.
Eynshteyn (1905) nazariy tushuntirgan. F.ning asosiy qonuniyatlari: 1) chiqarilayotgan
elektronlar soni nurlanish
intensivligiga proporsional; 2) har bir modda uchun uning sirtining
maʼlum holatiga va T=0 K trada chegara — nurlanishning eng kichik chastotasi P50 (yoki eng
katta toʻlki n uzunligi ^0) mavjud boʻlib, bu chegaradan tashqarida F. sodir boʻlmaydi; 3)
fotoelektronlarning eng katta kinetik energiyasi nurlanish chastotasi 03 ortishi bilan chiziqli
ortadi va nurlanishning intensivligiga bogʻliq boʻlmaydi. F. —
kvant hodisa, uning ochilishi
kvant nazariyasini eksperimental asoslashda muhim rol oʻynadi; F. qonuniyatlarini faqat kvant
nazariyasi asosida tushuntirish mumkin. Erkin elektron
fotonnk yutishi mumkin emas, chunki
bunda bir vaqtning oʻzida energiyaning ham, impulsning ham saklanish qonuni bajarilmaydi.
Elektron atrof muhit bilan brgʻlanganligi uchun F.
hodisasi atom, molekula va
kondensatlangan muhitda hosil boʻlishi mumkin. Bu bogʻlanish atomda ionlanish energiyasi
ye, bn, kondensatlangan muhitda chiqish ishi A bilan tavsiflanadi. F.dagi
energiyaning
saklanish qonuni Eynshteyn munosabati bilan ifodalanadi: E=hm — ye (yoki Ehw — A), bunda
Ye — fotoelektronning kinetik energiyasi. T=0K va yoruglik intensivligi kichik boʻlganda
(amadda koʻp fotonli effektlar boʻlmaganda), agar h sh < ye, yoki h sh < A boʻlsa, F. boʻlmaydi.
Gazlarda F. ayrim atom va molekulalarda kuzatiladi (fotoionlanish). Bunda foton yutilib,
elektron chikarish yoʻli bilan ionlanish yuz beradi. Fotonning ionlashga sarflagan
energiyadan
boshqa gamma energiyasi chikarilayotgan elektronga beriladi. Kondensatlangan muhitlarda
fotonlarni yutish mexanizmi ularning energiyasiga bogʻliq. h Sh > A da foton utkazuvchanlik
elektronlari (metallarda) yoki valentlik elektronlari (yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda)
tomonidan yutiladi. Natijada tashqi F. yoki ichki F. kuzatiladi. P GO juda katta boʻlganda
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
(ukvantlar holida) fotoelektronlar atomning chuqur qobiqlaridan urib chiqarilishi mumkin.
Koʻpgina metallarning toza sirtlari uchun A>3 eV, shuning uchun metallarda F. ultrabinafsha
sohada kuzatiladi. Ishqoriy yer metallari va bariy (Va) uchun F. koʻrinadigan yorugʻlik
sohasida
ham kuzatiladi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Fotoeff
ekt&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Fotoeffekt&oldid=2402307
"
dan olindi