Birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan fan. Kimyoning bir boʻlimi



Download 66,14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.03.2022
Hajmi66,14 Kb.
#509952
Bog'liq
Organik kimyo - Vikipediya



Organik kimyo
Organik kimyo
— uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu
birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan fan. Kimyoning bir boʻlimi. Organik
kimyoning asosiy vazifasi — organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini
aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va
xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish
yoʻllarini tadqiq qilishdan iborat. Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning
amaliy faoliyatda oʻta muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha
asosiy komponentlar — oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va
boshqa — organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar,
pestitsidlar, boʻyagichlar, dorilar va shahrik. ham organik birikmalarga taalluqli. Hozirgi vaqtda
ajoyib xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300
minggacha sintez qilinadi, ularning umumiy soni esa 10 milliondan oshdi. Baʼzi organik
moddalar insonga juda qadimdan maʼlum. Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga
aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik
moylari va hayvon yogʻlari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil
boʻyoqlardan foydalanish qadim zamonlardan beri maʼlum.Sof holdagi organik moddalarni
dastlab 900-yillarda arab alkimyogarlari hosil qildilar. Lekin organik kimyo fan sifatida 19-
asrning 2-yarmida shakllandi. "Organik kimyo" terminini fanga ilk bor 1827-yilda Y. Ya.
Berselius kiritdi. 1828-yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya sharoitida mochevinani
sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar A. Kuper va
boshqalar uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga ega
ekanligini aniqladilar. Keyinchalik Organik kimyo A. M. Bupierovnmng organik birikmalarning
tuzilish nazariyasi (1861) asosida rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy siklik
formulasini taklif qildi (1865). Ya. X. Vant-Goff va fransuz kimyogari J. Le Bel atomlarning
molekulada fazoviy joylashish nazariyasini olgʻa surishdi. Elektron va, ayniqsa, kvant-


mexanika tasavvurlarining rivojlanishi natijasida kimyoviy bogʻlarning fazodagi yoʻnalishi,
toʻyingan va toʻyinmagan birikmalarning xossalari orasidagi tafovut, benzolning aromatikligi,
organik birikmalar molekulalaridagi atomlarning oʻzaro taʼsiri tushuntirib berildi. Fizik usullar
yordamida organik birikmalarda kimyoviy bogʻlarnng uzunligi, valent burchaklar kattaligi va
geometrik tuzilishdagi molekulalarning boshqa parametrlari topildi. Shu usullar bilan baʼzi
murakkab organik birikmalar — V12 vitamini, penitsillin, xlorofill, bir qator oqsillar, nuklein
kislotalar va boshqalarning kimyoviy tuzilishi aniklandi.
Organik birikmalarga tavsifli xossa — uglerod atomlarining bir-biri bilan oddiy, qoʻsh yoki uch
bogʻ orqali toʻgʻri chizikli, zanjirsimon, 1, 2, 3 va koʻp halqali (yadroli) yoki karkasli birikmalar
hosil qila olishidir. Bunday birikmalar asosini ochik, zanjirli uglevoddan oʻzga atomlarga
almashtirilishi mumkin. Bu atomlar geteroatomlar deb ataladi (mas, kislorod, azot,
oltingugurt). Strukturasiga koʻra, organik birikmalar alifatik birikmalar (ochik, zanjirli
uglevodorodlar va ular hosilalari)ga, yopiq uglerod zanjirli karbotsiklik birikmalar (alitsiklik
birikmalar, aromatik birikmalar) va geterotsiklik birikmalarga boʻlinadi. Zanjirida qoʻsh bogʻ
yoki 3 bogʻi boʻlmagan uglevodorodlar va ularning hosilalari toʻyingan birikmalar, qoʻshbogʻ
yoki 3 bogʻ tutganlari — toʻyinmagan birikmalar hisoblanadi.
Har bir uglevodoroddagi vodorod atomlarini turli funksional guruhlarga almashtirish yoʻli bilan
genetik qator keltirib chiqarish mumkin, mas, etan — etilxlorid — etanol — sirka aldegidi —
sirka kislotasi va h.k. Bular uglevodorodlar RH (funksional guruhi yoʻq), galogenalmashgan
hosilalar RHal, spirtlar ROH, aldegidlar RCHO, ketonlar R,COR2, karbon kislotalar RCOOH,
birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar RNH2, R2NH va RN nitrobirikmalar RNO2, tiollar
(markeptanlar) RSH, sulfidlar R2S va boshqa Uglerod — uglerodli qoʻshbogʻlar ham funksional
guruxlar qatoriga qoʻshiladi.
Bir xil tuzilishga ega boʻlgan oʻxshash funksional guruxli organik birikmalar uglerod zanjiridagi
— SN2 — guruxlari soni bilan farqlanganda gomologik qatorlar kelib chiqadi.
Molekulasida uglerod va vodorod atomlari hamda organogen atom (Hal, O, N, 8)lardan
tashqari uglerod bilan bogʻlangan elementlari boʻlgan birikmalar elementorganik birikmalar
hisoblanadi.
Organik kimyoning rivojlanishida rus olimlaridan V. V. Markovnikov, N. N. Zinin, A. Ye.
Favorskiy, S. V. Lebedev, N. D. Zelinskiy, A. N. Nesmeyanov va boshqalarning xizmatlari katta.
Organik kimyoning rivojlanishida Oʻzbekiston kimyogarlarining ham katta hissa-si bor. 20-
asrning 20-yillarida Oʻrta Osiyo universiteti kimyo f-tida prof. S. N. Naumov boshchiligida
xinon va toluxinon — dibromidlar tuzilishini aniqlash ustida kuzatuvlar amalga oshiriddi
(1933). 2, 3-siklogeksandion 1,4-dikarbon efiri tuzilishi oʻrganildi. Mazkur modda hosilalaridan


xinoksalin, monoksalin, dioksim, monogibrazon, pi-razolon, bipirazolon, oazonlar olindi,
shoʻrsuv nefti tadqiq qilinib, uning tarkibidagi uglevodorodlar va oltingugurt miqdori aniqlandi.
40-yillarda O. S. Sodiqov boshchiligida organik kislotalar, biologik stimulyatorlar, RR vitamini,
xinozidin va boshqa olish yoʻlga qoʻyildi. 50-yillarda S. Yu. Yunusov Oʻzbekiston oʻsimliklari
tarkibidagi noyob organik moddalarni ajratib olish va tarkibini oʻrganishga kirishdi. Aromatik
birikmalarni alkillash va alsillash amalga oshirildi (I. P. Sukervanik va boshqalar). Aproton va
proton kislotalar alkillash reaksiyalarida katalizatorlar sifatida qoʻllandi, l-atsetilanizol olish
usuli sanoatga tatbiq etildi. Ortotsiklogeksilfenol sintez qilin-di (prof. A. R. Abdurasulova).
Turli organik birikmalarni alkillash reaksiyalari, gumin kislotalari hosilalari oʻrganildi (prof. A.
B. Qoʻchqorov). A. S. Sultonov neftni qayta ishlash sohasi uchun samarali katalizatorlar
sintez qilib amaliyotda qoʻlladi. Uning shogirdlari M. F. Obidova bilan prof. A. Abduqodirov
ham organik kataliz rivojiga katta hissa qoʻshdilar.
Metallorganik birikmalar (prof. 3. M. Minulkin) va kumir kimyosi (prof. D. T. Zambramskiy)
rivojlantirildi. Gumin kislotalarini elektrolitlar bilan choʻktirish orqali fraksiyalarga ajratish usuli
qoʻllanishga tavsiya etildi. Organik birikmalarni karbonillash reaksiyalari tadqiq qilindi (Yo. Yu.
Aliyev).
Keyingi 30 yil davomida fosfororganik birikmalar, fiziologik faol moddalar, elementorganik
birikmalar, kompleksonlar va organomineral oʻgʻitlar kimyosi tez rivojlandi. Bu borada A. A.
Abduvahobov, Sh. I. Solihov, S. Iskandarov va boshqalarning ishlari tah-singa sazovordir.
/1L:Dyur M., Dyugerti R., Teoriya vozmusheniy molekulyarnix orbitaley v organicheskoy ximii,
M., 1977; Braun T., Lemey G. Yu., Ximiya v sentre nauk, t. 1 — 2, M., 1983; P yetrov A. A. idr.,
Organicheskaya ximiya, M., 1985; Iskandarov S, Sodiqov B., Organik ximiya nazariy asoslari,
T., 1987.
Qudrat Axmerov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 6 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Kimyoga oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?titl
e=Organik_kimyo&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Organik_kimyo&oldid=228825
7
" dan olindi 

Download 66,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish