Seminar mashg’ulotlari
301
Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU. Kucheryuk
diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat sifatida namoyon
qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador»
61
.
Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat jarayonini boshqarish
mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab
o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko‘tarinkiligi mehnat bilan
estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga,
uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson – texnika – makon tizimida, ya’ni,
dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha, gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda
dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniymoddiy mehnat
jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz. Vaholanki,
ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. Masalan, teatr
san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz Mannon Uyg‘ur yangi spektaklni
tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan». Repetitsiya paytida tushlikka
chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng tunlari tahlil
bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga tushirgan.
Buyuk fransuz yozuvchisi Balzakninng esa, kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga ma’lum.
Mehnat tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu «o‘zini
qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat sifatida
san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai.
Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam
emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, ijod
hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud. To‘g‘ri, bir
paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga asoslanadi, degan fikr
hukmron edi, bunga sabab qilib, bunday qarashning majoziy tafakkurdan yiroqligi ko‘rsatilardi.
Hozirgi paytda uning aksi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylangan. Zotan, fan tarixi unda ikki
sifatni – axloqiyshaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini ta’kidlab turadi. Buni V.A. Engelgart
shunday ifodalaydi: «Ijod... – san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir.
Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy
kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi
hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi»
62
. Zotan ijodiy mehnatni o‘z hayotining
ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir.
Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan aloqador
shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan. CHunonchi, bugungi
yozuvchi o‘z mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz tasavvur qilolmaydi, rassomlar,
qo‘shiqchilar va boshqalar kompyutpr texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg‘u asboblari
ham ma’lum ma’noda texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday misollarni ko‘plab
keltirish mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go‘zallik
ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko‘makchisiga aylanganini ko‘ramiz.
Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi bilan bog‘liq.
Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg‘unligi, imoratlar peshtoqlari
va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan
bezatilishi – hammasi inson mehnatini go‘zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan
amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
61
Кучерюк Д.Ю.
Эстетика труда. Киев, «Виша школа», 1989. С. 276.
62
Энгельгарт В.А.
Познание явлений жизни. М., 1984. С.276.
Do'stlaringiz bilan baham: |