Seminar mashg’ulotlari
289
18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Reja:
1.
Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari.
2.
Mehnat-turmush estetikasining muhim omili. Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining
mutanosibligi.
3.
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri.
4.
Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Voqe’likka estetik munosabatni milliy va
umumbashariy ahamiyati.
5.
Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va
g‘ayriestetik holatlar
Tayanch iboralar:
Tarbiya, estetik tarbiya, tarbiya vositalari, estetik tarbiyaga tahdidlar, ommaviy
madaniyat, reklama, estetik did, mehnat.
Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik munosabatini ravnaq
toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo'lib, u o'ziga xos ta'sirchanlik, tug'yoniylik kuchiga
ega. Busiz inson bilish ko'lamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, inson badiiy tafakkur
qilish qobiliyatini o'stirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. Shunga
ko'ra, estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular voqelikda
sodir bo'layotgan hodisalar to'g'risidagi ma'lumotlarni insonga tushunarli tarzda yetkazib beradi.
Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik hususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar
asosida yetkazib berishi bilan diqqatga sazovordir. Shunga ko'ra, estetik tarbiyaning asosiy vositalari
tarkibiga - san'at, informatsion texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San'at - estetik tarbiyaning muhim vositasi.
Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini
boshqarib borishdan ko'ra, ushbu jarayonni insonning o'zi tashkil etishi kerakligi bot-bot
uqtirilmoqda. Bu jarayonda san'at mohiyatan shaxsning xis-tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatishga qodir
bo'lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o'ziga jalb etib kelgan. San'at insonning ehtiroslar va
tuyg'ular olamiga singib borib ularni yig'latadi, kuldiradi, o'ylashga majbur qiladi. Shuning uchun
bo'lsa kerak san'at barcha davrlarda insonga hamroh bo'lib kelgan. Ma'lumki, ehtiroslar, tuyg'ular,
kechinmalar insonning tirikligidan dalolat beradi. Chunonchi, ijobiy fazilatlar, badiiy-estetik ideallar
inson hayotining mazmuniga ko'rk bag'ishlaydi. Tarbiyada ayniqsa, axloqiy va estetik tarbiyada
hayotning mazmuni va maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Gohida maqsad mavhum tushunchaga
aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo zid bo'lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson
bunday maqsadlarning ta'siridan zarar ko'radi. San'at shu ma'noda zamonaviy insonni estetik jihatdan
tarbiyalashdagi asosiy vositaki, u insonning estetik tuyg'ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo'naltiradi,
uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko'mak beradi. Biroq, tuyg'ulari xali shakllanib
ulgurmagan, estetik didi risoladagidek darajaga ko'tarilmagan odam mavjud hayotiy qiyinchilik va
Do'stlaringiz bilan baham: |