17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
255
hisoblanadi. San’at ham shunday: u yo o‘quvchiga, yo tinglovchiga, yo tomoshabinga
mo‘ljallangan bo‘ladi, bu – san’atning yashash sharti.
O‘yin beg‘arazlikni talab qiladi, g‘arazli manfaat aralashdimi, demak, o‘yin – yo‘qqa
chiqadi, hatto, yuzaki qaraganda, maqsadga yo‘naltirilgan sport o‘yinlarida ham muhimi hisob
emas, o‘yin ko‘rsatish. Masalan, «Paxtakor» yutqazsa ham, lekin yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, yigitlar
baraka topishsin!» yoki «Hisob 3 : 1 bo‘lgani bilan, afsuski, o‘yin yaxshi bo‘lmadi», degan
tomoshabinlarning gaplariga e’tibor qiling. Unda o‘yindagi hisobdan emas, o‘yinning o‘yinligidan
qoniqish hosil qilish, ya’ni manfaat emas, beg‘arazlik birinchi o‘rinda turganini ko‘ramiz.
Bundan tashqari, o‘yinning inson uchun yana bir zaruriy jihati, unda odam real hayotda
topolmagan narsasini topadi, bir muddat bo‘lsa-da tasavvurdagi o‘zi uchun o‘ylab topgan yangi
reallikdagidan go‘zalroq, ulug‘vorroq hayotda yashaydi. Ana shunday o‘yin – badiiy asarning
shaklida ham, mazmunida ham erkin va beg‘araz ifoda topadi. Ijodkor o‘yin qoidalariga – badiiy
asar talablariga bo‘ysunishi shart, uning biror-bir narsani me’yoridan ortiq asar hujayrasiga
tiqishtirishi o‘yinni – asarni buzadi. SHunday qilib, san’at o‘yinning ijtimoiylashgan shakli –
tasavvur o‘yini, tafakkur o‘yini, so‘z o‘yini, rang o‘yini, ohang o‘yini va tavush o‘yini.
Unda insonning barcha a’zolari yagona hissiy-intellektual yaxlitlik sifatida o‘ynaydi.
Mehnat san’atning estetik faoliyat ekani bilan bog‘liq, ya’ni o‘yinga tayyorgarlik va uni amalga
oshirish jarayoni mehnatni, ijodiy mehnatni taqozo etadi, u iste’dod bilan yonma-yon faoliyat
ko‘rsatadi.
San’atning xususiyatlari va tamoyillari
Ma’joziylik xususiyati.
Boshqacha qilib aytganda, narsa-hodisalar yoki so‘ziboralarining
ko‘chma ma’nolarda, ko‘p ma’noli tarzda qo‘llanilishi san’atning san’atligini belgilab beradi.
Majoziylik, keng ma’noda olganda, badiiy qiyofa yaratish, umumlashtirish, ramziylik, o‘xshatish,
sifatlash, jonlantirish, istiora, kinoya singari badiiy vosita va usullarni o‘z ichiga oladi. Misol
uchun, daryo. U aslida biologik hodisa sifatida bitta narsani anglatadi: manbaidan to quyilish
joyigacha doimiy oqib turadigan katta suv. san’atda esa u – inson umri, hayot beruvchi manba,
insonning kengligi v.h. Badiiy asarda u pishqiradi, o‘ynoqlaydi, yuguradi, hikoya so‘ylab beradi,
ertak aytib beradi v.b. sifatlar bilan jonlanadi, odamiylashtiriladi. Majoziylik hususiyati, xullas,
san’atning yashash shartlaridan biri, u yo‘q joyda – san’at ham yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |