Sh. Madayev., M. Kasimova


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
189 
muomala bobida muloyim, yuksak martabalilarga ho‘rmat bilan mo‘rojaat qiladi, xalqqa nisbatan 
esa himmatli, adolatli munosabatda buladi:
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy. axloqiy tushuncha-jen (insoniylik).“Lun yuy” 
( “Hikmatlar”) kitobida shunday deyiladi; “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik 
qilmaydi”. “Uzingga ep ko‘rmagan napsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda xam, oilada 
xam o‘zinga nisbatan yovlik his qilmaysan”.Demak, jen - xam jamiyat, xam oila a’zolapi orasidagi 
munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” - ota-onani, kattalarni xo‘rmat 
qilish, “li” - o‘rf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustaxkam bog‘liq. Ayni paytda “li” 
tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Xoqon 
(imperator) - Osmon o‘g‘li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida 
esa kuyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”
Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlar shunchaki tarix bulib qolmadi. Ularni 
uzlashtirish natijasida, Sharq bilan yaqin aloqa qilish uchun jug‘rofiy qulayliklarga ega bo‘lan 
Qadimgi Yunonistonning polislarida (shaxardavlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga 
ko‘tarildi. Keyinchalik qadimgi Sharqda ilgari so‘rilgan g‘oyalar, qo‘llangan tushunchalar, 
nazariy-amaliy tajriba bilvosita bugun Ovro‘po uchun ham ahamiyat kasb etdi. Chunonchi, 
Mashho‘r afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan talim oldi. U 
zardyshtiylik dini xaqida fikr yuritar ekan, Axo‘ra-Mazdani “Ularning xudosi Oramazdaning qalbi 
xaqiqatdan, vujudi no‘rdan iborat”, deb tariflaydi. Shuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu singari 
Qadimgi Yunon allomalari xam qadimgi Sharqdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlardan keng 
foydalanganlar.Masalan, ruxning ko‘chib o‘tishi borasidagi Aflotun nazariyasining falsafiy va 
axloqiy asoslari Qadimgi Hindiston falsafasiga borib taqaladi.
Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk faylasufning nomini 
tilga olish odat bulib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulargacha xam 
Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilingan. Chunonchi, 
Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub 
faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Demokritning (taxminan miloddan 
avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik, u donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa 
axloqiy xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam 
sifatida tariflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun xayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va 
tajribadir. Aynanshular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib 
keladi.Demokrit Kadimgi Yunon faylasuflari ichida, birinchi bo‘lib insonning ichki dunyosiga 
murojaat qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda, “Nomusli va 
nomussiz odamni nafaqat qilmishi balki niyati orqali xam bilib olsa bo‘ladi”, deydi mutafakkir.
Demokpit hayo va ishonchni insonni qing‘ir ishlardan qaytarib to‘ruvchi kuch tarzida ta’riflaydi. 
Faqat ruxan zaif va gumrroh odamlargina o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir va 
tasodifdan ko‘radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda xayotning maqsadi haqida 
noto‘g‘pi tasavvo‘rga ega bo‘lgani uchun o‘zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.
Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq.bilan 
hyqyqni bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, o‘sha adolatdandir”. Ikkala 
mutafakkir xam xukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan 
bog‘laydi, jacopat va betama’ xizmat namunalarini uz davlatlari o‘tmishidan topadi.

Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish