12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
176
tasavvur kilishning o‘zi etarli emas. Buning uchun muammoni xal kilishning turli xil usullari va
vositalarini xam oldindan ko‘ra bilish kerak.
Gipoteza
- o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin
tarzidagi bilim shaklidir. Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida olib
qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar
haqidagi fikr-muloxazalar kuzatish, eksperiment natijalarini taxlil kilish va umumlashtirishga
asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi. Masalan,
Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi xakida bildirgan fikrlari
dastlab gipotetik shaklda bulib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta kuzatiladigan
hodisalar: qattiq jismning suyuklikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni tahlil qilishga
asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. “Jismlar mayda, bo‘linmas zarrachalardan
tashkil topmaganda bunday xodisalar bo‘lmas edi”, degan fikr o‘zining ma’lum bir mantiqiy
kuchiga ega.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining
qonuniyatlari xaqida bildirilgan asosli
taxminga
aytiladi. Bunga misol kilib neft kelib chiqishining organik
va noorganik tabiati haqidagi
gipotezalarni, yerda hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chikishi, ijtimoiy profess
haqidagi
farazlarni ko‘rsatish mumkin.
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va xodisalarning kelib chikishi,
xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat.
Nazariya
ma’lum bir predmet soxasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni
sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar
yaratishga olib keladigan, shu soxadagi xodisalarni tushuntirish, oldindan kurish imkonini
beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy kismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador
faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy
tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning
mantikiy apparati: tushunchalarni xosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash)
qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).
ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b
2.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947-
sonli
Farmoni
.
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
– Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
4.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston”
NMIU, 2017. – 104 b.
5.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016.
6.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat, 2016
176-b.
7.
Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. – T.: Unversitet, 2007. 214 b.
8.
Xayrullaev M, Haqberdiev M. Mantiq. - T.: o’qituvchi, 1993.
9.
Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. O’quv qo’llanma, -T., 2004
Do'stlaringiz bilan baham: |