Sh. Madayev., M. Kasimova



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
143 
tafakkurga etaklaydigan, uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda 
adashishga qarshi ehtiyot choralarni ko‘radigan san’atni-mantiq san’atini 
o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan munosabati 
grammatika san’ati qoidalarining tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; xuddi 
grammatika kishilarning tilini to‘g‘rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat 
qilishi zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish 
maqsadida xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aklni to‘g‘rilab 
turadi”.
Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining 
samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning 
aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, 
mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash 
qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. 
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. 
Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o‘rganishda, unda 
ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar 
bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Zamonamiz fanlarining barchasiga inson qadr – qimmati, uning axloqi, madaniyati 
nuqtai nazaridan qarash kerak. Mantiq fani ham bundan istisno emas. Inson 
muammosining xal qilinishi, uning turmush tarzi, moddiy, ma’naviy, axloqiy nuqtai 
nazardan takomillashishiga bog‘liq. 
Insoniylik muammosini hal qilishda mantiq ilmi, ma’naviy madaniyatning tarkibiy 
qismi sifatida, alohida ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi zamon fanida yuksak 
kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda murakkab munosabatlar yuz bermoqda, bularni tahlil 
qilish uchun esa mantiqiy fikrlash madaniyati kerak. Fan yordamida inson faoliyati 
rivojlandi, uning oyoq, qo‘li va boshqa organlarining o‘rnini bosadigan mashinalar 
paydo bo‘ldi. Mantiq ilmini tadbiq etish natijasida inson intellektini rejalashtiruvchi 
«aqliy mashina» lar vujudga keldi, binobarin, sun’iy aql vujudga kelmoqda.
Bularning barchasi insonning aqliy va jismoniy mehnatini bajaradigan mashina 
yaratishning chegarasi bormi? Agar chegarasi bo‘lmasa, insonning o‘zi kelajakda 
qanday axvolga tushib qoladi ?, kabi savollarni keltirib chiqarmoqda va ularga javob 
berishni taqozo etadi. Bu hozirgi davrda hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb 
muammolardan biridir. Shuning uchun har qanday fan, shu jumladan mantiq ilmi, 
inson hayotining tabiiy va ijtimoiy tomonlarini mutanosib saqlash va 
takomillashtirishga alohida ahamiyat berishi kerak.
Mantiq fanining ilmiy ishonch – e’tiqodning shakllanishida tutgan o‘rni 
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega 
bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tikodni mustahkamlaydi. Bilishning maqsadi ilmiy 
asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Ana shuning uchun ham yoshlarda 
ilmiy 
asosga 
ega 
ishonch-e’tiqodni 
yaratish muhim ahamiyat kasb 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish